Gips

Gips (Yun. gypsos — bo’r, ohak) — 1) tabiiy g. — mineral; suvli kaltsiy sul- Fat tuzi CaSO42H2O; tarkibida sof holda Sao (32,56%). SO3 (46,51%), N2O (20,93%) bo’ladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinka- Simon, ustunsimon, ninasimon va tola- Simon ko’rinishda bo’ladi. Ko’pincha, tu- tash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruxlar tarzida uchraydi. Toza G. rangsiz va shaffof; tarkibida qo’shilmalar bo’lgani kulrang, sarg’ish, qo’ng’ir va b. rangli bo’ladi. Mineralogik shkala bo’yicha qattikligi 1,5—2; zichli- gi 2300 km/m3. 20° da suvda eruvchanligi 2,05 g—l. 170° atrofida qizdirilganda yarimgidrat CaSO4 0,5 N2O (alebastr) ga, undan yuqori t-Rada esa angidrid CaSO4 ga aylanadi. G. suvi kuriy bosh- lagan ko’l va dengiz havzalarida sulfat tuzlarining cho’kishidan paydo bo’ladi. G. zaxiralari esa asosan gidrotermal jarayonlar hamda angidridning gidrat- lashishi natijasida hosil bo’ladi. Gips qatlamlari O’zbekistonning Farg’ona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxonda- ryo viloyatlarida topilgan; 2) qurilish G.— CaSO40,5H2O — havoda tez birika- digan va tez qotadigan bog’lovchi modda; tabiiy g.ni 140-190° t-Rada pishirib olinadi. Qovushoq materiallar tayyor- lashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, bo’yoqlar i.ch.da, tib- biyotda (gips bog’lovchilar tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlari- da ishlatiladi.