30 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro chiqindiga qarshi kurash kuni.
? Parklarda sayr qilish kuni.
? Psixoanalizning tug’ilgan kuni.
? Xalqaro qalam kuni.
? Butunjahon Idli kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Falastin — Yerni himoya qilish kuni.
?? Rossiya — Uysiz odamlar kuni.
?? Indoneziya — Milliy kino kuni.
?? AQSh — Milliy virtual dam olish kuni.
?? AQSh — Milliy shifokorlar kuni.
?? Koreya — Muhandislar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1775 — Britaniya parlamenti Shimoliy Amerika koloniyalariga Britaniyadan boshqa har kim bilan savdo qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
  • 1791 — Fransiya Milliy Assambleyasi metrning ta’rifini kiritdi: Parij meridianining qirq milliondan bir qismi.
  • 1814 — Antinapoleon koalitsiyasi qo‘shinlari tomonidan Parij egallab olindi.
  • 1820 — Birinchi amerikalik missionerlar Gavayi orollariga yetib kelishdi.
  • 1847 — Lev Nikolaevich Tolstoy kundalik yuritishni boshladi va butun umri davomida bu mashg’ulotni davom ettirdi.
  • 1856 — Parij tinchlik shartnomasi imzolanishi orqali Qrim urushi tugadi.
  • 1858 — Xaymen Lipmen (Filadelfiya) bir tomonida o‘chirg‘ichi bor qalamga patent oldi.
  • 1860 — Aleksandr II Rossiyada Dehqonlar islohoti boshlanganini e’lon qildi.
  • 1867 — Vashingtonda ruslar va amerikaliklar o‘rtasida bitim imzolandi. AQSh Rossiyadan Alyaska va Aleutsk orollarini 7,2 million dollarga sotib oldi.
  • 1880 — Fransiyada iyezuitlar faoliyati ta’qiqlandi.
  • 1885 — Kushka jangi.
  • 1896 — Dunyo birinchi marta psixoanaliz haqida eshitdi.
  • 1905 — Kritda turklar hukmronligiga qarshi greklar qo‘zg‘oloni.
  • 1912 — Marokash sultoni Abdul Hafiz Fransiyaga taslim bo’ldi.
  • 1918 — Bokuda mart voqealari.
  • 1927 — O‘zbekiston SSR konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1945 — SSSR harbiylari Gdanskni ozod qildilar.
  • 1946 — “Oskar”ning marosimi ilk bor radio orqali efirga uzatildi.
  • 1954 — Toronto (Kanada) da birinchi metro ochildi.
  • 1970 — Vladimir Motilning «Белое солнце пустыни» filmi mamlakat ekranlariga chiqarildi.
  • 1972 — Buyuk Britaniya Shimoliy Irlandiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvni joriy qildi.
  • 1981 — AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiiqasd uyushtirildi.
  • 1992 — “Qo‘zilarning sukunati” filmi beshta “Oskar” mukofotiga loyiq topildi.
  • 1995 — Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko parlamenti tarqatib yuborish to‘g‘rida referendum o‘tkazilishini e’lon qildi.
  • 2009 — Lahordagi politsiya akademiyasiga hujum.

? TAVALLUDLAR:

  • 1432 — Mexmed II (1481) — Usmonlilar sultoni (1451-1481), Vizantiya imperiyasiga chek qo‘ygan.
  • 1746 — Fransisko Xose de Goya (1828) — ispan rassomi.
  • 1757 — Jan-Fransua Pilatr de Rozye (1785) — fransuz fizigi, kimyogari, aviatsiya kashshoflaridan biri.
  • 1853 — Vinsent van Gog (1890) — dunyo miqyosida mashhur niderlandlik va fransiyalik musavvir — postimpressionchi.
  • 1894 — Sergey Ilyushin (1977) — sovet aviakonstruktori, uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
  • 1926 — Ingvar Kamprad (2018) — shved tadbirkori, “IKEA”  kompaniyasi asoschisi.
  • 1941 — Vasim Sajjod — 2 karra Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, ayni paytda muxolifat yetakchisi.
  • 1951 — Golishev Arkadyevich — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi (1995-2003 va 2006-2017 yillarda).
  • 1954 — Tohiriy Muidjon  — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi (2016-2018), General-mayor, Jaloliddin Manguberdi ordeni sohibi.
  • 1968 — Selin Dion — Kanada pop qoʻshiqchisi va aktrisa.
  • 1980  — Katrin Lunde — norvegiyalik gandbolchi (darvozabon), ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni.
  • 1981 — Sergey Mozyakin — rossiyalik xokkeychi, ikki karra jahon chempioni (2008, 2009), Olimpiya chempioni (2018).
  • 1981 — Toʻlashboy Doniyorov — bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (2002).
  • 1986 — Serxio Ramos — ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va ikki karra Yevropa chempioni (2008, 2012).