Timor

Timor — Malay arxipelagidagi Kichik zond o.lari guruhiga mansub eng katta Orol. Mayd. 34 ming km2. Relefi, asosan, tog’li, eng baland joyi 2963 m. Balchiqli vulkanlar bor. Iklimi subekvatorial, mussonli. Sohilida t-ra yil davomida 25-27°. Yillik yog’in 1500 mm. Savanna va tropik o’rmonlar bor. Kofe, kokos palmalari, kauchukli daraxtlar o’stiriladi. Sholi, makkajo’xori ekiladi. T. siyosiy jihatdan 2 qism: Sharqiy Timor (Timor Lorosae) va G’arbiy Timorga (Indoneziyaning Sharqiy Nusa Tengera provintsiyasi tarkibida) bo’linadi. T. ni 1520 y.da portugallar egallagan. 1613 y.dan uning Sharqiy qismi gollandlar qo’l osti ga o’tdi. 1812-15 y.larda T. da inglizlar hukmronlik qilgan. 1860 va 1893 y.lardagi shartnomalarga asosan, Sharqiy T. (Portugaliya) va G’arbiy T. (Niderlandiya) o’rtasidagi chegara uzilkesil o’rnatilgan. 1945 y.da G’arbiy T. Indoneziya tarkibiga kirdi. 1975 y.da Indoneziya Sharkiy T.ni xam egalladi va 1976 y.dan Indoneziyaning 27provintsiyasi makrmini oldi. Chorak asr davom etgan ozodlik uchun kurashdan so’ng 2002 y. Sharkiy T. mustaqillikka erishdi (q. Sharqiy Timor).