? BAYRAMLAR:
?? BMT — Xalqaro okeanlar kuni.
? Butunjahon miya shishi kuni.
? Chang yutgichning tug’ilgan kuni
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Sloveniya ‐ Primož Trubar kuni.
?? Peru — Muhandislar kuni.
?? Rossiya — Ijtimoiy soha xodimlari kuni.
?? Norfolk oroli — “Bounty” kuni.
?? AQSh — Inoq do‘stlar kuni.
?? Fransiya — Hindixitoyda Fransiya uchun qurbon bo‘lganlarni xotirlash kuni.?? Rossiya,Kareliya — Respublika kuni.
? VOQEALAR:
- 218 — Imperator Makrinus qo’shinlari va taxtga da’vogar, o’n to’rt yoshli Geliogabal tarafdorlari o’rtasida Antioxiya jangi.
- 1509 — Florensiya Respublikasi qo’shinlari tomonidan qamal qilingan Piza taslim bo’ldi. Piza Respublikasi o’z faoliyatini to’xtatdi.
- 1701 — Pyotr I davlat ijtimoiy himoya tizimimiga asos solgan Farmonni e’lon qildi.
- 1758 — Yetti yillik urush paytida Shimoliy Amerika teatrida inglizlar Luiburgni qamal qilishni boshladilar.
- 1783 — Islandiyadagi Laki vulqoni otilishi natijasida mamlakat aholisining beshdan bir qismi halok boʻldi.
- 1786 — Nyu-Yorkda ilk bor muzqaymoq sotuvga chiqdi.
- 1824 — Kvebekda Noa Kashing kir yuvish mashinasiga patent oldi.
-1861 — Tennessi shatatidagi referendumda aholining uchdan ikki qismi AQSH tarkibidan chiqishni yoqlab ovoz berdi. - 1869 — Chikagolik Ayvz Makgaffi changyutgichni patentladi.
- 1912 — Los-Anjelesda “Universal” kinostudiyasi tashkil etildi.
- 1940 — Neptuniy kashf qilindi.
- 1946 — Xalqaro jurnalistlar tashkiloti tuzildi.
- 1949 — Jorj Oruellning „1984“ romani nashrdan chiqdi.
- 1960 — Lev Trotskiyning qotili Ramon Merkaderga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi.
- 1964 — Islandiya YUNESKO ga a’zo bo‘ldi.
- 1965 — Amerikaning “Frito-Lay” va “Pepsi-Cola” kompaniyalari birlashib, “PepsiCo” tashkil topdi.
- 1978 — Soljenitsin Garvard bitiruvchilari assambleyasi oldida (20 000 kishi) «Bo’lingan dunyo» nutqi bilan chiqish qildi, nutq AQSh televideniesi tomonidan namoyish etildi.
- 1990 — Rossiya parlamenti Rossiya qonunlarining SSSR qonunchiligidan ustunligi uchun ovoz berdi.
- 2004 — Veneraning Quyosh diskidan o’tishi.
- 2011 — Belarusda «Ijtimoiy tarmoqlar orqali inqilob» deb nomlangan norozilik namoyishlari boshlandi.
- 2017 — Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey navbatdan tashqari saylovlar yakuni boʻyicha parlamentga qayta saylandi.
- 2020 — 2020-yilgi AQShdagi noroziliklari paytida Sietlda Kapitoliy tepaligi avtonom zonasi tashkil etildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1683 — Pyer Man’oli (1715) — fransuz botanigi, o‘simliklarni tizimlashtirishning asoschilaridan biri.
- 1810 — Robert Aleksander Shuman (1856) — nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan.
- 1832 — Aleksandr Aksakov (1903) — rus publisisti, tarjimon, noshir.
- 1903 — Margaret Yursenar (1987) — fransuz adibasi, Fransiya akademiyasiga saylangan birinchi ayol.
- 1916 — Frensis Krik (2004) — britaniyalik molekulyar biolog, biofizik va neyrobiolog, Nobel mukofoti sohibi (1962).
- 1920 — Ivan Kojedub (1991) — sovet qiruvchi uchuvchisi, uch marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
- 1926 — Oleg Koshevoy (1943) — Krasnodardagi “Yosh gvardiya” yashirin komsomol tashkilotining rahbari (1942-1943), Sovet Ittifoqi qahramoni.
- 1939 — Norman Devis — britaniyalik tarixchi.
- 1945 — Nikolas «Nicky» F. Oppenheimer — Afrikalik milliarder, olmos, oltin qazib olish ishlari bilan faoliyat yurituvchi yirik konchilik firmalarining aksiyadori.
- 1947 — Erik Vishaus — amerikalik biolog, Nobel mukofoti sohibi (1995).
- 1955 — Xose Antonio Kamacho — ispan futbolchisi va treneri, Yevropa chempionati kumush medali sohibi (1954).
- 1955 — Ser Timothy John «Tim» Berners-Lee — Ingliz kompyuter olimi, internetning ixtirochisi hisoblanadi.
- 1981 — Eshli Bleyzer Bayden — amerikalik ijtimoiy xodim va moda dizayneri.
- 1988 — Loren Gottlib — amerikalik raqqosa va aktrisa.
- 1984 — Xaver Maskerano — argentinalik futbolchi, ikki karra olimpiada chempioni.
- 1997 — Yelena Ostapenko — latviyalik tennischi, “Katta dubulg‘a” turnirining eng yosh g‘olibasi.
- 2004 — Francheska Kapaldi — amerikalik yosh aktrisa.