? BAYRAMLAR:
? Butunjahon ijtimoiy ish kuni.
? “Menga o‘qing” xalqaro kuni.
? Xalqaro mijozlar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Rossiya, ?? Litva — Mijozlar kuni.
?? Finlyandiya — Tenglik kuni.
?? Polsha — Kashubiya birligi kuni.
?? Liviya — Kaddafiy ustidan g‘alaba kuni.
?? Italiya, ?? Ispaniya, ?? Portugaliya — Otalar kuni.
?? Rossiya — Suv osti dengizchilari kuni.
? VOQEALAR:
- 1279 — Yamin jangida Sun imperiyasi yakson qilindi.
 - 1474 — Venetsiyada ixtirolarni qo‘riqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, bu mualliflik huquqini himoya qiluvchi dunyodagi birinchi qonun edi.
 - 1697 — Pyotr I ning Yevropaga “Buyuk elchilik” davri boshlandi.
 - 1823 — Birinchi Meksika imperiyasi tugatildi.
 - 1831 — AQShda bankka birinchi talonchilik uyushtirildi.
 - 1898 — Aleksandr III muzeyi ochildi.
 - 1899 — Peterburgda Rossiyada birinchi “tez yordam” stansiyasi ochildi.
 - 1917 — Kiyevda Ozod Ukraina shiori ostida 100 ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi.
 - 1946 — Martinika, Gvadelula, Ryunyon Fransiya departamenti deb e’lon qilindi.
 - 1950 — Yadro qurolini ta’qiqlovchi Stokgolm murojaatnomasi qabul qilindi.
 - 1955 — Madad (Isroil) da arxeologlar Irod saroyi qoldiqlarini topishdi.
 - 1958 — Strasburgda Yevroparlamentning birinchi majlisi ish boshladi.
 - 1964 — Alp dovonidan oʻtuvchi tunnel ishga tushdi.
 - 1970 — GDR va GFR rahbarlarining oliy darajadagi birinchi uchrashuvi.
 - 1992 — Oʻzbekiston Polsha va Yangi Zelandiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
 - 1994 — Boku metrosida terroristik akt sodir etildi.
 - 1999 — Vladikavkazda terroristik xurujlar sodir bo’ldi.
 - 2003 — AQSh prezidenti Jorj Bush Saddam Husaynga ultimatum e’lon qildi.
 - 2011 — NATO davlatlarining Liviyaga intervensiyasi boshlandi.
 - 2016 — Istambulda terroristik xurujlar.
 
? TAVALLUDLAR:
- 1629 — Aleksey Mixaylovich (1676) — Rus podshosi (1645–76), Romanovlar sulolasining ikkinchi vakili, podsho Mixail Fyodorovich Romanovning o‘g‘li.
 - 1778 — Munis Xorazmiy (1829) — shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar.
 - 1813 — David Livingston (1873) — shotlandiyalik sayyoh, ixtisosligi — vrach.
 - 1832 — German Vamberi (1913) — venger sharqshunos, tilshunos olimi, sayyoh va yozuvchi.
 - 1883 — Norman Havorz (1950) — ingliz organik kimyogari, London qirollik jamiyati aʼzosi (1928-yildan), Nobel mukofoti sohibi (1937).
 - 1896 — Nadejda Kashina (1977) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1964).
 - 1900 — Frederik Jolio-Kyuri (1958) — fransuz fizigi, Xalqaro tinchlik tarafdorlari harakati asoschilari va rahbarlaridan biri, Nobel mukofoti(1935), «Xalqaro tinchlikni saqlash uchun» mukofoti (1951) sohibi.
 - 1900 — Solih Mutallibov (1979) — tilshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971).
 - 1943 — Mario Molina — meksikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1995).
 - 1953 — Lenín Boltaire Moreno Garcés — Ekvador Prezidenti (2017-yildan).
 - 1954 — Zayniddin Nizomxo’jayev — davlat va jamoat arbobi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi (2021-yil 5-fevraldan).
 - 1955 — Bryus Uillis — amerikalik kinoaktyor, prodyuser, musiqachi.
 - 1956 — Yegor Gaydar (2009) — rossiyalik iqtisodchi va siyosatchi, Rossiya bosh vaziri (1991-1992).
 - 1982 — Eduardo Saverin — Facebook ijtimoiy tarmogʻining asoschilaridan biri.
 


