28 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon ochlikka qarshi kurash kuni.
? Ayollar salomatligi uchun xalqaro harakat kuni.
? Mayonezning tug‘ilgan kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Filippin — Davlat bayrog’i kuni.
?? AQSh — Koʻk turnalar kuni.
?? Ukraina — Jamoat politsiyasi xodimlari kuni.
?? Xorvatiya — Qurolli kuchlar kuni.
?? Belarus, ?? Qirg‘iziston, ??  Rossiya — Chegarachilar kuni.
?? Armaniston — Birinchi respublika kuni.
?? Nepal — Respublika kuni.
?? Efiopiya — Harbiy rejim qulagan kun.
?? Ozarbayjon — Respublika kuni.
?? Pokiston — Takbir kuni.

? VOQEALAR:

  • 1644 — Angliyadagi fuqarolar urushi paytida, 7-Derbi grafi Jeyms Stenli qo’mondonligi ostida qirol tarafdorlari Boltonni egallashdi, «Bolton qirg’ini» sodir bo‘ldi.
  • 1664 — Bostonda birinchi baptistlar jamiyati tashkil topdi.
  • 1742 — Londonda birinchi yopiq suzish havzasi (basseyn) qurildi.
  • 1756 — Fransiyada mayonez yaratildi.
  • 1812 — Rossiya-Turkiya o‘rtasida Buxarest sulhi izolandi. Dunay bo‘yi va Bessarabiya Rossiyaga o‘tdi.
  • 1830 — AQSh prezidenti Endryu Jekson hindularni ko‘chirish haqidagi Qonunga qo‘l qo‘ydi.
  • 1858 — Rus-xitoy Aygun shartnomasi imzolandi.
  • 1863 — Amerikada faqat qora tanli askarlardan iborat birinchi polk Bostonda tashkil etildi.
  • 1871 — Parij kommunasining tugatilishi.
  • 1900 — Oranj respublikasining Britaniya imperiyasiga qo‘shib olinishi.
  • 1900 — Moskvada bepul o‘quv kutubxonasi ochildi.
  • 1902 — Argentina va Chili May paktini imzolashdi.
  • 1905 — Susima jangida rus flotining yakson qilinishi.
  • 1918 — Armaniston mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1918 — Ozarbayjon mustaqilligining e’lon qilinishi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil topishi.
  • 1918 — Lenin chegara qo‘riqlash xizmatini tuzish haqidagi dekretga imzo chekdi.
  • 1921 — RKP (b) X konferensiyasi «Yangi iqtisodiy siyosat» (NEP) kursini qabul qildi.
  • 1928 — «Chrysler» va «Dodge» avtomobil konsernlarining birlashishi.
  • 1952 — Gretsiyada ayollarga saylash huquqi berildi.
  • 1956 — Fransiya Hindistondagi sobiq fransuz mustamlakalarini Hindiston Ittifoqiga berdi.
  • 1957 — AQSh da gramofonga yozish Milliy akademiyasi tuzildi, mashhur “Gremm” mukofotini topshiradi.
  • 1961 — Londonda Xalqaro amnistiya tashkiloti tuzildi.
  • 1961 — «Orient Express» poezdining Parijdan Buxarestga so’nggi qatnovi; u 78 yil davomida harakat qildi.
  • 1964 — Falastinni ozod qilish Tashkiloti tuzildi.
  • 1976 — Moskvada Sovet Ittifoqi va AQSh o’rtasida tinch maqsadlarda yer osti yadroviy portlashlarini o‘tkazish to’g’risidagi bitim imzolandi.
  • 1987 — Mattias Rustning sport samolyoti Moskvadagi Qizil maydonga qo‘ndi.
  • 1993 — Monako va Eritriya BMT ga a’zo bo‘lishdi.
  • 1997 — Kiyevda Rossiya va Ukraina Qora dengiz flotini bo’lib olish bo’yicha hujjatlar to’plamini imzoladilar.
  • 1998 — Pokiston Belujiston viloyatida har biri 18 kiloton quvvatga ega bo’lgan 5 ta yadroviy zaryadni sinovdan o’tkazdi.
  • 2010 — G’arbiy Bengaliyada poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 148 kishi halok bo’ldi va 200 dan ortiq kishi jarohat oldi.
  • 2011 — Maltada referendum natijasida nikohdan ajralishga ruxsat berildi.
  • 2022 — UEFA Chempionlar Ligasi finali: «Real Madrid» «Liverpul»ni 1:0 hisobida mag’lub etib, tarixda 14-marta kubokni qo’lga kiritdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1524 — Salim II (1574) — Usmonlilar imperiyasining oʻn birinchi podshohi, Sulton Sulaymon I va Hurram Sultonning toʻrtinchi farzandi.
  • 1660 — Georg I (1727) — Buyuk Britaniya qiroli (1714-yildan), Ganoverlar sulolasining Britaniya taxtidagi birinchi vakili.
  • 1738 — Jozef Giloten (1814) — fransuz vrachi va siyosatchisi, gilotina uning nomiga qo‘yilgan.
  • 1740 — Fedot Shubin (1805) — rus haykaltaroshi, klassisizm vakili.
  • 1765 — Jan Batist Karte (1841) — taniqli fransuz virtuoz skripka ustasi, kompozitor.
  • 1779 — Tomas Mur (1852) — Ingliz romantik shoiri.
  • 1795 — Lambert Xitkok (1852) — amerikalik tadbirkor, dunyodagi birinchi mebel fabrikasining asoschisi.
  • 1807 — Jan Lui Rodolf Agassis (1873) — amerikalik tabiatshunos, muzlik davri konseptsiyasi muallifi.
  • 1838 — Nikolay Naumov (1901) — rus yozuvchisi.
  • 1853 — Karl Olof Larson (1919) — shved rassomi.
  • 1889 — Rixard Reti (1929) — chexiyalik shaxmatchi, grossmeyster.
  • 1908 — Yan Lankaster Fleming (1964) — ingliz yozuvchisi, Jeyms Bond haqidagi romanlar muallifi.
  • 1912 — Patrik Uayt (1990) — avstraliyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi.
  • 1925 — Ditrix Fisher-Diskau (2012) — nemis opera xonandasi (bariton).
  • 1931 — Kerroll Beyker — amerikalik aktrisa va 1960-yillarda machhur bo‘lgan.
  • 1941 — Abduxakim Turg’unov — Sport jurnalisti, sharhlovchi, Oʻzbekiston SSRda birinchi xizmat koʻrsatgan jurnalist.
  • 1942 — Stenli Ben Pruziner — amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi.
  • 1944 — Jan-Pyer Leo — fransuz kino aktyori.
  • 1944 — Sondra Lokk — amerikalik aktrisa, qo’shiqchi va rejissyor.
  • 1962 — Andrey Panin (2013) — teatr va kino aktyori.
  • 1964 — Jef Fenek — avstraliyalik bokschi, uch vazn toifasida jahon chempioni.
  • 1968 — Kayli Minoug — avstraliyalik estrada xonandasi.
  • 1971 — Yekaterina Gordeyeva — sovet va rus figurali uchish ustazi, 2 karra olimpiada, 3 karra Yevropa chempioni.
  • 1976 — Aleksey Nemov — rossiyalik gimnastika ustasi, 4 karra olimpiada chempioni.
  • 1985 — Keri Malligan — ingliz teatr va kino aktrisasi.
  • 1987 — Jessica Rot — amerikalik aktrisa.
  • 1994 — Mohira Abdullayeva — oʻzbektonlik bokschi, 81 kg dan ortiq vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
  • 1999 – Kemeron Boys (2019) — amerikalik aktyor va raqqos.
  • 2001 — Izabela Vidovich — amerikalik teatr, kino va televideniye aktrisasi, ssenariynavis va kino prodyuseri.
  • 2003 — Nargiza Jumaniyozova — oʻzbek badiiy gimnastikachisi, milliy terma jamoa aʼzosi.