Gebrid orollari
Gebrid orollari — Atlantika okeanidagi arxipelag. Shotlandiyaning shim.-g’arbida. 500 dan ortiq mayda Orol- dan (Lyuis, Skay, mall va b.) iborat. Buyuk Britaniya tarkibida. Mayd. 7,5 ming km2. Tashqi Gebrid va ichki Gebrid- larga bo’linadi, ular Nort-Minch, Litl- Minch bo’g’ozlari va Gebrid burni orqali ajralib turadi. Orollar kristall jin- slar va bazalt krplamlaridan tashkil topgan. Relefi pasttekislik va past tog’lardan iborat (bal. 1009 m gacha). Ko’p qismi Toshloq va botqoqli erlar. LAVA dalalari, qad. muzlik izlari saqlangan. Iqlimi mo»tadil, dengiz iqlimi; yanv. ning urtacha t-rasi 4-6°, iyulniki 12-14°, yillik yog’in 1000-2000 mm. Yaylov ko’p, ba’zan qayinzorlar uchrab turadi. Aholi asosan baliq ovlash, chor- vachilik b-n shug’ullanadi. Movut ishlab chikariladi. Turizm rivojlangan.