Tolstov Sergey Pavlovich

Tolstov Sergey Pavlovich (1907.25.1, Peterburg 1976.28.12, Moskva) — arxeolog va etnograf. O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlari tarixi, etn. va arxeologiyasi bo’yicha mutaxassis, prof. SSSR FA muxbir a’zosi (1953), O’zbekiston faning faxriy akad. (1956). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Tojikiston va Qoraqalpog’iston Respublikalarida xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Moskva untini tugatgan (1930), SSSR xalklari muzeyida ilmiy xodim (1929-36). Moskva unti tarix FTIning etn. kafedrasi mudiri (1939-51). SSSR FA etnografiya inti direktori (1942-66), ko’p jildli «Jahon xalqlari» («Narodi mira») kitobi mualliflaridan biri va muharriri. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspedisiyasittg tashkilotchisi va rahbari (1937-69). O’rta Osiyo xalqlari arxeologiyasi, ibtidoiy, qad. va o’rta asr din tarixi, ijtimoiy tuzumi, etnogenezi bo’yicha Zoodan ko’proq ilmiy ish muallifi. T. antropologiya va etn. fanlari Xalqaro Ittifoqining viseprezidenti, Buyuk Britaniya Qirolligi antropologiya inti va b. ko’pgina chet el ilmiy tashkilotlari faxriy a’zosi. As: O’zbekistonning qadimgi madaniyati, T., 1944; Drevniy Xorezm. Opo’t istorikoarxeologicheskogo issledovaniya, M., 1948; Po sledam drevnexorezmiyskoy tsivilizasii, M — L., 1948; Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.