Tik

Tik (Frans. tic — uchish, pirpirash), muskul uchishi — ayrim yoki bir guruh muskullarning ixtiyorsiz tez-tez takrorlanadigan qisqarishi. Aksari yuz, bo’yin, kul muskullari, ba’zan til muskullari va diafragma ham uchadi. Turli kishilarda T.ning tashki alomatlari turlicha, birok, bitta kishining o’zida, odatda, bir xil namoyon bo’ladi, ya’ni har bir takrorlangan xurujda o’sha bir xil muskullarning o’zi uchadi. Mas., kishining yuz muskullari uchganda to’satdan peshonasini tirishtiradi, qoshlarini chimiradi, ko’zini qisadi, burnini qimirlatadi, labini cho’chchaytiradi, bu xildagi qisqarish yuz muskullarining yarmida yoki hammasida ro’y berishi mumkin; bo’yin muskullari T. ida bemor boshini ko’ylak yoqasi siqqandek buradi yoki elkalarini egniga o’xshovsiz o’tirgan kiyimni tuzatgandek harakatlantiradi. Og’iz muskullari va hiqildoq T.ida tilini taqillatadi, labinicho’lpillatadi,yalaydi,chaynaladi. T. nafas muskulaturasiga tarqalganda bemor tomog’ini qirib yo’taladi, pishillaydi yoki tumovdagi kabi burni bilan tez-tez nafas oladi. Bayon etilgan ixtiyorsiz harakatlar ko’pincha boshi shikastlanib yoki bosh miyasi hamda pardasi yallig’lanib tuzalgan odamlarda uchraydi. Biroq T. qattiq iztirob chekish, bolalarda yoki kattalarda kuchli qo’rqish, uzoqvaqttoliqishvadarmonsizlanishyoki surunkali kasallik, nevroz oqibatida kelib chikishi mumkin. Ba’zi xollarda yuzning g’ayriixtieriy harakatlari uch shoxli nerv nevralgiyasida og’riq xuruji vaqtida paydo bo’ladi, bu og’riqli T. deyiladi. Bunday T.ka uch shoxli nerv qo’zg’alishining yuz nerviga ta’sir etishi sabab bo’ladi. T. ni keltirib chiqargan sababiga kura vrach davolaydi.