5 avgust kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro svetofor kuni.
? Ufqni kuzatish kuni.
? Xalqaro blyuz musiqasi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Blogerlar kuni.
?? Belarus — Moliyaviy tergov xodimlari kuni.
?? Burkino-Faso — Mustaqillik kuni.
?? Eron — Islomiy inson huquqlari kuni.
?? Kolumbiya — Bogota festivali kuni.
?? Latviya — Temir yo’lchilar kuni.
?? Xorvatiya — G‘alaba va vatanga minnatdorchilik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1583 — Gilbert Humfrey Shimoliy Amerikadagi birinchi ingliz koloniyasiga asos soldi.
    -1772 — Rossiya, Prussiya va Avstriya oʻrtasida Rech Pospalita birinchi marta boʻlib olindi.
  • 1775 — Ayala Oltin darvoza boʻgʻozidan oʻtib Angel oroliga tushdi.
  • 1789 — Fransiyada krepostnoylik huquqi bekor qilindi.
  • 1861 — AQSh armiyasida jismoniy jazo bekor qilindi.
  • 1864 — Jovanni Donati birinchi marta kometa spektrini kuzatdi.
  • 1884 — shu kuni Nyu-York shahrida «Ozodlik haykali» qurilishi boshlandi.
    -1884 — Britaniya Madakaskar orollari Fransiya mulki ekanligiga rozi boʻldi.
  • 1891 — «American Express» cheklari muomalaga kirdi.
  • 1914 — Klivlend (AQSh) da dunyodagi birinchi elektr svetofor o’rnatildi.
    -1924 — Turkiyada koʻpxotinlik tugatildi.
  • 1940 — Latviya SSSRga qabul qilindi.
  • 1953 — birinchi RDS-6s vodorod bombasi Semipalatinsk poligonida portlatildi.
  • 1963 — Moskvada SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya vakillari atmosferada, kosmosda va suv ostida yadroviy qurol sinovlarini ta’qiqlash to’g’risidagi bitimni imzoladilar.
  • 1964 — Vetnam urushi: AQSh samolyotlari birinchi marta Shimoliy Vetnamni bombardimon qildi.
  • 1967 — Pink Floydning birinchi albomi chiqdi.
  • 1994 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi.
  • 2010 — Chilidagi San-Xose shaxtasidagi avariya natijasida 33 shaxtiyor yer ostida 1 oy qolib ketdi.
  • 2016 — Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o’yinlari boshlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1763 — Yakov Kulnev (1812) — rus qo’mondoni, gusar, general-mayor, 1812-yilgi Vatan urushi qahramoni.
  • 1802 — Nyel Xenrik Abel (1829) — norveg matematigi, elliptik funktsiyalar nazariyasini yaratuvchisi.
  • 1844 — Ilya Repin (1930) — Rus rassomi.
  • 1850 — Gi de Mopassan (1893) — fransuz yozuvchisi.
  • 1905 — Vasiliy Leontyev (1999) — amerikalik olim va iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1973).
  • 1921 — Joʻra Abdurasulov (1990) — rentgenolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964).
  • 1930 — Nil Armstrong (2012) — amerikalik astronavt, birinchi marta oyga qadam qo‘ygan odam.
  • 1941 — Oʻtkir Hoshimov (2013) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi.
  • 1943 — Abdulla Sher (Sherov Abdulla) — shoir va tarjimon.
     — 1962 — Vadim Abramov — sovet va arman futbolchisi, murabbiy.
  • 1974 — Valeriy Kechinov — Oʻzbekistonlik va Rossiyalik sobiq xalqaro professional futbolchi.
  • 1988 — Federika Pellegrini, italiyalik suzuvchi, Olimpiya chempioni (2008), ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 1996 — Azize Erdogan — turk ayollar futboli hujumkor yarim himoyachisi.
  • 1997 — Olivia Holt — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.