GEKKONSIMONLAR

GEKKONSIMONLAR (Gekkonidae), changalbarmoqlilar — kaltakesa- klar oilasi. Uz. 30 sm cha. Boshi katta, g’adir-budur tangachalar b-n qoplangan. Oyoqlari yaxshi rivojlangan, barmoqlari keng. Barmoqlarining osti shox PLA- stinkali mayda so’rg’ichlar (qillar) b-n qoplangan. So’rg’ichlari va changal barmoqlari yordamida g. devor, daraxt, qoya, jar kabi tik joylarda, hatto, oyna betida yura oladi. Dumi sinuvchan, singan qismi qaytadan o’sib chiqadi (q. Regene- rasiya). G. tovush chiqaradi. Rangi och kul- rang yoki to’q jigarrang. Ular har xil may- da hasharotlar, lichinkalar, o’rgimchaklar b-n oziqlanadi. 480 tacha turi ma’lum. Tropik, subtropik va mo»tadil iqlimda, jumladan, Qozog’iston, O’rta Osiyo, Kav-kaz va Qrimda tarqalgan. Ayrim turla- ri qizil kitobga kiritilgan. G. tunda faol harakat qiladi. O’zbekistonda 8 turi uchraydi. Dasht va cho’llarda, loy- dan qurilgan eski imoratlar devorida yashaydi. Cho’ldagi turlari in kovlaydi. O’zbekistonda kaltakesaklardan odam- lar hazar qiladi. Vaholanki, G. beozor jonivor bo’lib, zararli hasharotlarni eb foyda keltiradi. G.ning tipik vakil- laridan: Turkiston harom kaltakesagi; taroq barmoqli gekkon, parrak dumli gekkon va b. ma’lum.