Til belgisi
Til belgisi — predmet, xossa va munosabatni ifodalovchi moddiyideal qosila; ikki jihat —ifoda va mazmun jihatiga ega birlik. T.b. majmui belgili tizim — tilni tashkil kiladi. T. b.ning ifoda (tashqi, moddiy, ifodalovchi) va mazmun (ichki, ma’no, ifodalanuvchi) jihatlari dialektik munosabatda bo’lib, asimmetriya krnuni doirasida amal qiladi. T.b. deganda, so’zni emas, balki gapni tushunmoq kerak. Chunki gapgina nisbatan tugal fikrni ifodalaydi. Shunga asoslanib, gapni to’liq belgi, so’zni esa notulik, (yarim belgi) deyish mumkin. Tilning to’liq belgisi (ran) ham, noto’liq belgisi (so’z) ham boshqa belgilardan (mas., yo’l harakati belgilaridan) deyarli farq qilmaydi, biroq til semantik tizim sifatida boshqa belgilardan ifoda jixatiga ko’ra ham, mazmun jihatiga ko’ra ham tubdan farq qiladi. Uzining ko’p ma’noliligi bilan ajralib turuvchi noto’liq belgi — so’zlarning cheklangan miqdoridan bir ma’noli to’liq belgi (ran) — fikrlarning cheklanmagan miqsori hosil qilinadi.