Gepatargiya
Gepatargiya (Yun. hepar — jigar, argia — faoliyatsizlik) — jigar etish- movchiligi yoki uning zaharlanishidan kelib chiqadigan kasallik holati. G. ter- mini nemis vrachi g. Kvinke va E. Top- pe-Zeyler tomonidan taklif etilgan (1912). G. gepatitlar (o’tkir va surunka- li), homiladorlar eklampsiyasi, jigar venalarining o’tkir trombozi, jigar tsirrozi yoki xolestazi, shuningdek orga- nizmning gepatotrop zaharlar (benzol, zaharli zamburug’lar) va ba’zi bir dori moddalari b-n zaharlanishi oqibatida kelib chiqadi. Jigar hujayralari ne- krozga uchraydi, ruhiy-asabiy faoliyat izdan chiqadi. Bemor alahsiraydi, teri- si sargayib ketadi, ko’z qorachig’i kenga- yadi, ko’rish qobiliyati pasayadi va es-hush o’zgaradi, bora-bora bemorning ahvoli og’irlashib, jigar komasi rivojlanishi mumkin. Davo kasallikning kechishi va klinik belgilariga qarab olib bori- ladi. Bemorni tinch qo’yish, ovqat tar- kibidan hayvon oqsillarini cheklash, vrach ko’rsatmasi bo’yicha doridarmon- lar berish lozim. G.ning oldini olish uchun jigar kasalliklari, xususan VI- rusli gepatitdan saqlanish, me’da-ichak yo’llaridan qon ketishi yoki infektsiya kirishiga yo’l qo’ymaslik, dorilarni, ayniqsa, narkotik, diuretik va sedative dorilarni suiiste’mol qilmaslik talab etiladi.