Texnik shartlar

Texnik shartlar — sanoat korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot (buyum, mashina va b.) uchun tuziladigan texnik hujjatlar to’plamiga kiruvchi hujjat. Unda o’sha mahsulotga qo’yiladigan texnik talablar, uni qabul qilish va jo’natish qoidalari, nazorat qilish usullari, tashish, foydalanish va saqlash shartlari ko’rsatiladi. Texnik talablar mahsulotning asosiy ko’rsatkichlari, o’lchamlari, xossalari va foydalanish tafeilotlari, sifat ko’rsatkichlari, butliligi va b.ni belgilaydi. Qabul qilish va jo’natish qoidalar i da maxsulotni tayyorlagan korxona uni buyurtmachiga (yoki sotishga) topshirishi va buyurtmachi (yoki xaridor) ning uni qabul qilib olishi paytida mahsulotni sinash tartibi va shartlari o’z aksini topadi. Nazorat qilish (sinash, analiz qilish, o’lchash va b.) bo’limida mahsulotning barcha ko’rsatkichlari va tafeilotlarini aniqlash usullari; namunalarni tanlab olish, sinash jihozlari, asboblari, ashyolari va reaktivlarni tanlash qoidalari; sinovlar, analiz qilish, o’lchash va natijalarni ishlashga tayerlanish va ularni bajarish uslubiyati belgilab qo’yiladi. Mahsulotdan foydalanish, uni tashish va saqlash bo’limida maxsulotni yig’ish, o’rnatish va qo’llashga doyr ko’rsatmalar, uni idishga joylash (o’rash) va tashish kridalari; saqlash joyi, shartlari va muddatiga doyr ko’rsatmalar bo’ladi. T. sh.ning alohida mahsulot (buyum) yoki bir necha turdagi mahsulot (mahsulotlar guruhi) ga doyr (guruhiy T.sh.) turlari bo’ladi. T.sh. muayyan standartlar bo’yicha ishlab chiqiladi. T.sh.lar maxsulotni ishlab chiqargan korxonada tuziladi. O’zbekistonda T.sh.ni nazorat qilishga doyr masalalar bilan «O’zstandart» agentligi shug’ullanadi (yana q. Standart, Standartlash).