Geometrik optika
Geometrik optika — opti- kaning yorug’lik nurlari haqidagi ta- savvurlar asosida optik nurlanish (yorug’lik)ning tarqalish qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limi. G. o. qonunlari manbadan chiqayotgan yorug’likning to’lqin uzunligi atrofdagi narsa- larning o’zlariga xos o’lchamlaridan ko’plab marta kichik bo’lgan holdagina o’rinli bo’ladi. Bu holda yorug’lik nuri degan taxm. tushunchani ishlatish mum- kin. Yorug’lik nuri sifatida yorug’lik energiyasi oqimi tarqalayotgan chiziq tushuniladi. Hyp diafragmalar yorda- mida hosil qilinadi. Deyarli yoyilmas- dan tarqaluvchi yorug’lik nuriga misol qilib lazer nurini ko’rsatish mumkin. Mustaqil tarqaluvchi yorug’lik nurla- ri haqidagi tasavvur qad. dunyo fani davridayoq vujudga kelgan edi. Yunon olimi Evklid nurning to’g’ri chiziqli tarqalish va yorug’likning ko’zgudan qaytish qonunini kashf qildi. 17-a.da bir qator optik asboblar (kuzatish tru- basi, teleskop, mikroskop va b.) kashf qilinishi va ularning keng qo’llanishi munosabati b-n g. o. juda tez rivojlana boshladi. Shu davrda golland matematigi V. Snell va R. Dekart tomonidan yorug’lik nurlarining ikki muhit chegarasida si- nish qonunlari tajriba asosida kashf qilindi. 17-a. o’rtalaridayoq frantsuz olimi P. Ferma G. o.ning asosiy prin- tsipini quyidagicha ifodalagan edi: ikki nuqta orqali o’tuvchi yorug’lik nuri shu nuktalar oralig’ida eng qisqa vakt ke- tadigan yo’l bo’ylab yuradi. 18-a.dan bosh- lab optik sistemalarining hisoblash usullari takomillasha borgan sari g. o. amaliy fan sifatida rivojlana bordi. G. o.da ozgina tushuncha va qonunlar (yorug’lik nuri to’g’risida tasavvur, yorug’likning qaytishi va sinishi qonunlari)ga asoslanib, ko’pgina muhim amaliy natijalarni olish mumkin.