Granit

Granit (lot. granum — dona) — to’liq kristallangan nordon magmatic tog’jinsi. Materiklardagi er po’stida eng ko’p tarqalgan jins. Tarkibi krem- niy oksidi (SiO2) ga boy. Er po’stining chuqur qismida, magmaning butunlay kri- stallanishidan hosil bo’ladi. G.ning to- Mirli turi porfir strukturali. Kimyo- viy tarkibiga ko’ra normal va ishqorli G.larga bo’linadi. G.da kvars, kaliyli dala shpati (ortoklaz, mikroklin), nor- don plagioklaz (albit, oligoklaz), shu- ningdek, slyuda (biotit yoki muskovit), amfibol va goho piroksen buladi. AK- tsessor minerallardan apatit, tsirkon, magnetit, titanit, ba’zan ortit, Mona- tsit, ksenotim va rutil uchraydi. Rangi qizil, pushti, och malla, och sariq, buz rang, ba’zan och yashil. G. katta intruziv massiv (shtok, batolit) va dayka, lakko- lit shaklida uchraydi. Yirik donador G. rapokiv deyiladi. Ba’zi G.lar b-n turli qimmatli metall konlari (qalay, volfram, molibden, pyx, qo’rg’oshin va b.) bog’liq. G. yaxshi silliqlanadi, bo’laklarga ajraladi, shuning uchun imo- rat devorilarini bezash, poydevoriga naqshlar ishlash, zinapoyalar yasash va haykaltaroshlikda ko’plab ishlatiladi. O’zbekistonda Chatqol, Qurama, Hisor, Zirabuloq, Ziyovuddin va b. tog’larda, xo- rijda Ural, Kavkaz tog’larida, Ukraina, Kareliya, Kola ya. o., AQSh va Skandina- viya mamlakatlarida katta maydonlarda tarkalgan. Granitli intruziyalar Yoshi arxeidan kaynozoygacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan.