Gersen Aleksandr Ivanovich
Gersen Aleksandr Ivanovich (ta- xallusi Iskandar) [1812.25.3 (6.4), mo- skva -1870. 9(21 ).1, Parij; Nissada dafn qilingan] —rus adibi, publi- tsist, faylasuf, revolyusion-demokrat. Moskva un-tini tugatgan (1833). 1836 y.dan Iskandar taxallusi b-n matbu- otda qatnashgan. Londonda «Erkin rus bosmaxonasi»ni tashkil etgan (1853). «Fanda yuzakilik» (1842-43), «tabiatii o’rganish haqida maktublar» (1845-46) asarlari rus materialistik falsafa- si an’analarining qaror to-pishi va taraqqiyotida salmokdi o’rin tutadi. G. V. G. Belinskiy izidan borib, san’- atda tanqidiy realizm tamoyillarini qo’llab-quvvatlagan. San’atning hayot b-n uzviy bog’liqligini ta’kidlab, ilg’or g’oyalarni targ’ib etishda adabi- yotni siyosiy minbar deb hisoblagan. «San’at san’at uchun» degan nazariyaga, shuningdek naturalizmga qarshi kurash- gan. «Kim aybdor» (1841-46), «doctor Krupov» (1847), «o’g’ri zag’izg’on» (1948) asarlari muallifi. «Kechmish va o’ylar» avtobiografik asari (1852-68) g. ba- diiy ijodida Markaziy o’rin tutadi. Asar Rossiyada inqilobiy harakat ta- rixini Real va badiiy yoritib bergan. G.ning ayrim asarlari o’zbek tiliga tar- jima qilingan («o’g’ri zag’izg’on», 1955).