Telluridlar
Telluridlar — tellurning elektr musbat elementlar, asosan, metallar bilan hosil qilgan birikmalari, tellurid kislota N2Te tuzlari. T. sulfidlar va selenidlarga o’xshash bo’lib, tuzilishi va xossalari jihatidan ularga yaqin. T. komponentlarini inert muhitda bevosita eritib va b. usullarda olinadi. T. televizor trubkalari, dozimetrlar, nurlanish hisoblagichlari, magnit asboblari, termogeneratorlar va b. da ishlatiladi. Tabiiy T. — minerallar; tellurning ogir metallar (Bi, Au, Ag, Pd, Si, Sb, Pt va b.) bilan hosil qilgan tabiiy birikmalari. Tabiiy T. murakkab, nostexeometrik tarkibli. Metalldek yaltiroq, elektr o’tkazuvchan; qattiqligi 2-3, zichligi 6-7 g/sm2. Tabiiy T.ning 40 ga yaqin turi ma’lum. Asosiy minerallari: altait, tellurovismutit, tetradimit, kalaverit, gessit, moncheit, kotulskit, merenskit. Tabiiy T. kolchedan, misnikel, mismolibden, polimetall konlarida uchraydi. Tabiiy T.dan asl metallar (Ai, Ag, Pt, Pd) va tellur ajratib olinadi.