GIGROMA

GIGROMA (gigro… Yun. ota — to’planish) — bo’g’im oldi yoki synovial xaltacha (payni qoplovchi parda)larda suyuqlik to’planishi; bunday xaltachalar aksari tirsak va tizza bo’g’imlari atro- fida paylar epishadigan joyning usti- da bo’ladi. G. surunkali kechadigan bursit yoki tendovaginit asorati hisoblanib, qo’l yoki oyoqning doimo urilib yoki ishqalanib turadigan qismlarida paydo bo’ladi. G. sharsimon shaklda bo’lib, asta- sekin kattalasha boradi, ba’zan tovuq tuxumidek keladi. Vaqtida davolanma- sa yiringlashi yoki yorilishi mumkin. G.ning so’rilib ketishiga qaratilgan do- ridarmonlar va fizioterapevtik muola- jalar buyuriladi, bular yordam bermasa, jarrohpik usuli b-n olib tashlanadi.