6-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

501. J. Rodari fikriga ko‘ra «U»ni yaratish uchun:
1-Diqqat
2-Tasavvur
3-Metafora bo‘lishi kerak.
«U»ni bitta so‘z bilan aniq ayting?

Javob: Topishmoq

502. Britaniyaning bir kompaniyasi noaniq tuz yaratdi. Qadoqlangan bankalar ustida quyidagi yozuvlar bor: «Bu tuz «uni» kesish jarayonida paydo bo‘lgan».
Savol: Nimani?

Javob: Piyoz
Izoh: Kompaniya yaratgan tuz ko‘z yoshidan paydo bo‘lgan.

503. Vakayama Bokusi tankasi
Oqshom hasrati!
Qirmiz ko‘mirlarga sochgin ozgina Uni,
Hushbo‘y ko‘katlarning hidiga
To‘lib ketar o‘shanda xonang.

Savol: Ushbu tankadagi qaysi so‘z «uni» so‘zi bilan almashtirildi?
Javob: Sake

504. 1967 yil kuzida Yevropa mamlakatlarining birida targ‘ibot aksiyasi davomida noodatiy qo‘lqoplar sotilgan. Har bir juftdagi perchatkaning biri qizil, ikkinchisi yashil rangda bo‘lgan. Bu aksiya qanday voqea bilan bog‘liq ravishda o‘tkazilganini toping?
Javob: O‘ng tomonlama harakatlanishga o‘tish.
Izoh: 1967- yil 3- sentyabrda Shvesiya o‘ng tomonlama harakatga o‘tdi. Bo‘lajak o‘zgarish to‘g‘risida eslatib turish uchun hukumat kampaniyasi aksiya o‘tkazgan. O‘xshash perchatkalardan foydalanilishi, g‘oya mualliflarining fikricha, yo‘lning qaysi tarafida yurish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida eslatib turishi lozim edi.

505. Buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniy «Turar joylar orasidagi oraliqni belgilash uchun joylarning chegaralarini aniqlash» nomli kitob yozgan. Bu nom uzun bo‘lgani uchun keyinchalik kitob nomi o‘zgartirilgan.
Savol: Bitta so‘z bilan ataluvchi usha kitob nomini toping?

Javob: Geodeziya

506. Xira yorishmoqda tong,
Iliq ko‘l suvlarin bug‘latib.
Va ULAR navbatma-navbat,
Suzib kelar,
Ko‘l ustin qoplab.
Diqqat savol: Ushbu tankadagi ULAR so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirildi?

Javob: Tumanlar

507. Odessalik bir kishi o‘zini kasbini reklama qilish uchun yarim hazil tariqasida gazetaga shunday reklama berdi.
«Ukrainani 50 % aholisi ko‘zoynak taqadi. Demak X siz yashash qiyin ekan. Qabul vaqti 10 dan 16 gacha.»
Savol: Xohlasangiz X ni toping, xohlasangiz kasbni aniq qilib ayting?

Javob: X — bu quloq.
Ko‘zoynak taqish uchun quloq zarur !)
Kasb esa otolaringolog ( lor, uxo, gorlo, nos.)

508. O‘ttizinchi xalq oraliq Moskva kinofestivali tashkilotchilari odob-ahloq normalariga tayanib festival logotipidagi odatdagi «ULAR»dan voz kechib o‘rniga arabchasidan foydalanishgan.
Savol: ULAR deganda nima nazarda tutilayotganini ikki so‘z bilan yozib bering?

Javob: Rim sifrlari.
XXX deb yozish noqulay bo‘lgani uchun 30-kinofestival deb o‘zgartirishga majbur bo‘lishgan.

509. Vetnam urushida qatnashgan Dante o‘z vataniga ya’ni AQSHga qaytganidan so‘ng «Vetnam daxshati» nomli kitob yozadi. Kitobda shunday jumlalar mavjud: «BU ISHNI qilish askarlar o‘rtasida «Vatan xoinligi» deb atalar edi. Lekin BU ISH askarlarning o‘z jonlarini saqlab qolishlari uchun oxirgi chora edi.»
Savol: Dante BU ISH deganda nimani nazarda tutayotganini toping?

Javob: Raqib qurolidan foydalanish.
O‘sha paytda Vetnamliklar ruslarning avtomat kalashnikovidan foydalanishgan ekan.

510. REBUS
1.Yuqori darajadagi milliy domen.
2.Piramidalarning biridan bitta harf olib tashlang.
3.Itda U NARSA yo‘q ekan.
4.Noma’lum.
1+2+3+4= Biz uning avlodlari bilan «do‘st»miz.

Javob: Arxeopteriks! Ar+xeop+ter+iks

511. O‘rta asrlarda yashagan savdogar Ibn Batuta nimaga quyidagicha ta’rif bergan: «U dastlab sizni tildan qoldiradi, keyinchalik esa sizni hikoyachiga aylantiradi»?
Javob: Sayohat!
Dastlab o‘zga davlatlarga borib, tildan qolasiz, ammo sayohatdan yurtingizga qaytib kelgach, hikoyachiga aylanasiz qolasiz.

512. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Xitoyda ULAR butun Yevropa aholisidan 3 barobar, shimoliy va janubiy Amerika aholisidan ikki barobar ko‘p ekan.
Savol: ULAR-?

Javob: Ishchilar soni

513. Atoqli o‘zbek adibi Maqsud Shayxzoda «U»ni sevardi. Aniqrog‘i «U» bilan «et va tirnoq»edi. Shuning uchun ham institutda rektorni mahsus buyrug‘iga ko‘ra dars paytida ham u bilan «muloqot» qilishga ruhsat berilgan ekan. Ma’lumot o‘rnida yana shuni aytishim mumkinki «U» Pikassoning haloskori hamdir. «U»ni bitta so‘z bilan aytib bering?
Javob: Sigaret

514. U shunday chiziqki dastlab undan o‘tish sizu bizga ta’qiqlangan edi. Keyinchalik bir- ikki qadam sakrab o‘tadigan ham bo‘ldik.Bizga tanish yozuvchilardan biri uning orqasida 40 yil ijod qilib mashhur asar yarata oldi.
Hurmatli bilimdonlar menga asar nomini aytib bering.

Javob: «Daftar hoshiyasidagi bitiklar.»
Yozuvchi asarni 40 yillik kuzatuvlari va tajribalari asosida yozgan ekan.

515. Kunlardan bir kuni Xiva xoni Muhammad Raximhon Feruz ot minib qal’ani aylanib yurgan ekan. Temirchi ustaning ishlab o‘tirganiga ko‘zi tushibdi. Salom alikdan so‘ng xon ustaga so‘z qotibdi:
-Taqsir, qishning qahraton sovug‘ida ishlab nima zarur sizga? Uyda o‘tirsangiz bo‘lmaydimi?
-Sababi tirikchilik, bola chaqa boqish kerak deb javob beribdi usta.
-Qish g‘amini yozda yeb qo‘ymabsizda debdi xon.
-Ey xazratim to‘qqizga uchni qo‘shsam o‘n ikki bo‘ladi-yu, lekin 32 ga yetkazolmay xunobman debdi unga javoban usta.
Xurmatli bilimdonlar temirchining javobini aniq kilib izohlab bering.

Javob: To‘qqiz degani bahor, yoz, kuz oylari.
Uch esa qish oylari, ularni qo‘shsa 12 oy ya’ni bir yil kelib chiqadi. 32 degani inson tishlari.

516. Bu meva haqida Ibn Sinoning ajoyib fikrlari bor. Qo’qon xonligi davrida yashagan mashxur bir otinoyida ham bu meva haqida ajoyib jumboqlar mavjud. U mevani ko’proq qizlarimizga majoziy ma’noda o’xshatamiz.DIQQAT SAVOL:Gap qaysi meva haqida ketmoqda?
Javob: Anor

517. Bu mashhur asar qahramoni o’z o’g’lining qotiliga aylanadi.Ammo shunga qaramay u ijobiy qahramon ya’ni,xalqparvar sifatida tilga olinadi.Asarda hikoya qilinishicha uning onasi homilani g’oyat og’ir ko’taradi.Oy kuni yaqinlashganda dard boshlanishi bn hushidan ketadi.Asfonaviy qush yordamida jarroh topiladi va u onaning qornini kesib bolani oladi.Xushiga kelgan ona yonida g’oyat bo’ylik bolani ko’rib, xursand holda X deydi.Forsiyda bu so’z «azobu darddan xalos bo’ldim,»degan ma’noni anglatadi.Onaning og’zidan chiqqan birinchi shu so’z o’g’liga ism qilib qo’yiladi.
Bu mashhur qahramon kimligini va o’g’lining ismini toping?

Javob: Rustam Siyovush

518. «Yurtimizga bir rumlik kelib qoldi. Men unga har xil donlar, urug‘lar, mevalar va boshqa narsalarni keltirib, uning tilida (ya’ni yunon tilida) bu
narsalar qanday atalishini so’rab yozib olardim»…
Darhaqiqat
U yoshligidan ilmga berilgan, fanning har bir sohasini chuqur egallashga kirishgan. Natijada 16 yasharlik chog‘idayoq o‘sha shaharning o‘zida astronomik kuzatuv ishlari olib borgan. Qizig‘i shundaki, kuzatishlar uchun kerak bo‘lgan asboblarni o‘zi yasagan.
Gap kim haqida ketayotganini anglagan bo‘lsangiz Uning uzi yasagan va o‘sha davr uchun katta yangilik bo‘lgan kashfiyotini ayting.

Javob: Globus.
Yuqoridagi ma’lumotlar Abu Rayhon Beruniy haqida edi.

519. 2009-yildan boshlab Saudiya Arabistonida bir qoidaga biroz o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra BU ISHNI qilish uchun 3 ta bir xil sms yuborilsa bas.
Savol: Gap qanday holat haqida ketmoqda?

Javob: Taloq qilish

520. Tailandda u joyda fillar, AQSHda ayiqlar, Kanadada kiyiklar, Yaponiyada qisqichbaqalar, Malayziyada esa talonchi o‘g‘rilarni ko‘rishimiz mumkin. Diqqat savol: Qayerda?
Javob: Yo‘l belgilarida

521. Bir ijtimoiy plakatda shunday yozilgan: «O harfi bilan- kuch, I harfi bilan- qabr»
O‘sha plakatdagi ikkita so‘zdan xohlagan bittasini yozib bering?

Javob: Sport, spirt

522. Futbolchi Abu Diabi Fransiya chempionatida 35 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgach, Fransiyada har yili berib boriladigan an’anaviy «Shunday to‘p» sohibiga aylandi. Diqqat savol: «Shunday» so‘zi qaysi so‘z o‘rnida ishlatildi?
Javob: Gipsli
Izoh: Gipsli to‘p sovrini mavsum davomida jarohatlar tufayli eng ko‘p match o‘tkazib yuborgan o‘yinchiga beriladi.

523. Tohir Malikning «Iymonlashish umidi» kitobida shunday falsafiy fikrlar mavjud:
-Dunyoda uchta jumboq bor emish:
biri-o‘lim, ikkinchisi- osmon sirlari,
Uchinchisi esa yechmoqqa odamzotning tishi o‘tmaydigan, tishni sindiradigan U ekan.
Uni ikkita so‘z bilan aniq ayting?

Javob: Ayol muhabbati

524. Yumoristik savol:
«Bolalar agar birorta go‘zal qiz sizga chiroyli jilmayib tushgan suratini yuborsa xursand bo‘lmang. Chunki u … ….»
Jumlani yakunlang?

Javob: Chunki u sizgamas, suratkashga qarab jilmayapti ?

525. XVII asrda Gollandiyada «ondbeyt» deya nomlangan bu so‘zni tarjimasi tahminan «ertalabgi nonushta» yoki «yengil gazak» degani..
XVIII asrlardan boshlab biz uni fransuzcha so‘z bilan ataymiz. Savol: Bu qaysi so‘z?

Javob: Natyurmort

526. Uning birinchisini paydo bo‘lgan vaqti 1861- yil hisoblanadi va uni «shotlandkali lentacha» deb nomlashgan. Uni ikkita so‘z bilan yozib bering?
Javob: Rangli fotografiya

527. Opera xonandasi Mariya Kalasning yozishmalaridagi bu raqamlar nimani anglatadi?
Mona Liza — 92
Norma — 80
Alsesta -65
Yelezaveta — 64

Javob: Shu operalarni ijro etgan vaqtidagi o‘zining og‘irligini.

528. Fedor Razzakov o‘zining «Sovet televideniyasining qulashi» kitobida yozishicha ushbu boshlovchining paydo bo‘lishi ba’zi sovet mamlakatlarida noroziliklarni vujudga keltirgan. Bir teletomoshabin esa hattoki Moskvaga kelib bu nopokni o‘ldirib ketishga va’da qilgan. Xurmatli bilimdonlar boshlovchining ismini topishga harakat qilib ko‘ringchi?
Javob: Xryusha.
«Spokoychi nochi malshi» ko‘rsatuvidagi cho‘chqa ko‘rinishidagi o‘yinchoq boshlovchi.

529. Yaponlar uni «besh», «halqa», «katta», «yig‘ilish» kabi iyerogliflar yordamida ifodalashadi. Xo‘sh, biz uni qanday ataymiz?
Javob: Olimpiada

530. Bir rus rejissiyor o’z ishini diqqat va e’tibor bilan, ammo hissiz ravishda bajarayotgan barmenni ishini zimdan kuzata turib, sizu bizga tanish bo’lgan personajni yodga oladi. Savol: u barmenni kimga qiyoslagan?
Javob: Kay
Izoh: Kayning yuragi muz bo’ladi. U muz bo’laklarini taxlab o’tiradi. Barmen ham huddi shu ishni qilayotgan bo’ladi.

531. Birinchi marta ko’chaga chiqqan mushukning tassurotlari: Keng o’tloqni ko’rib «dunyo bunchalar katta» dedi. Sayrayotgan qushni ko’rib «dunyo bunchalar shovqin» dedi. Suvni ko’rib «dunyo bunchalar yumshoq» dedi. Bulutni ko’rib esa «dunyo bunchalar baland» dedi.
Savol: u nimani «dunyo bunchalar yengil» deya ta’riflagan?

Javob: Barg
U osmonni dunyo baland deb yotvolib tomosha qilayotganda barg uchib kelib burniga qo’nadi

532. XV asrda angliyalik oliy toifali zobitlar zahiraga chiqishganda ularga katta miqdorda yer va nafaqa puli berilgan. Bunday marhamatga 1-bo’lib irland zobiti Emptxill ismli harbiy ega bo’ladi. Uning familiyasi bugungi kunda barchamiz amerikacha deb biladigan bir aqidaning noto’g’riligiga isbot bo’lishi mumkin.
Savol: Uning familiyasi nima?

Javob: O’key

533. Kimdur X ni — fazo bilan tenglashtiradi. Kimdur — Bermud uchburchagi bilan. Yana kimdur, X ni «Google» deydi. Bir ayol X ni erkaklarning illyuziyasi qabri deb aytgan. X ni toping?
Javob. Ayollar sumkasi

534. Ma’lum bir toifa odamlar uchun turli xil buyumlar ishlab chiqaruvchi firma bir kichkina aparat dvigatel ishlab chiqardi. U mashinani oldingi bamperiga qo‘yiladi va motorni ovoziga sinxron bog‘lik holda ishlaydi. Motorga gaz berilganda u ham xuddi motor singari balandrok tovush chiqarib ovoz chikaradi. Ushbu apparatni kimlar uchun ishlab chiqarilishi anglagan bo‘lsangiz, uni nima maqsadda ishlatilishini topinglar?
Javob: Ko‘rlar mashina tovushini eshitishi uchun.
Izoh: Bu apparat elektromobil mashinalariga o‘rnatiladi. Elektromobil mashinalari esa bilasiz deyarli ovozsiz ishlaydi. Demak ko‘r odamlarni xavsizligini ta’minlash ya’ni xavfdan ogohlantirish.

535. Ba’zi chet davlatlarning avtomobil yo‘llaridagi plakatlarda shunday ogohlantirishlar mavjud: «Haydovchi, unutmangki X inson uchun yaratilmagan!»
X ni ikkita so‘z bilan ayting?

Javob: Ehtiyot qismlar

536. Boris Krutiyeraning aforizmini yakunlang:
«Har bir inson haqida roman yozish mumkin, lekin har bir inson haqida «uni» yozib bo‘lmaydi.» Bilimdonlar «Uni» bitta so‘zda aniq qilib ayting?

Javob: Aforizm

537. Ingliz faylasufi Frensis Bekon nimaga quyidagicha ta’rif bergan:
Ba’zilar mazasini ta’tib ko‘radi, ba’zilar butunlay yutib yuborishadi. Kamdan-kam insonlar esa o‘zlari yaratadi yoki o‘zlashtirishadi?

Javob: Kitob

538. Mutaxasislarning aniqlanishicha, o‘rta asrlarda Karl Buyuk nomidan imzolangan hujjatlar aholi tomonidan juda ko‘p marta qalbakilashtirilar ekan. Buning asosiy sababi tushunarli, Karl Buyuk katta mavqega ega bo‘lgan, uning imzosi bilan chiqadigan hujjatlar so‘zsiz bajarilgan.
Diqqat savol: Karl Buyukning qalbaki imzosi bilan juda ko‘p xujjatlar tayyorlanishiga ikkinchi sabab nima bo‘lgan?

Javob: Uning imzosi juda oddiy bo‘lgan, qalbakilashtirish oson

539. Faylasuflar U haqida shunday deyishadi: «U o‘tmishni yaratuvchi hattot, kelajakni yaqinlashtiruvchi sehrgardir»!
Diqqat savol: Uni bitta so‘z bilan aniq qilib ayting.

Javob: Vaqt

540. Sahro kemasi bo‘lgan tuyaning suvsizlikka chidamli ekanligini yaxshi bilamiz. Olimlarning aytishicha tuyalarning suvsizlikga chidashining ikkita sababi bor ekan. Birinchi sabab, bu ularning terisidagi junlari juda zich joylashganligi va bunda tanadagi suvlar bug‘lanib chiqmas ekan. Ho‘sh, sizningcha ikkinchi sabab qanday bo‘lishi mumkin?
Javob: Tuyalar yo‘l yurganda va ko‘pchilik hollarda doim og‘izlarini yopib yurishadi va bu chanqoq keltirmaydi.

541. Zamonaviy Xitoy rassomi Ay Vey Vey «dunyoda ikki marta nazar tashlashga arziydigan ko’p narsalar ro’y beradi» , deya ta’kidlagan.
Diqqat savol: Ay Vey Vey o’zining qaysi qiziqishi haqida shunday degan edi?

Javob: Fotografiya

542. Ikki yangi narsa bizni mubtalo qilar,
Biz esa oshkor va pinhon o’ynaymiz hamon.
Aslo dunyo va uning ne’matlariga suyanmagin,
Albatta maskan emas Vatani dunyo.
Sen o’zing uchun o’limdan avval bir ish qil
Seni aldab qo’ymasin do’stu birodar ko’pi.
Bu arab she’rining tarjimasidagi IKKI YANGI NARSA deyilganda nima nazarda tutilgan edi?

Javob: kun chiqishi va botishi

543. Har xil moddalarning organizmga tushishi ta’sirida organizmning noodatiy reaksiyasi bu-?
Javob: Allergiya

544. Xristofor Kolumb uni «Suv o‘tlari solingan idish» deb atagan. Xo‘sh nimani?
Javob: Sargossa dengizi

545. Koreyschada «Uch yulduz» deb ayting.
Javob: Samsung

546. Ohak, kul, tovuq go‘ngi va moy.
Bularning aralashmasi aynan shunday nomlanadi. Qanday?

Javob: Nos

547. Indira Gandi falsafasida shunday fikrlar mavjud: «U eng yomon o‘quvchilarga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchidir».
U-?

Javob: Tarix

548. Insonning bunday holatda chizilgan ilk surati – mashhur italyan rassomi Tommazo Barizino mo‘yqalamiga mansub «Provansaliyalik Gugo portreti»dir.? Qanday?
Javob: ko’zoynak taqqan

549. Matematikada uchburchakning burchaklari va tomonlari orasidagi munosabatni o‘rganuvchi bo‘limi bu-?
Javob. Trigonometriya

550. Xorazmdagi bu tumanning ma’nosi «mingta ot». Qaysi tuman?
Javob. Hazorasp

551. Tanga ishlab chiqaruvchilar uni sifatini tekshirish uchun X ga solib ko‘rishar ekan. Agar tangaga hech qanday shikast yetmasa u sifatli qorishmadan tayyorlangan deb hisoblanar ekan. Siz menga o‘sha sinovchi vositani yozib bering?
Javob: Oshqozon shirasi

552. Mamlakat qonunlariga ko‘ra Vashingtonda qurilayotgan binolar UNDAN baland bo‘lib ketmasligi kerak.U-?
Javob: Jorj Vashington haykali

553. Rimliklarning u haqida shunday falsafiy fikrlari bor: «Bu yerda o‘liklar yashaydi, tiriklar so‘zlaydi».U-?
Javob: kitob

554. «Shum bola» filmidagi Boy ota rolini aynan u ijro etgan. U-?
Javob:. Voxit Qodirov

555. Qaysi hayvon nomini o‘zbek tiliga tarjima qilsak «Bezangan», «Yasangan» degan ma’nolarni anglatadi?
Javob: Jirafa

556. Miloddan avvalgi IV asr asr oxiri III asr boshlarida Makedoniyalik hukmdor Iskandarning tan soqchisi asos solgan shaharni ayting?
Javob: Antaliya

557. «Og‘riq tishlar», «Tobutdan tovush», «Ayajonlarim» komediyalarini u adib yozgan?
Javob. Abdulla Qahhor

558. Nodar Dumbadze o‘z asarlaridan birida bir toifa odamlarni «Suv osti kemasi» deb atagan. Xo‘sh qanday toifa?
Javob: Suvda suzib bilmaydigan.

559. Fransuzchada hujayra deb ayting?
Javob: Syellyuloza

560. «Kleopatra» (1963) tarixiy dramasida bosh rolni ijro etgan Elizabet Teylor film davomida Uning 65 xilidan foydalangan?
Javob: Libos

561. Og‘irlikni ko‘tarish mashqlari qadim zamonlardan ma’lum. Rasmiy og‘ir atletika musobaqalari 1860-yilda aynan shu davlatda o‘tkazilgan?
Javob: AQSH

562. «Zafar va Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlarini yozgan hamyurtimiz kim?
Javob: Oybek

563. Tabiatshunoslar u haqida shunday deyishadi: Labida dori, dumida zahar olib yuradi. U nima?
Javob: Asalari

564. O‘z asarida tilga olingan mashhur «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» iborasi hatto uning qabr toshiga ham o‘yib yozilgan ekan?
Javob: A.Dyuma

565. Dramatik yoki musiqaviy asarlarda fojeani ifodalovchi element aynan shunday nomlanadi?
Javob: Tragizm

566. Indianada «U»ni iste’mol qilgan fuqaro to‘rt soatgacha jamoat transportiga chiqishi mumkin emas. Shuning bilan birga madaniy hordiq chiqariladigan joylarga ham borishi man etiladi. «U»-?
Javob: Sarimsoqpiyoz

567. O‘ng va chap qo‘li bilan bir xil vaqtda bemalol ishlay oladigan odamlar turi qanday nomlanadi?
Javob: Ambidekstrlar

568. U aktyor, kinorejissyor bo‘lishidan oldin sirkda «Karandash» laqabli masxarabozning shogirdi bo‘lgan. U kim?
Javob Y.Nikulin

569. Mustaqil O‘zbekistonimizning ilk pochta markasida aynan uning portreti tasvirlangan?
Javob: Nodirabegim

570. Bryus Uillis, Ronald Reygan, Janna D’Ark…
Ushbu shahslar o‘rtasidagi umumiylikni toping?

Javob: Ularning bari chapaqay bo‘lgan

571. Tojikchada «Yigit va ishchi» deb ayting?
Javob: mardikor

572. O’zbek adabiyotida o’zini «adashgan it»ga o’xshatgan kim edi?
Javob: Furqat

573. Qadimgi Misrda quldorlik davlatini boshqargan shoxlarni shu nom bilan atashgan?
Javob: Firavn

574. Sariq kasalligi shu a’zoning funksiyasi ishdan chiqishi natijasida yuzaga keladi?
Javob: Jigar

575. U «Qobil», «Surayyo», «Hijron», « Abulfayz» ,«Indamas» kabi tahalluslar bilan ijod qilgan. Barchaga birdek tanish bo‘lgan eng mashhur taxallusini yozib bering?
Javob: Avloniy

576. Arab tilida «Izlovchi, o‘rganuvchi» deb ayting?
Javob: Talaba

577. 1397-yilda Temurning nabirasi, Mironshohning qizi uchun aynan shu bog‘ barpo etilgan?
Javob: Bog‘ishamol

578. Mayonez tayyorlashda uksus eritmasi, yog‘ va U kerak bo‘larkan. U-?
Javob: Tuxum sarig’i

579. «Vaqt mashinasi» va «Doktor Moro oroli» fantastik romanlari Uning qalamiga mansub?
Javob: Gerbert Uels

580. Sobiq Ittifoqda 1935-yilda bu unvonning katta, 1937-yilda esa kichik turi joriy qilingan. Xo‘sh qaysi unvon?
Javob: Leytenat

581. Kemada tashiladigan yuklar umumiy nomi bilan shunday ataladi?
Javob: Kargo

582. O‘tkir Hoshimov Ularning sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir deya e’tirof etadi. Ularning birinchisi- kitobxon bo‘lsa, ikkinchisini siz ayting?
Javob: Vaqt

583. Tojikchadan tarjima qilganda «To‘qqiz kishi» ma’nosini beruvchi bizga tanish bo‘lgan poytaxt shahar nomini ayting?
Javob: Nukus

584. Zambiya qonunlariga ko‘ra sayyohlar bu toifa odamlarni suratga olishi mumkin emas?
Javob: Pigmey (past bo‘yli)

585. 1957-yili adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini shu fransuz olgan?
Javob:: Albert Kamyu

586. Lotinchada «Qisqartiraman» deb ayting?
Javob: Abreviatura

587. Ispaniya parlamentining 1810- yil sentyabridagi Kadis shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida konstitusion monarxiya tarafdorlari partiyasi o‘zlariga shu nomni olishgan?
Javob: Liberallar

588. Nobel lauriyatlarining son jihatidan quyidagicha kategoriyasi mavjud: 822 marta erkaklar, 48 marta ayollar va 23 marta ULAR?
Javob: Tashkilotlar

589. Kuba davlatining bu nomi sobiq to‘rt ispan general-kapitanlaridan birining nomi bilan ataladi?
Javob: Gavanna

590. Olimpiada o‘yinlari tarkibiga kiruvchi bu sport turi XV asrda Shveysariyada paydo bo‘lgan. Hozirgi qoidalari XIX asr oxirida ishlab chiqilgan. Unga bog‘liq ma’lumotlarda 40-122 sm diametrga ega doira va 20-90 metr masofa tilga olingan?
Javob: Kamondan otish

591. Italiya va Ispaniyadagi bu dvoryanlar unvonining fransuzchadan tarjimasi «chavandoz».?
Javob: Kavaler!

592. Xorazmdagi bu tuman nomining ma’nosi «bog‘lar» demakdir?
Javob: Bog’ot

593. Italyan tilida «40 kun» deb ayting?
Javob: Karantin

594. U Bolgariya xalq Respublikasining 1-darajali «Kirill va Mefodiy» ordeni bilan mukofotlangan.1975-yilda 60 yoshga to’lishi munosabati bilan «Xalqlar do’stligi» ordeni, ayni chog’da u sobiq ittifoq davlat mukofoti laureati va Mehnat Qahramoni hamdir?
Javob: Zulfiya

595. Aylananing ikki radiusi va yoyi orasidagi soha shunday ataladi?
Javob: Sektor

596. Ishtixon tumani mamlakatimizning aynan shu viloyati tarkibida?

Javob: Samarqand

597. Qabilalarni birlashtirib Mo’g’o’l davlatini yaratgan U 1206-yilda o’zini Chingizxon deb ataydi?
Javob: Temuchin

598. 1931-1932 yillarda chop etilgan «Dinamo» va «Tirik qo’shiqlar» sheʻriy to’plamlaring muallifi bo’lgan hamyurtimizni ayting?
Javob: G’afur G’ulom

599. Ushbu jonzotlarni o’rganuvchi fanning nomi qadimgi yunon mifologiyasidagi qiz nomidan kelib chiqqan, o’sha qiz haqida afsonalar ham mavjud.
Siz menga fan nomini yoki jonzotni aniq qilib yozib bering?

Javob: Araxnologiya

600. Floridadagi «Sloppi Jo» kafesida har yili shu yozuvchining o‘xshashlari o‘rtasida konkurs o‘tkaziladi?
Javob: Ernest Heminguyey