10 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Islom olamida Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti.
? Butunjahon uydan (masofaviy) ishlash kuni.
? Butunjahon Yaguar kuni.
? Butunjahon gomeopatiya kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Birodarlar kuni.
?? AQSh — Milliy qishloq hayvonlari kuni.
?? Kanada — Xalqaro pushti kuni.
?? Tojikiston — Ichki qo’shinlar kuni.
?? Tailand — Milliy kauchuk kuni.
?? Ozarbayjon — Quruvchilar kuni.
?? Islandiya — Muhandislar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1370 — Amir Husayn boshliq Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ldi.
  • 1710 — Angliyada 1709-yil qabul qilingan “Qirolicha Annaning statuti” — dunyodagi birinchi mualliflik huquqi qonuni kuchga kirdi.
  • 1741 — Mollvits jangi.
  • 1814 — Gissen universitetida 13 yoshli Karl Vitte fan nomzodi ilmiy darajasini oldi va eng yosh fan doktori (hozirgacha) bo’ldi.
  • 1820 — Birinchi ingliz ko’chmanchilari Janubiy Afrikaning Algoa ko’rfaziga qo’ndi.
  • 1831 — Igan jangi.
  • 1841 — «New York Tribune» gazetasining birinchi soni chop etildi.
  • 1875 — Kanada politsiyasi Kanadaning g’arbiy qismida post ochishga ruxsat oldi — keyinchalik u Kalgari shahriga aylandi.
  • 1907 — Pyotr Stolypin Dumada yer islohoti loyihasini bayon qildi.
  • 1912 — Sautgempton portidan “Titanik” layneri birinchi va so‘nggi bor yo‘lga chiqdi.
  • 1922 — Genuya konferensiyasi ochildi (19 maygacha).
    — 1925 — Saritsin shahri Stalingrad deb atala boshlandi (hozirgi Volgograd).
  • 1937 — Kanadaning Air Canada aviakompaniyasi tashkil etildi (1964-yilgacha — Trans-Canada Airlines).
  • 1938 — Avstriyadagi plebissitda aholining 99,7 foizi Germaniya bilan birlashish uchun ovoz berdi.
  • 1941 — Nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olingan Zagrebda Xorvatiya mustaqil davlati eʼlon qilindi.
  • 1944 — Odessa operatsiyasi davomida shahar nemis ishg‘olidan halos bo‘ldi.
  • 1972 — Bakteriologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risida xalqaro Konvensiya imzolandi.
  • 1979 — Bolgariyalik birinchi kosmonavt Georgiy Ivanov samoga parvoz qildi.
  • 1988 — 10 yillik qurilishdan so‘ng Yaponiyadagi Xonsyu va Sikoku orollarini bog‘lovchi 9 kilometrlik Seto ko‘prigi ochildi.
  • 2004 -O’zbekistonda Al-Xorazmiyga bag’ishlangan pochta markasi chiqardi.
    -2010 — Smolenskda boʻlgan aviahalokat (Polsha preziden­ti Lex Kachinskiy, uning rafiqasi Mariya Kachinskaya va boshqalar (97 kishi) halok boʻldi).
  • 2010 — Kamchatkada qor ko‘chkisi germaniyalik sayyohlar bo‘lgan vertolyotni bosib qoldi. 18 kishidan 10 nafari vafot etgan.
  • 2014 — Buyuk Britaniya ob-havoni bashorat qiluvchi dunyodagi eng katta superkompyuter o’rnatildi.
  • 2016 — Puttingal ibodatxonasidagi yongʻin (Paravur, Hindiston); 110 dan ortiq kishi halok bo’ldi, 350 dan ortiq kishi jarohat oldi.
  • 2019 — Dunyoga birinchi marta “qora tuynuk” ning surati namoyish qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1735 — Kulibin Ivan (1818) – o’zi mustaqil o’qib o’rgangan rus mexanigi.
  • 1847 — Jozef Pulitser (1911) — amerikalik noshir va jurnalist, shu nomdagi mukofot asoschisi.
  • 1895 — Vsevolod Rojdestvenskiy (1977) — sovet shoiri va tarjimoni, harbiy muxbir.
  • 1887 — Bernardo Ussay (1971) — argentinalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1947).
  • 1894 — Abdulla Qodiriy (1938) — o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
  • 1917 — Robert Vudvord (1979) — amerikalik organik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1965).
  • 1927 — Marshall Nirenberg (2010) — amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1968).
  • 1937 — Bella Axmadulina (2010) — sovet va rus shoirasi, yozuvchi, tarjimon.
  • 1952 — Grigoriy Yavlinskiy — sovet va Rossiya siyosatchisi, iqtisodchi.
  • 1952 — Stiven Sigal — Amerikalik aktyor, ssenariynavis, prodyuser, rejissyor, aykido ustasi.
  • 1963 — Doris Loytxard — 2006-yildan Shveysariya Federal Kengashi a’zosi, 2010 va 2017-yillarda mamlakat Prezidenti.
  • 1973 — Roberto Carlos da Silva — sobiq braziliyalik futbolchi, jahon chempioni (2002).
  • 1978 — Rustamjon Hamidov (Rustamjon domla) — Oʻzbekistonning mashhur imomlaridan biri.
  • 1993 — Sofiya Karson — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.