16 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Choʻqqilarni zabt etish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Qozog’iston — Mustaqillik kuni.
?? Tailand — Sport kuni.
?? Eron — Tadqiqotlar kuni.
?? Ozarbayjon — Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kuni.
?? Bangladesh — G‘alaba kuni.
?? JAR — Yarashuv kuni.
?? Bahrayn — Milliy kun.

? VOQEALAR:

  • 1237 — Botuxon Ryazanni qamal qilishni boshladi.
  • 1431 — Angliya qiroli Genrix VI Parijda Fransiya qiroli taxtiga o‘tirdi.
  • 1598 — Imjin urushida Li Sunsin yapon flotini yakson qildi.
  • 1631 — Vezuviy vulqoni otilishi.
  • 1641 — Jiulio Mazarini Papa Urban VIII dan kardinal unvonini oldi.
  • 1773 — «Boston choyxo‘rligi» nomi bilan tarixga kirgan Amerika mustamlakachilarining norozilik namoyishi.
  • 1809 — Napoleon I Senatni Jozeffina Bogarnedan ajrashishi uchun ruxsat berishga majbur qildi.
  • 1838 — Burlarning Nkome daryosi bo‘yida zuluslar bilan jangi (Qonli jang).
  • 1880 — Birinchi Ingliz-Bur urushining boshlanishi.
  • 1899 — «Milan» futbol klubi tashkil etildi.
  • 1931 — «Romen» lo’li teatr — studiyasi professional teatr maqomini oldi.
  • 1946 — Kristian Dior Parijda modalar uyini ochdi.
  • 1948 — Kambodja mustaqilligi e’lon qilindi.
  • 1986 — Almatida yoshlar namoyishlari.
  • 1991 — Turkiya Republikasi jahon mamlaklari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
  • 1991 — Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1992 — O’zbekiston Respublikasi Xalqaro Futbol Federatsiyasiga (FIFA) a’zo bo’ldi.
  • 2002 — Ashxabadda O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirildi.
  • 2008 — Jenevadaghi BMT bo‘limi binosida joylashgan Millatlar Saroyida poytaxtimiz Toshkent shahrining 2200 yilliga bag‘ishlangan “Toshkent: bugun va ertaga” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
  • 2011 — Janaozen (Qozog‘iston) shahridagi tartibsizliklar.
  • 2014 — Peshovar shahrida sodir etilgan terakt natijasida 145 kishi halok bo’ldi, ularning aksariyati 10 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan maktab o’quvchilari edi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1770 — Lyudvig Van Betxoven (1827) — nemis bastakori, pianinochi, dirijyor.
  • 1775 — Jeyn Osten (1817) — ingliz yozuvchisi.
  • 1866 — Vasiliy Kandinskiy (1944) — rus rassomi, mavhum san’atning asoschilaridan biri.
  • 1882 — Koday Zoltan (1967) — Venger kompozitori, pedagog, zamonaviy venger kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
  • 1883 — Maks Linder (1925) — fransuz komediyachisi, ssenariynavis va ovozsiz filmlar rejissyori.
  • 1897 — Galina Benislavskaya — Sovet jurnalisti, Sergey Yeseninning do’sti va adabiy kotibi.
  • 1928 — Erkli Malikboyeva — aktrisa, O`zbekiston xalq artisti.
  • 1932 — Rodion Shchedrin — sovet va rus bastakori, pianinochi, o’qituvchi, SSSR xalq artisti.
  • 1935 — Svetlana Drujinina — sovet va rus aktrisasi, rejissyor, ssenariynavis, Rossiya xalq artisti.
  • 1946 — Benni Andersson — shved bastakori, musiqachi, prodyuser, ABBA guruhining a’zosi.
  • 1948 — Yuriy Nikolaev — sovet va rus teleboshlovchisi, aktyor, Rossiya xalq artisti.
  • 1956 — Abdujabbor Abduvohidov — oʻzbek davlat arbobi, olim va diplomat, tarix fanlari nomzodi.
  • 1964 — Salim Ashur — shoir.
  • 1988 — Mats Xummels — nemis futbolchisi.
  • 1997 — Zara Mariya Larsson — shved qoʻshiqchisi.