Tiauanako

Tiauanako (Tiahuanaco) — shim. Boliviyadagi indeyslar shahar xarobasi va arxeologik madaniyati (mil. AV. 1ming yillik oxiri — mil. 1ming yillik). T. madaniyatining markazi Titikaka ko’lidan Jan.sharqsa joylashgan; bu erdagi shahar xarobasi (mayd. 40 ga)dan turar joy kvartallari, bazalt va qumtoshdan yasalgan binolar, jumladan, bal. 15 m lik Akapapa exromi, Kalasasayya ibodatxona majmuasi, ma’bud va u tomon chopib kelayotgan afsonaviy maxluqlar tasviri tushirilgan Friz (piramon)li «Quyosh Darvozasi», «sarkofaglar saroyi» va b. binolar xarobalari saqlangan. T.dan, shuningdek, tosh haykallar, rangli spool idishlar va b. topilgan. T. madaniyatini yaratuvchilar Peruning Markaziy qismi qabilalari bilan qardosh bo’lganlar. Ular dehqonchilik, Lama boqish bilan shug’ullanganlar. T. madaniyati and viloyatining qad. san’atiga katta ta’sir ko’rsatgan. Mil. 1ming yillik oxirida T. barham topib uning hududini hoz. aymara indeyslarining ajdodlari egallagan.