Geveya

Geveya (Hevea brasiliensis) — sutla- madoshlar oilasiga mansub kauchukli da- raxt. Tabiiy kauchuk manbalaridan biri. Buyi 20-40 m, tanasining diametri 50 sm, bargi ETL, murakkab. Gullari may- da, oqimtir-sarg’ish, bir jinsli va bir uyli, ruvaksimon tupgul hosil qiladi. Mevasi kusakcha. Urug’i qattiq pustli, kauchuk olish uchun g. po’stlog’i tilina- Di, oqib chiqqan sutsimon shira (lateks) quyuqlashib, kauchukka aylanadi. Brazi- liya o’rmonlarida g. yovvoyi holda o’sadi. Malayya, Indoneziya, Shri Lanka va qisman Afrikaning tropik hududlarida hamda Jan. Amerikada ekiladi. 5-6 yoshidan 25-30 yoshgacha kauchuk beradi. G.ning gektaridan yiliga o’rtacha 500 kg kauchuk yig’iladi.