TORQANOTLILAR

TORQANOTLILAR (Oedemeridae) qo’ng’izlar turkumi oilasi. Uz. 5-20 mm. Qanotlari ingichka (nomi shundan), gavda qoplog’ichi yumshoq. 600 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan; ayniqsa, tropik ikdimda kup uchraydi. O’zbekistonda 10 dan ortiq turi bor. Asosan, daraxtlar po’stlog’i ostidagi boshqa hasharotlar qazigan yo’llarda, ba’zan o’simlik qoldiklari va zamburug’larda yashaydi. Chirindixo’r yoki po’stlokxo’r qo’ng’izlar va ular li — chinkalari bilan oziqlanadi. Yirtqich. Belbog’li torqanot keng tarkalgan (uz. 2,6—3,5 mm).