Temir qalpoq

Temir qalpoq — ruda (asosan, sulfid) konlarining yuqori qismida birlamchi minerallarning oksidlanishi hamda kimyoviy nurashi natijasida vujudga kelgan qoldiq g’osila. Asosan, temirnnng oksid va gidrooksidlari (gyotit, gidrogyotit, gidrogematit, turit va b.) dan tarkib topgan bo’lib, och va to’q qizil, oxrali va qo’ng’irqizil rangli bo’ladi. T. q.ning g’osil bo’lishi yuzadagi suvlarning oksidlanish faoliyati bilan bog’liq bo’lib, rudali konlarning ikkilamchi boyitilishi bilan sodir bo’ladi. Nurash jarayonida mis, kumush, rux va b. metallarning sulfidlari tez eriydigan sulfatlarda oksidlanib, ishkrrsizlanadi va ruda tanalarining yanada chuqurroq qismiga o’tadi. Ayni vaqtda temirning oltingugurtli birikmasi — pirit, xalkopirit va b. sulfidlar erigan tuzlar ko’rinishida qisman chiqaradi, ko’p qismi esa, oksidlanish va gidratasiyaga uchrab, temir oksidining gidratlari ko’rinishida o’z joyida qoladi. Bu ikkilamchi qo’ng’ir temirtoshlar temir sulfidi tarkibli boshqa rudalarning, birlamchi pirit rudalarining qayta hosil bo’lishi hisobiga vujudga kelib, T. q. er yuzasi yaqinida hosil bo’ladi. T.q. ning tarqalish chuqurligi er yuzasidan pastroqda grunt suvlari yuzasi bilan chegaralanadi g’amda o’nlab va yuzlab m ga etadi. T.q.ning birlamchi sulfid rudalariga nisbatan yuqori qismi temirga, pastkilari esa oltinga boy. T.q. sulfid rudalari konlari, asosan, mis konlarini qidirib topishda Darakchi belgi hisoblanadi.