GIDROAKKUMULYASIYALOVCHI ELEKTR STANTSIYASI

GIDROAKKUMULYASIYALOVCHI ELEKTR STANTSIYASI (GAES), nasos- li akkumulyasiyalovchi elektr stantsiya — ishlash tarzi boshqa elektr stantsiyalar- dan olinadigan elektr energiyasini suv- ning potentsial energiyasiga aylantirib (akkumulyasiyalab), keyin zarur bo’lganda uni qayta elektr energiyaga aylanti- rib energiya tizimi (energosistema)ga beradigan gidroelektr stantsiya. GAES- ning gidrotexnika inshootlari, aso- san, baland-past joylashgan ikkita suv hovuzidan va biriktirish quvurlaridan iborat. GAES binosidagi gidroagregat- lar uch yoki ikki mashinali bo’lishi mum- kin. Birinchi holda bitta val ga elektr mashina (dvigatel-generator), gidrotur- bina va nasos, ikkinchi holda esa elektr mashina va gidromashina o’rnatiladi. Gidromashina aylanish yo’nalishiga qarab ham nasos, ham turbina sifatida ishlaydi. Yangi qurilayotgan GAES lar- ga iqtisodiy jihatdan tejamli bo’lgan ikki mashinali agregatlar o’rnatiladi. Elektr tarmoqlarida ortiqcha elektr energiya bor paytlarda (mas, kechasi) shu ortiqcha energiya GAES uchun suvni pastki hovuzdan yuqorigi, akkumulyasi- yalovchi hovuzga ko’tarishga sarflanadi. Elektr tarmoqlarda ko’proq energiya ta- lab qilinganda yuqori hovuzdagi suv, quvurlardan Gaesning turbina reji- mida ishlaydigan gidroagregatlariga yuboriladi. Gaesda olingan tok elektr tarmoqlarga qaytarib beriladi. Suv esa pastki hovuzga yig’iladi. Akkumulyasiya- lanadigan elektr energiyaning miqdori hovuz hajmiga va Gaesning ish bosimi- ga bog’liq bo’ladi. Yuqorigi hovuz sun’iy yoki tabiiy (mas, ko’l) bo’lishi; pastki esa daryoga o’rnatilgan to’g’onda hosil bo’lgan suv havzasi bo’lishi mumkin. Gaesning f.i.k. 0,66 dan oshmaydi. AQSh, Angliya, GFR, Avstriya, Frantsiya, Yaponiya, Rossiya va b. mamlakatlarda Gaeslar qurilgan. Bir necha minutda Gaesni yurgizib yubo- rish va ish rejimlarini o’zgartirish mumkin.