Geydelberg, Xaydelberg

Geydelberg, Xaydelberg — Germaniyadagi qad. shahar, Baden-Vyur- temberg erida. Nekkar daryosining Reyn- ga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 139 ming kishi (1990-y.lar o’rtasi). Stanoksozlik, poligrafiya sanoati uchun uskunalar, elektrotexnika, farmasevti- ka, tamaki, ko’n-teri sanoati korxonala- ri, bosmaxona bor. 1386 y.dan Geydel- Berg universiteti mavjud. Kurfyurstlar qasri (13-17-a. lar) va 15— 18-a. larga oid me’moriy yodgorliklar saqdangan. Turizm rivojlangan. G. manbalarda ilk bor 1196 y. da qayd etilgan.