Geomexanika

Geomexanika (Geo… ermexani- kasi) (tog’jinslari mexanikasi) — ta- biiy va texnologik omillar ta’siridan tog’jinslarining fizik-mexanik xos- salari, zo’riqish holati, deformasiyala- nishi va emirilishini o’rganadigan fan. Ta’sir etuvchi omillarning asosiylari termik (erning sovishi va isishi) va mexanik (gravitasiya, erning aylanishi natijasida hosil bo’ladigan markazdan qochuvchi kuchlar, koinot jinslarining tortilishi) jarayonlar hisoblanadi. G.ning asosiy vazifasi er po’sti ayrim uchastkalarining zo’riqqan deformasion holati (kattiq, suyuq va gaz holatidagi fazalari)ning o’zgarishini tushuntirish va kelajakda bo’ladigan o’zgarishlarni bashorat qilishdan iborat. G. tog’jin- slari mexanik xususiyatlarining paydo bo’lish ob’ektiv qonuniyatlarini va er- ning ma’lum qismlarining siljishi, mustahkamlanishi va emirilishi sa- bablarini o’rganadi. G. 19 — va 20-a.lar bo’sag’asida geofizikanint bir bo’limi sifatida geol. va mexanika fanlari- ning tutashgan sohasida vujudga kelgan. Muhandislik geol.si, yaxlit muhit mexa- nikasi, gidro va gaz-mexanika, termodi- namika b-n ham aloqador. Bu fanlarning metodlari g. tadqiqotlarida keng ishla- tiladi.