Glisiniya

Glisiniya (Wisteria sinensis yoki Glycine sinensis) — burchoqdoshlar oi- lasiga mansub, ilashib o’suvchi buta yoki daraxt. Bo’yi 20 m cha, po’stlog’i qoramtir- kulrang, shoxlari ingichka, yashil, Osi- lib o’sadi. Bargi toq patsimon. To’pguli ro’vaksimon, osilgan, uz. ba’zi turlari- da 75-100 sm ga boradi. Dukkagi yassi, tukli, 10-15 sm, urug’i buyraksimon, jigarrang, apreldan boshlab, yoz bo’yi gullaydi. Vatani — Xitoy, Qrim va Kav- kazda xushmanzara o’simlik sifatida eki- ladi. Andijon, Farg’ona va Samarqandda onda-sonda keksa g.lar uchraydi. Lekin qishdaularning bir yillik novdala- rini sovuq uradi. G. parxish, qalamcha qilish yo’li b-n hamda bachkilaridan ko’paytiriladi.