15 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Butunjahon keksalarni suiiste’mol qilish haqida xabardorlik kuni.
? Xalqaro shamol kuni.
? Xalqaro sayr kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Hindiston, Mizoram ‐ Yosh Mizo uyushmasi kuni.
?? Daniya ‐ Valdemar kuni va uchrashuv kuni.
?? Armaniston — Bayroq kuni.
?? AQSh ‐ Milliy Megalodon kuni.
?? Kosta-Rika ‐ Daraxt ekish kuni.
?? Qirg‘iziston — Yong’in xavfsizligi xodimlari kuni.
?? Ozarbayjon — Milliy najot kuni.
?? Angliya — Buyuk erkinlik xartiyasi kuni.
?? Daniya — Bayroq kuni.
?? Italiya — Muhandislar kuni.
?? Rossiya — Yosh tabiatshunoslar kuni.

? VOQEALAR:

  • 313 — Vizantiya imperatori Konstantin e’tiqod erkinligini e’lon qildi.
  • 1215 — Buyuk erkinlik xartiyasi imzolandi.
  • 1389 — Kosovo maydonidagi jang.
  • 1502 — Xristofor Kolumb Martinika orolini ochdi.
  • 1616 — Kanadada hindular uchun birinchi maktab ochildi.
  • 1667 — Jan-Batist Deni 15 yashar bolaga muvaffaqiyatli  qon qo‘ydi.
  • 1752 — Benjamin Franklin varrak uchirish sinovi orqali chaqmoqning elektrik tabiatini isbot qildi.
  • 1830 — Sevastopolda “Vabo isyoni”.
  • 1869 — Jon Xayat selluloidni patentlashtirdi.
  • 1907 — Gaaga konferensiyasi ish boshladi.
  • 1918 — Turkiston Xalq konservatoriyasi ochildi.
  • 1920 — Estoniya Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1932 — Boliviya va Paragvay o‘rtasuda urush boshlandi.
  • 1950 — G‘arbiy Germaniya Yevropa Kengashiga qabul qilindi.
  • 1954 — UEFA tashkil topdi.
  • 1970 — AQSHda Charls Manson ustidan sud boshlandi.
  • 1985 — Rembrandtning  „Danaya“ kartinasi sulfat kislotasi bilan yuvib yuborildi.
  • 1993 — Haydar Aliyev Ozarbayjon Oliy majlisi raisi etib saylandi.  
  • 2001 — Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat rahbarlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish toʻgrisidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar.
  • 2002 — “2002 MN” deb nomlangan asteroid, yerga 121.000 kilometr masofadan uchib o’tdi. Bu masofa yer bilan oy o’rtasidagi masofaning uchdan bir bo’lagi hisoblanadi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1479 — Liza Gerardini (1542) — florensiyalik ayol, da Vinchinig “Mono Liza” sida tasvirlangan deb taxmin qilinadi.
  • 1594 — Nikolas Pussin (1665) — fransuz rassomi, san’atshunos.
  • 1843 — Edvard Grig (1907) — norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi. 
  • 1881 — Pol Kornyu (1944) — fransuz mexanigi va aviatori, vertolyot yasashni boshlab bergan, havoga vertolyotda ko‘tarilgan birinchi odam (1907).
  • 1896 — Ivan Lixachyov (1956) — sovet davlat arbobi, SSSR da avtomobil sanoatining asoschilaridan biri.
  • 1909 — Ubay Orifov —
    O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari
    doktori.
  • 1914 — Yuriy Andropov (1984) — sovet davlat va partiya arbobi, KPSS MQ Bosh kotibi(1982-1984).
  • 1915 — Tomas Xekl Ueller (2008) — amerikalik virusolog, akademik, Nobel mukofoti sohibi (1954).
  • 1916 — Gerbert Aleksandr Simon (2001) — amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1978).
  • 1921 — Robert Bryus Merrifeld (2006) — amerikalik biokimyogar Nobel mukofoti sohibi (1984).
  • 1923 — Hamid Ziyoyev (2015) — tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989).
  • 1924 — Ezer Veysman (2005) — isroil harbiy va davlar arbobi, Isroil prezidenti (1993-2000).
  • 1941 — Vyacheslav Koloskov — SSSR Futbol federatsiyasi raisi (1990-1991), RFF prezidenti (1992-2005).
  • 1953 — Si Szinpin — Xitoy kommunistik partiyasi Bosh kotibi (2012-yil), kommunistik partiya markaziy kengashi bosh kotibi, harbiy kengash raisi. 
  • 1957 — Do’stmurodov Beknazar — O’zbekiston xalq hofizi (2001).
  • 1966 — Raymonds Veyonis — Latviya Prezidenti (2015-2019).
  • 1969 — Oliver Kan — nemis futbol darvozaboni, uch karra jahon va Yevropaning eng yaxshi davozaboni.
  • 1973 — Nil Patrik Harris — amerikalik aktyor, qoʻshiqchi va koʻzboylogʻich.
  • 1992 — Saloh — misrlik futbolchi, “Liverpul” klubining va Misr termasining hujumchisi.
  • 1999 — Nigina Faxriddinova — oʻzbek modeli. 2019 va 2022-yillardagi „Oʻzbekiston goʻzali“.
  • 2004 — Sterling Jerins — amerikalik yosh aktrisa.