? BAYRAMLAR:
? Xalqaro xotin-qizlar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Albaniya ?? Laos — Onalar kuni.
?? Suriya — Inqilob kuni.
?? Filippin — Davao de Oro provonsiyasiga asos solingan kun.
? VOQEALAR:
- 1169 — Andrey Bogolyubskiy uch kunlik hujumdan so’ng Kiyevni egallab oldi va uni talon-taroj qildi.
- 1618 — Nemis astronomi Iogann Kepler oʻzining sayyoralar harakatining uchinchi qonunini kashf qildi.
- 1658 — Daniya va Shvetsiya o‘rtasida Roksill shartnomasi imzolandi.
- 1702 — Anna Styuart Angliya, Shotlandiya va Irlandiya qirolichasi bo‘ldi.
- 1722 — Pyotr I ning farmoniga binoan Peterburgda ob-havoni muntazam ravishda kuzatish ishi yoʻlga qoʻyildi.
- 1736 — Nodirshoh Eron shohi bo‘ldi.
-1759 — Parij parlamenti Deni Didroning „Ensiklopediya“sini qoralab chiqdi. - 1802 — Nemis havaskor astronomi Genrix Olbers dastlabki mitti sayyora — Sererani kashf qildi.
- 1809 — Ivan Krilovning „Masallar“ nomli birinchi kitobi dunyo yuzini koʻrdi.
- 1862 — Nyu-Yorkda soʻnggi amerikalik qaroqchi — Nataniel Gordonni dorga osishdi.
- 1873 — Kanadaning shimoli-sharqiy hududlarida spirtli ichimliklar savdosi taʼqiqlab qoʻyildi.
- 1887 — Everett Xorton teleskopik qarmogʻi uchun patent oldi.
- 1900 — „Sanʼat dunyosi“ uyushmasi tuzildi, unga A. N. Benua, K. A. Somov, M. V. Dobujinskiy, N. K. Rerix, Ye. Ye. Lansere v. b. aʼzo boʻlishdi.
- 1910 — Kopengagenda Sotsialistik Internatsional 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni deb e’lon qildi.
- 1910 — Fransiyada Eliza Derosh uchuvchi guvohnamasiga ega bo‘ldi va dunyoda birinchi uchuvchi ayolga aylandi.
- 1927 — O‘zbekiston SSRda “Hujum” kampaniyasi boshlandi. 100 000 dan ortiq xotin-qiz paranjisini gulxanga tashlashdi.
- 1944 — Bolqorlar deportatsiyasi boshlandi.
- 1950 — SSSR atom bombasiga ega ekanligini e’lon qildi.
- 1963 — Xitoy 1858-yilda Rossiya bilan tuzilgan Aygun shartnomasini bekor qildi va SSSRdan yerlarni qaytarib berishni talab qildi.
- 1965 — Janubiy Vyetnamga AQShning dastlabki quruqlik qo‘shinlari kiritildi.
- 1965 — Xalqaro xotin-qizlar kuni bo‘lgan 8-mart dam olish kuniga aylandi.
- 1973 — Shimoliy Irlandiyada referendumda ishtirok etganlarning 59%i Buyuk Britaniya tarkibida qolish uchun ovoz berishdi.
- 2014 — Malayziyaning Boeing 777-200ER samolyoti izsiz yo‘qoldi.
? TAVALLUDLAR:
- 1864 — Apte Xari Narayan (1919) — hind yozuvchisi, ma’rifatparvar.
- 1866 — Lebedev Petr (1912) — Rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan.
- 1879 — Gann Otto (1968) — Nemis fizigi va radiokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1945).
- 1886 — Kendall Edvard Kalvin (1972) — Amerkalik biyokimyogar, Nobel mukofati sohibi (1950).
- 1894 — Aaltonen Vyaynyo Valdemar (1966) — fin haykaltaroshi.
- 1910 — Claire Trevor (2000) — amerikalik kinoaktrisai.
- 1911 — Ahmedov Bardiyor — xuquqshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975).
- 1914 — Hamidova Manzura (1998) — O’zbekiston xalq artisti (1969).
- 1914 — Yakov Zeldovich (1987) — rus nazariyotchi-fizigi, akademik (1958).1939-yilda uranning bo’linishidagi zanjir reaksiyasini birinchi bo’lib hisoblab chiqdi (Yu. B. Xariton bilan hamkorlikda).
- 1920 — Burnasheva Qamara (2000) — O’zbekiston xalq artisti (1960).
- 1923 — Yo’ldosheva Muhabbat — O’zbekiston xalq artisti (1969).
- 1928 — Mirkarimova Qunduz — raqqosa, baletmeyster va pedagog, O’zbekiston xalq artisti (1966).
- 1930 — Mazohidova Rahima — xonanda va aktrisa, O’zbekiston xalq artisti (1976).
- 1957 — Sintiya Rotrok — amerikalik kinoaktrisa, jangavor san’at ustasi.
- 1975 — Sulton Ibragimov — rossiyalik professional bokschi, sobiq jahon chempioni.
- 1990 — Petra Kvitova — chex tennischisi, ikki karra Uimldon turniri g‘olibasi (2011 va 2014).
- 1994 — Raʼnoxon Omonova — oʻzbek suzuvchisi, Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Xalqaro sport ustasi.
- 2000 — Daniel Magnusson — shved kyorlingchisi, ikki karra jahon chempioni, Olimpiya chempioni.