TOSHKENT VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

TOSHKENT VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI — vrachlar malakasini oshirish, ixtisoslashtirish va ilmiy kadrlar tayyorlash muassasasi. 1932 y.da tashkil etilgan. Dastlab O’rta Osiyo vrachlar malakasini oshirish inti deb nomlangan. 1992 y.dan hoz. nomda. Intda 4 ft (terapiya, xirurgiya, pediatriya, tibbiyot profilaktikasi va umumiy amaliyot shifokori), 4 kursni o’z ichiga olgan 48 kafedra, 11 i.t. instituta, ilmiy markazlar, 13 ko’p profilli kasalxona, 6 poliklinikada baza, Markaziy ilmiy tadqiqot lab., aspirantura, kutubxona va b. bor (2004). Intda 287 xodim, jumladan 65 prof., 151 fan nomzodi, 6 Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi, 12 Respublikada xizmat ko’rsatgan vrach unvonli xodim faoliyat ko’rsatadi (2004). 60 tibbiyot mutaxassisligi bo’yicha malaka oshiriladi. 1992 y.dan boshlab intda har yili 8-10 ming mutaxassis o’qiydi. Int birlamchi ambulatoriyapoliklinika tizimida ishlayotgan terapevt va pediatrlarni umumiy amaliyot mutaxassisligi bo’yicha qayta tayyorlashning uzoq muddatli dasturini amalga oshiradi. Int prof. o’qituvchilari yirik xalqaro anjumanlarda ishtirok etib, xorijiy davlatlarda o’z malakalarini oshiradilar. Int Jahon sog’liqni saqlash tashkiloting’g’t oliy tibbiy mutaxassislar tayyorlaydigan bazasi hisoblanadi. Intda xalqaro seminar va simpoziumlar o’tkaziladi. Int monografiya, darslik, uslubiy qo’llanmalar va ilmiy ishlar to’plami nashr etadi.