Ganchkorlik

Ganchkorlik— badiiy hunarmandlik turi; amaliy san’atning ganchda ishlash b-n bog’liq sohasi. Bi- nolarni bezashda, me’moriy detallar ishlashda, de.vor va shiftlarni suvash- da, bezak shakllar hamda o’yma naqsh va tasvirlar yaratishda keng qo’llaniladi. G.da bezak ikki usulda bajariladi: uymakori usulida bino devori ganch suvoq qilinib, bezatiladigan qismiga naqsh ishlanadi (q. Ganch o’ymakorligi); qolipaki usulida tayyor bezak ganch taxta- larida bezatiladigan sirtga o’rnatiladi. Qolipaki usuli bezakni birdaniga ko’p mikdorda tayyorlash imkonini bera- Di (hozir korxonalarda qoliplar yor- damida ham ko’p nusxada tayyorlanadi). O’zbekistan hududida ganchning mulligi hamda unda ishlashning qulayligi g.ni qadimdan maxsus kasb sifatida shaklla- nishiga sabab bo’lgan; mahobatli binolar qurilishi va umuman me’morlik, amaliy va tasviriy san’at rivoji b-n uzviy bog’liq holda rivojlangan. Qadimdan tosh, g’isht, sopol, yog’och b-n bir qatorda ganchdan ham keng foydalanilgan; uyma naqsh va tasvir ishlashga qulayligi esa ganch o’ymakorligini rivojlantirgan.