Tolish tili

Tolish tili — eroniy tsho’arning shim. g’arbiy guruhiga mansub til. Ozarbayjon Jan. va Eron shimolida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 200 ming kishiga yaqin (1979). Asosiy shevalari: Lenkoran, Astara, lerik, massali. Fonetikasida 7 unli fonema, til o’rta va til orqa undoshlari oppozisiyasi (k’k, g’ g) mavjud; morfologiyasida otlar 2 kelishik bilan o’zgaradi, ko’pchilik fe’llarning qoz. va o’tgan zamon shakllari bir xil, fe’llar 8 zamon, 4 mayl va 2 nisbat shakllariga ega. Sintaksisda aniklovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Leksikasida Ozarbayjon tilidan o’zlashgan so’zlar anchagina. 20-a. ning 30-y. larida Ozarbayjon tolishlari uchun yozuv yaratilgan bo’lsada, u ommalashmagan.