29 mart kun tarixi

Bugun 29-mart 2024-yil, juma.

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon marmar kuni.
? Xalqaro suv parisi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Vyetnam urushi faxriylari kuni.
?? AQSh — Milliy onalar va pop biznes egalari kuni.
?? Tayvan — Yoshlar kuni.
?? MAR — Boganda kuni.
?? Madagaskar — Shahidlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 845 — Vikinglar Parijga bostirib kirib, talon-taroj qilishdi.
  • 1410 — Gilyom II Sardina yerlarini Aragon qiroliga sotdi.
  • 1430 — Murod II qo’shinlari Salonikini qamalning 8-yilida egallab olishdi.
  • 1461 — Tauton jangi — Oq va Qizil atirgullar urushidagi eng qonli jang.
  • 1798 — Fransuzlar Gelvet Respublikasi (Shveytsariya) tuzilganini e’lon qilishdi.
  • 1807 — astronom Olbres Vesta asteroidini kashf qildi.
  • 1848 — Germaniyada inqilobiy voqealar: Berlinda liberal hukumat tuzildi.
  • 1848 — Niagara sharsharasi 30 soatga muzlab qoldi.
  • 1864 — Buyuk Britaniya Ion orollarini Gretsiyaga berdi.
  • 1873 — Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozishni boshlagan.
  • 1886 — Vilgelm Steynis rasman shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni bo‘ldi.
  • 1886 — Coca-Cola tug’ilgan kun — dunyoda ushbu mashhur ichimlik uchun retsept yaratildi.
  • 1891 — Aleksandr III Sibir temiryoʻl magistralini qurish haqida qaror chiqardi.
  • 1911 — Sankt-Peterburgda Rossiya olimpiya qo‘mitasi ta’sis qilindi.
  • 1927 — Ontario provinsiyasi (Kanada) da “quruq qonun” bekor qilindi, o‘rniga hukumat nazorati o‘rnatildi.
  • 1940 — Angliya bankida qalbakisidan himoyalangan – yupqa metall ip bilan o‘ralgan , yuqori sifatli birinchi qog‘oz pul ishlab chiqildi.
  • 1947 — Madagaskar tarixida eng yirik qo‘zg‘olonlardan biri bo‘lib o‘tdi.
  • 1974 — Mariner 10 nomli Amerika kosmik apparati Merkuriy sayyorasini suratga oldi.
  • 1974 — Sin Shixuandi maqbarasida sopol haykallar topildi.
  • 2004 — Estoniya, Latviya va Litva NATOga a’zo bo‘lishdi.
  • 2010 — Moskva metrosida terakt.
  • 2015 — muqobillik asosida o‘tgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida I. Karimov g‘olib chiqdi.
  • 2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan MXX nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb oʻzgartirildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1735 — Iogann Karl Avgust Muzeus (1787) — nemis yozuvchisi, adabiy tanqidchi, filolog va pedagog.
  • 1790 — Jon Tayler (1862) — AQShning 10-prezidenti.
  • 1849 — Vladimir Vagner (1934) — rus biologi va psixologi. Qiyosiy psixologiya namoyandalaridan biri. 
  • 1879 — Alan Xenderson Gardiner (1963) — ingliz misrshunosi, “Leyden papirusi” ni topgan.
  • 1899 — Lavrentiy Beriya (1953) —  sovet davlat arbobi, Stalinning eng yaqin safdoshi.
  • 1906 — Tamara Xonim (1991) — raqqosa, qo‘shiqchi, aktrisa va xoreograf, SSSR Xalq artisti.
  • 1919 — Eileen Heckart (2001) — amerikalik film aktrisasi. 
  • 1927 — Jon Veyn (2004) — ingliz kimyogari va farmakologi, Nobel mukofoti laureati (1982).
  • 1936 — Miraziz A’zam — o‘zbek shoiri, tarjimon.
  • 1943 — Jon Meyjor — Buyuk Britaniyaning 72-bosh vaziri (1990- 1997).
  • 1946 — Bayat Muxtorov (2015) — oʻzbek haykaltaroshi va avangard rassomi, Oʻzbekistonda birinchi boʻlib performans va  xeppening usullaridan foydalangan.
  • 1955 — Brendan Glison — irlandiyalik aktyor, rejissyor. 
  • 1989 — Zarina Nizomiddinova — o‘zbek aktrisasi va qoʻshiqchisi.
  • 1991 — Irene ‐ janubiy koreyalik qoʻshiqchi, reper va aktrisa.
  • 1994 — Anastasiya Kostenko — rossiyalik model, «Rossiya go’zali 2014» da 2-oʻrin va Londondagi «Dunyo go’zali 2014» xalqaro go’zallik tanlovi ishtirokchisi.