Granik jangi

Granik jangi — Aleksandr qo’shini b-n Doro III qo’shinlari urta- sidagi jang (mil. AV. 334 y. bahori). Marmara dengiziga quyiladigan Turki- yadagi Xojabosh daryosi (yunoncha Granik) buyida sodir bo’lgan. Mil. AV. 334 y. ma- Kedon qo’shini (30 ming piyoda va 5 ming otliqaskar) Gellespontni kechib o’tgan. Lidiya satrapi Arzites qo’mondonligi ostidagi fors qushini (30-40 ming askar) Granik daryosining baland ung qirg’og’ini egallagan. Makedoniyaliklar- ning engil piyodalar ko’mak berib turgan og’ir qurol-yarog’li otliq qo’shini Granik daryosini kechib o’tib forslarning so’l qanotini yanchib tashlagan. Ayni paytda makedoniyaliklar forslarning ilg’ori va o’ng qanotini ham chekinishga majbur qilishgan. Forslarning asosiy kuchla- ri (yunonlardan iborat yollanma piyoda- lar) qurshab olinib tor-mor qilingan. Forslar 20 mingdan oshiq askaridan ayrilganlar. G. j.dagi g’alaba Alek- sandrga kichik Osiyoga kirish yo’lini ochib berib, bu b-n Eronning Aleksandr tomonidan zabt etilishi boshlangan. Ad.: Arria n , poxod Aleksandra, M. — L., 1962.