Tojiboev Mahmudjon G’ozievich
Tojiboev Mahmudjon G’ozievich (1957.25.11, Quva tumani) — xonanda va sozanda (tanbur, Sato), O’zbekiston xalq hofizi (2000). Nozik didli, dardli, keng diapazonli ovoz sohibi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1984). Qo’shiq aytishni dastlab E. Mamatov, G’. Hojiqulovdan, keyinchalik xrfizlik an’analarini o. Otaxonov, O. Alimahsumov, O. Hotamov va F. Mamadalievdan o’zlashtirgan, sozandalik sirlarini T. Alimatovdan o’rgangan. Yu. Rajabiy nomidagi «maqom» ansambli yakkaxoni (1984 y.dan), O’zbekiston davlat konservatoriyasi dosenti (2000 y.dan). Repertuaridan Shashmaqom («Saraxbori Navo», «Saraxbori Dugoh», «Mo’g’ulchai Segoh», «Navro’zi Sabo», «Nimcho’poniy» va b.) va Farg’ona—Toshkent maqom yo’llari («Dugoh», «Chorgoh», «Ushshoq», «Shahnozi Gulyor», «Bayot» va b.), katta ashula («yovvoyi Chorgoh», «Yolg’iz», «Ey dilbari jononim» kabi), mumtoz («topmadim», «Asiriy» va «Ldoiy», «Chorzarb», «Bozurgoniy») va 20-a. bastakorlari («keldik», «nazzora qil», K. Jabborov; «Kezarman», F. Toshmatov; «Jonim erursan», M. Murtazoev; «Dilrabolar», O. Nuriddinov; «Bu oqshom», o. Hotamov va b.) asarlari urin olgan. T. shoirnafas Hofiz bo’lib, ijro uslubi vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholg’u mutanosibligi bilan ajralib turadi. Osiyo, Amerika, Evropa va shim. Afrika mamlakatlarida gastrodda bo’lgan. Yunus Rajabiy nomidagi Respublika makom ijrochilari tanlovi g’olibi (1987).