1 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro ishchilar kuni (Mehnat kuni).
? Butunjahon sevgi kuni.
? Pochta markasi tug‘ilgan kun.
?? Yevropa — May bayrami.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston — Favvoralar kuni.
?? Hindiston — Maxarashtra kuni / Gujarat kuni
?? AQSh — Huquq kuni.
?? AQSh — Sadoqat kuni.
?? Kanada — Milliy shifokorlar kuni.
?? Kanada, ?? AQSh — Maktab direktorlari kuni.
?? Yamayka — Oʻqituvchilar kuni.
?? Marshall orollari — Konstitutsiya kuni.
?? Latviya — Konstitutsiyaviy Assambleya chaqirilgan kun.
?? Qozog‘iston — Qozog’iston xalqining birligi kuni.
?? Argentina — Konstitutsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • 305 — Qadimgi Rim hukmdorlari Diokletian va Maksimian hokimiyatdan voz kechishdi.
  • 1006 — Superyangi yulduz SN 1006 chaqnadi.
  • 1328 — Angliya Shotlandiyaning mustaqilligini tan oldi.
  • 1455 — Arkingolm jangi.
  • 1682 — Lyudovik XIV Parij rasadxonasini tantanali ravishda ochdi.
  • 1699 — Missisipi daryosi bo’yida Fransuz Luizianasi tashkil topdi.
    -1707 — Angliya va Shotlandiya o’rtasida kelishuiv uniyasi imzolandi.
  • 1840 — Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.
  • 1884 — Chikagoda birinchi osmono‘par bino — 10 qavatli uy qurilishi boshlandi.
  • 1885 — Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.
  • 1886 — AQShda ish tashlash bo’lib o’tdi, natijada 3 kishi halok bo’ldi va 4 nafar AQSh ishchi sinfi vakili qatl etildi.
  • 1886 — Birma Britaniya Hindistoni tarkibiga kiritildi.
  • 1890 — Yevropa davlatlarida ilk marta 1-may bayram sifatida nishonlandi.
  • 1899 — Aspirin birinchi marta sotuvga chiqdi.
  • 1912 — Kanada dollari ilk bor muomalaga chiqdi.
  • 1917 — Rossiyada 1-May bayrami oshkora nishonlandi.
  • 1918 — Uchuvchi I. N. Vinogradov boshqargan birinchi Sovet Nieuport-XXI samolyoti Qizil maydon ustidan uchib o’tdi.
  • 1919 — Bavariya Sovet Respublikasining qulashi.
  • 1925 — Kipr Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilindi. Bu orolning inglizlar hukmronligi ostiga birinchi marta tushishi emas edi: 1191-yilda uni Richard Sheryurak bosib olgan edi.
  • 1930 — 18-fevralda kashf etilgan Quyosh tizimining to‘qqizinchi sayyorasining nomi — Pluton e’lon qilindi.
  • 1930 — Farg‘ona davlat universiteti tashkil topdi.
  • 1933 — Britaniya va Hindiston o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatildi.
  • 1941 — AQShda Orson Uellsning «Citizen Kane» filmi premyerasi bo’ldi.
  • 1945 — Berlindagi Reyxstag binosiga g’alaba bayrog’i o’rnatildi.
  • 1948 — KXDR tashkil topganligi e’lon qilindi.
  • 1959 — Chirchiq shahar o‘lkashunoslik (Mahalliy tarix) muzeyi tashkil topdi.
  • 1963 — BMT ning Muvaqqat ma’muriyati nazorati ostida bo’lgan Gollandiyaning sobiq G’arbiy Irian mustamlakasi Indoneziyaga o’tkazildi.
  • 1974 — Portugaliyada siyosiy mahbuslar ozod qilindi va ommaviy axborot vositalari senzurasi bekor qilindi.
  • 1978 — Buyuk Britaniyada birinchi marta 1-may davlat miqyosida nishonlandi.
  • 1979 — Grenlandiya o’zini o’zi boshqarish huquqiga ega bo’ldi.
  • 1992 — IRA Klochodjedagi nazorat punktiga hujum qildi.
  • 1993 — Shri-Lanka prezidenti Ranasingxe Premadasa Kolomboda sodir etilgan terroristik hujumda o‘ldirildi.
  • 1998 — “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni taʼsis etildi.
  • 1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi tashkil qilindi.
  • 2004 — Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya va Estoniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qatoriga kiritildi.
  • 2019 — Naruxito Yaponiya taxtiga o’tirdi.
  • 2020 — Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshqini sodir bo‘ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1764 — Benjamin Latrob (1820) — ingliz-amerika arxitektori, Vashington Kapitoliysining asosiy dizayneri.
  • 1672 — Jozef Addison (1719) — ingliz publitsisti, dramaturg, shoir, siyosatchi, pedagog, ingliz jurnalistikasining asoschisi.
  • 1852 — Santyago Ramon i Kajal (1934) — ispaniyalik gistolog, Nobel mukofoti sohibi (1906).
  • 1881 — Teyar de Sharden (1955) —  Fransuz antropologi, paleontolog va faylasufi,  sinantropni birinchi bor ochgan olim.
  • 1896 — Muhitdin Qoriyoqubov (1957) — ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, oʻzbek musiqali teatri asoschilaridan.
  • 1904 — Gʻaniyev Nabi (1953) — kinorejissyor, oʻzbek kinosining asoschilaridan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 
  • 1905 — Akrom Yusupov — O‘zbekiston xalq artisti, sirk artisti.
  • 1907 — Sofya Yevseyevna Karakash (Shvidler) (1983) -pianinochi-konsertmeyster, Oʻzbekiston xalq artista (1972).
  • 1908 — Yahyo Gʻulomov (1977) — tarixchi arxeolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958).
  • 1913 — Mannon Azizov (1987) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). 
  • 1913 — Florian Bobich (1942) — Yugoslaviya siyosatchisi, Yugoslaviya Xalq Qahramoni.
  • 1916 — Malik Nabiyev (2008) — rassom, pedagog, Oʻzbekiston xalq rassomi (1992).
  • 1920 — Mayya Quliyeva (2018) — turkman xonandasi (lirik soprano), Xalq artisti (1955). 
  • 1924 — Ergash Yoʻldoshev (1991) — xonanda (dramatik tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
  • 1925 — Ahmadjon Odilov (2017) — nufuzli oʻzbek ishbilarmoni va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965).
  • 1926 — Piter Devid Laks — vengriyalik va amerikalik matematik. Sof va amaliy matematika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 
  • 1933 — Ortiq Fayzullayev — yogʻoch va suyak oʻymakori, Oʻzbekiston xalq rassomi (1997). 
  • 1936 — Dilbar Abdurahmonova (2018) — dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti (1969).
  • 1942 — Elyor Ishmuxamedov — kinorejissor va senariychi, O‘zbekiston SSR Xalq artisti.
  • 1942 — Nasiba Ibragimova — oliy toifali diktor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1976).
  • 1952 — Neʼmatov Ilhomjon — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • 1956 — Abduqahhor Toʻxtayev — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Qurilish vaziri, Jizzax, Toshkent shaharlarida va Shayxontohur, Olmazor tumanlarida hokim lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan Shayxontohur tumani hokimi.
  • 1957 — Laylo Axmerova — chim ustida xokkeychi, xalqaro klassdagi sport ustasi, olimpiya oʻyinlari sovrivdori. 
  • 1958 — Patrice Guillaume Athanase Talon — Beninlik tadbirkor va siyosatchi, 2016-yildan mamlakat Prezidenti.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1967 — Iqbol Mirzo — O‘zbekiston xalq shoiri.
  • 1968 — Oliver Birxoff — nemis futbolchisi, Yevropa chempioni.
  • 1971 — Amira Kazar — fransuz teatr va kino aktrisasi.
  • 1974 — Dilshod Yorbekov — o‘zbek bokschisi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori.
  • 1983 — Alen Bernard — fransuz suzuvchisi, ikki karra Olimpiya chempioni.
  • 1987 — Leonardo Bonuchchi — italiyalik futbolchi, Yevropa chempioni (2020)
  • 1992 — Madlen Bryuer — amerikalik aktrisa.