Tolib Maxsum madrasasi

Tolib Maxsum madrasasi — Xivadagi me’moriy yodgorlik. Xiva xonining mirzosi Tolib Mahsum mablag’iga qurilgan (1910). Ustalardan Xudoybergan hoji va Qalandar Kochum qatnashgan. Madrasa to’g’ri to’rtburchak tarhli (18,8×16,55 m), atrofida 1 kavatli hujralar joylashgan. Peshtoq sharafasiga silliklangan g’ishtlar 2 qator qilib terilgan, dandanasi yashil rangli koshin bilan bezatilgan. Bosh tarzidagi gumbazli miyonsaroy (darvozaxona) orqali hovliga o’tiladi. Darsxona va maejid miyonsaroyning 2 yonida joylashgan. Hovli (10,75×8,0 m) burchaklaridagi xonalarga eshik ochilmagan. Atrofidagi hujralar tomi balxi gumbazli, ularning oldini uncha chuqur bo’lmagan ravoklar egallagan. Hujralarga ravoqpardagi eshiklar orqali kiriladi. Madrasaning darsxonasi o’rniga chorsi xona (shim. g’arbiy burchagiga) qurilgan. 1977 y.da ta’mirlangan.