16 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro sport avtopoygalari kuni.
? Selfilarsiz kun.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Filippin — Davao shahri kuni.
?? Hindiston — Milliy emlash kuni.
?? Latviya — Legionerlarni xotirlash kuni.
?? Litva — Kitob kontrabandachilari kuni.
?? AQSh — Milliy Panda kuni.
?? Qozog‘iston — Respublika gvardiyasi kuni.

? VOQEALAR:

  • 870 — Bolgariyada pravoslav cherkovi va ierarxiyasi tashkil etildi.
  • 1521 — portugaliyalik dengizchi Fernand Magellan birinchi safari davomida Filippin qirg’oqlariga yetib bordi.
  • 1565 — Filippinliklar va ispanlar Sandugo marosimida birodarlashganlar.
  • 1660 — Angliyaning uzoq davom etgan parlamenti 20 yillik yig’ilishdan so’ng tarqatib yuborildi.
  • 1802 — AQSh Kongressining qarori bilan Vest-Poytndagi Harbiy Akademiya tashkil etildi.
  • 1867 — Fransuz bog‘boni Jozef Monye ko’p qavatli binolarni qurishda asosiy materialga aylangan temir beton uchun patent oldi.
  • 1921 — RKP (b) X syezdining yopilishi; NEPga o’tishning boshlanishi.
  • 1921 — RSFSR va Turkiya o’rtasida do’stlik va birodarlik shartnomasini imzolandi.
  • 1921 — SSSR Londonda Buyuk Britaniya bilan savdo shartnomasini tuzadi.
  • 1924 — Italiya Fiume shahrini qo’shib oldi.
  • 1926 — Amerikalik konstruktor Robert Goddard birinchi suyuq yonilg’i bilan ishlaydigan raketani muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazdi.
  • 1935 — Fashistlar Germaniyasida umumiy harbiy xizmat joriy etildi, bu Versal shartnomasi shartlarini ochiqdan-ochiq buzish edi.
  • 1935 — Germaniyada Vermaxt tashkil topdi.
  • 1936 — birinchi sovet yo’lovchi avtomobili — M-1 limuzini Gorkiy avtomobil zavodining konveyeridan chiqarildi.
  • 1945 — 3 va 2-Ukraina frontlari qo’shinlarining Venadagi operatsiyasi boshlanishi.
  • 1962 — Nikita Xrushchyov SSSRda qit’alararo raketa borligini e’lon qildi.
  • 1968 — Vetnam urushi paytida AQSh qo’shinlari Janubiy Vetnamning Milai (Songmi) qishlog’ini yo’q qilishdi.
  • 1976 — Yamayka xalqaro konferensiyasi. Yangi jahon valyuta tizimi to’g’risida bitim imzolandi.
  • 1988 — Eron-Iroq urushi paytida Iroq Harbiy-havo kuchlari Halabja shahriga kimyoviy hujum uyushtirdi, natijada minglab kurdlar halok bo’ldi.
  • 1992 — Oʻzbekiston Meksika, Gruziya va Gretsiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
  • 1995 — Armaniston va Rossiya Armanistondagi rus qo’shinlarini saqlab qolish to’g’risida bitim imzoladilar.
  • 1995 — Missisipida AQSh Konstitutsiyasiga 13-tuzatish ratifikatsiya qilindi — qullik rasman taqiqlangan.
  • 2014 — Qrimning siyosiy maqomi toʻgʻrisidagi referendum boʻlib oʻtdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1740 — Yakov Shvepp (1821) — nemis havaskor ixtirochisi, tadbirkor, soatsoz va yuviler.
  • 1751 — Jeyms Medison (1836) — AQShning 4-prezidenti (1809-1817).
  • 1787 — Georg Simon Om (1854) — nemis fizigi.
  • 1839 — Fransua Syulli-Pryudom (1907) — fransuz shoiri, adabiyot sohasidagi 1-Nobel mukofoti sohibi (1901).
  • 1851 — Martin Beyerink (1931) — golland mikrobiologi va botanigi, tadrijiy mikrobiologiya va virusologiya asoschilaridan.
  • 1853 — Genrix Kayzer (1931) — nemis fizigi, yer atmosferasida geliy mavjudligini topgan.
  • 1859 — Abdulahad (1911) — Buxoro amirligining hukmdori (1885-1910), Amir Muzaffarning o‘g‘li.
  • 1859 — Aleksandr Popov (1906) — rus fizigi, radio ixtirochisi.
  • 1884 — Aleksandr Belyayev (1942) — rus sovet fantast yozuvchisi.
  • 1906 — Tamaraxonim (1991) — O’zbekiston xalq artisti, o’zbek professional raqsi asoschilaridan.
  • 1915 — Kunihiko Kodayra (1997) — yaponiyalik matematik.
  • 1918 — Frederik Raynes (1998) — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1995).
  • 1930 — Nuriddin Shukurov (1995) — adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
  • 1959 — Jens Stoltenberg — NATOning 13-chi va amaldagi bosh kotibi (2014-yildan).
  • 1967 — Bogdan Titomir — rossiyalik estrada xonandasi, raqqos, didjey, teleboshlovchi.
  • 1968 —  Devid Makmillan — shotland kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (2021).
  • 1976 — Chju Chen — xitoylik shaxmatchi ayol, 9-jahon chempioni.