Teorell (Theorell), Aksel Xugo Teodor

Teorell (Theorell), Aksel Xugo Teodor (1903.6.7—1982.15.8) — shvesiyalik biokimyogar. Shvesiya Qirollik FA a’zosi (1942 y.dan) va Prezidenta (1967-69). Stokgolmdagi Karolin intini bitirib; tibbiyot bakalavri unvonini olgan (1924). Karolin inti, Upsala unti, Berlindagi Kayzer Vilgelm hujayra fiziologiyasi inti (Maks Plank inti) va tibbiy Nobel intlarida ishlagan (Stokgolm). Ilmiy faoliyati oksidlanishkaytarilish fermentlari va mioglobinlarning fizikkimyoviy xossalari (tuzilishi va ta’sir mexanizmlari)ni o’rganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1955).