TILLAKORI MADRASA
TILLAKORI MADRASA — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Registon ansamblisa Ulug’bek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-a.) o’rnida Samarqand hokimi Yalangto’shbiy Bahodir madrasa va jome masjid qurdirgan (1641-46). Karvonsaroy asosi ustiga madrasa (shim. Sharqiy qismida), hujralar o’rnida peshtoq gumbazli masjid (g’arbida) joylashgan. Dastlab «Yalangto’shbiy kichik madrasasi» deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga etadigan miqdorda oltin sarflangani uchun «Tillakori» (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. T.m.dan shahar jome masjvdi va madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi (63×22 m) katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasa (70×70 m) ga g’arbiy peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldastamezanalar egallagan. Masjid xonaqohi (10,8×10,8 m)ning poygumbazi baland, uzoqdan ko’zga tashlanib turadi. Uning gumbazi nihoyasiga etkazilmagan. Xonaqoh to’riga marmardan mehrob va zinapoyali minbar ishlangan. O’z davrida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan xonaqohning 2 yonini oldi ravoqli, gumbaz tomli ayvon (yo’lak) lar egallagan. Peshtoq ravog’idagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659-60 y.larda bajarilganligi yozilgan. T. m. bir necha bor ta’mir qilingan. 1817 y.da Amir Haydar buyrug’i bilan zilziladan zarar ko’rgan peshtog’i qayta tiklanishi jarayonida shakli buzilgan. 1885 y.dagi ta’mir vaqtida zarhal naqshlar oddiy bo’yoklar bilan almashtirilgan. T.m.da Samarkand ta’mirlash ustaxonasi tashkil etilib (1930), koshinlarning qad. rangini toppish yo’lida tadqiqot ishlari olib borilgan. T. m.dagi yo’qolib ketayozgan noyob zarhal naqshlarni ustalar ilmiy o’rganib, qayta tikladi (1970). Binokorlar madrasaning Registonga qaragan peshtog’ini Sherdor madrasa va Ulug’bek madrasasi bilan moslashtirib qayta qurdi. Peshtoq ravog’i va ravoq ichidagi qalqonsimon bag’ali, guldastasi hamda xonaqoh gumbazi, ichidagi tilla halli bo’rtma naqshlari qayta jilolandi (1974). Baland gyuygumbazi ustiga Feruza rang koshin bilan qoplangan gumbaz o’rnatildi. Bosh tarzidagi bezak mavzularining boyligi, ichki va tashqi naqshlarning serxashamligi, peshtoq qanosi va tokchasidagi iroqi kashtani eslatuvchi bezaklar, bo’rtma yozuvlar o’ziga xosdir. Ravoq burchaklari, bezakli toqilarni to’ldirishda koshinpaz ustalar turli usullarni qo’llashgan (g’ishtlarning mayda naqshlari koshinlarning handasiy va islimiy naqshlari bilan moslashtirilgan). Koshinkori ravoklarda yashil tangachalar, sarg’ish yaproqlar va Feruza poyalar aks ettirilgan. Xonaqoh izorasi koshinnamoyon, devori, gumbazi va bag’ali kundal uslubidagi serhasham naqshlarga boy. Mehrob ravog’i va bag’ali muqarnas kosachalar bilan to’ldirilib, zarhal berilgan hamda Qur’on oyatlaridan olingan bo’rtma yozuvlar bilan hoshiyalangan. Eshiklar murakkab naqsh va yozuvlar bilan yog’och o’ymakorligida pardozlangan. Hovli saxni (50×50 m)ga marmar yotqizilgan. Atrofidagi hujralarga eshik, tobadoniga panjaralar ishlangan. Hujralar yoz kunlari ham salqin bo’ladi. T. m.da muzey tashkil etilgan bo’lib, unda madrasani ta’mirlashga oid narsalar saklangan. Ad.: Samarkand, T., 1986; O’zbekiston Islom obidalari, T., 2002.