23-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2201. Tarixdan ma’lumki, XV asr oxiriga kelib Buyuk geografik kashfiyotlar davri boshlandi. Aynan mana shu hodisa bir kasb egalarining obro’si har qachongidan ham oshib ketishiga zamin yaratdi. Hattoki okean va dengiz osha savdo qiluvchi yirik savdogarlar ham nufuz va boylik jihatidan bu kasb egalaridan ortda qola boshladi. Diqqat Savol: Qaysi kasb egalari so’ralmoqda?
Javob: Konchilar oltin kumush qazuvchilar!

2202. Afinada 1896 yili o’tkazilgan birinchi zamonaviy olimpiada o’yinlarida birinchi o’rinni egallagan atletlar lavr bargi va kumush medallar bilan taqdirlanganlar. Qizig’i, ikkinchi o’rin egalariga bronza medallari topshirilgan. Endi Diqqat savol 3 oʻrin egalariga nima sovrin topshirilgan?
Javob: Hech qanday sovrin berilmagan

2203. Xitoy zooparklaridan birida. Dunyodagi eng Qadimiy turdagi Toshbaqalardan 2 tasi saqlanadi ushbu turdagi toshbaqalar. Dunyoda atiga 4 dona bo’lib ularnig 2 tasi. Vetnamdagi turli xil zooparklarda saqlanadi ushbu turdagi toshbaqalarning yo’q bo’lb ketishini oldini olish maqsadida. Xitoylik zoologlar. Vetnamdan Erkak toshbaqalardan birini Xitoyga ko’chirib o’tishni taklif qiladi. Vetnamliklar bunga javoban toshbaqalarni ko’paytrish taklifiga rozi bo’lishdi Ammo Xitoyliklarga toshbaqa berishdan bosh tortishdi hayratda qolgan Xitoyliklar bunga sabab so’rashganda. Juda ajoyib javob berishdi
Diqqat savol Vetnamliklar qanday javob berishgan?

Javob: Erkaklar Ayollarni uyiga borib yashamaydi aksincha Ayollar Erkaklarnig uyiga kelib yashaydi ??? Deb javob berishgan

2204. Ushbu sura Qur’onning boshida joylashtirilgan, amalda u she’riy suralarning tamomlagan bo’lsada. Bu Qur’onning eng shoirona mukammal suralaridan biri hisoblanadi. Bu suraning ismi nima?
Javob: Fotiha!

2205. Qozogʻiston:
1998 yilgacha mamlakatning, poytaxti Olma-Ota shahri boʻlib kelgan, keyin esa poytaxt Ostona shahriga koʻchirildi. Bunga bir kelishmovchilik sabab boʻlgan ekan.
Diqqat savol qanday kelishmovchilik sabab boʻlgan?

Javob: Aholi oʻrtasidagi kelishmovchilikka sabab boʻlgan

2206. 1940- yil. Shotlandiyaning ikki futbol klublari Hibernian va Xarts o’rtasidagi o’yinni sharhlab borayotgan radio sharhlovchisi kuchli tuman tufayli maydonda hech narsani ko’rishning ilojisi bo’lmagan. SHarhlovchi muhlislar xayqirig’iga qarab gollar va turli xavfli vaziyatlarni o’ylab topar edi. Diqqat savol sharhlovchi nima sababdan kuchli tuman bo’lishiga qaramay sharhlashda davom etgan.
Javob: Germaniya aviatsiyasi xabar topmasligi uchun
Izoh: Agarda kuchli tuman orqali o’yinni to’xtatilganini. Nemis aviatsiyasi xabardor bo’lsa shaharni bombardemon qilish ehtimoli xavfi juda katta bo’lgan. Shuning uchun ayyor sharhlovchi yolg’on sharhlab bo’lsada o’yinni sharhlashda davom etgan.

2207. XVI asrda Angliyada yashagan va qarzdor bo’lgan bo’lsangiz, qarzni to’lamasdan hibsga olinmaslik uchun nima qilasiz?
Javob: Ular uydan chiqmasdilar (qarzdor uyida hibsga olinmasdi).

2208. Bir afsonaga ko‘ra qirol jinoyatchi bilan bir o‘yin o‘ynaydi. Unga ko‘ra jinoyatchi harakatlari yordamida biror bir kasbni ifodalashi kerak boʻlgan. Qirol topsa jinoyatchi oʻsha zahoti qatl etiladi. Topolmasa jinoyatchi bu kasbni yaxshi ifodalay olmagani uchun baribir qatl etiladi. Endi savol tugʻiladi. Jinoyatchi qanday qutulib qolgan?
Javob: Aktyorlik qiladi!

2209. Mashhur rus klassik yozuvchisi Ivan Aleksandrovich Goncharovdan shunday o’xshatish mavjud: Negadur ular qomatlarini tik ushlay olmaydilar. Turganda ham yurgandayam oldinga egilib yuradilar. Qo’llari doim tizzada, ko’zlari jovdirab, egilib, salom berishga doim tayyor turadilar. Diqqat Savol: Agar ular hizmatkor ham, qul ham, bo’lmasa unda kimlar?
Javob: Yaponlar

2210. Moskva shahrida xizmat qilayotgan bir askar uyidagilarga xat yozmoqda: Bugun Shevardin ko’li uchun juda qattiq jang bo’ldi. Tushgacha o’zimiznikilarga qarshi urushdim, tushdan keyin yana o’zimiznikilarga o’tdim. Qarindoshlari bu qanday urush ekan, deb hayron boʻlishdi. Askar bola aldamayotgan edi. Endi Savol: U qayerda bu urushda ishtirok etgan?
Javob: Ular filmda suratga tushishgan!

2211. 1770 yilda Yekatirina II gruzin podshosi Irakliy II ga Rossiyadan shunday bir sovg’a yuboradiki, u narsa dastlab qo’shiq kuylab, so’ngra ko’z yosh to’kadi.
U sovg’aning nomi nima?

Javob: Samovar

2212. Biz soʻrayotgan kasallik, Vodiyda xususan Qoʻqonda koʻp tarqalgan deyishadi. Qoʻqon xonligi butun Muzofatlardan tabiblarni chaqirtirib, bu kasallikning davosini topishga buyruq beradi.Tabiblardan biri buni uddalaydi.Bu kasal bilan ogʻriganlarning, eng birinchi sestomi siz, bilan u kishi tepadan turib gaplashadi.Diqqat savol bu kasallikning davosini ayting?
Javob: Achchiq garim dori buqoqni davosi edi!

2213. Savol: Ro‘yhatni tinglang : Teodor Ruzvelt, Gorasio Nelson, Pavel Naximov, Jan Pol Sartr, Klaus Shenk fon Shtaufenberg va Gryu ( Joan Rouling asari personaji). Diqqat savol: Bu shaxslarning umumiy tomonlarini toping?
Javob: Bu kishilarning bitta ko’zlari yo’q yoki ko’r bo’lishgan

2214. Uilyam Shekspirning quyidagi ta’rifini diqqat bilan o‘qing:
«… u xoin. U bizni qo‘rqitib, erishishimiz mumkin bo‘lgan yaxshi narsalardan, ko‘p hollarda mahrum etadi.»
Ajoyib ta’rif, oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, bu fikr bugun ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Hatto «Zakovat» o‘yinida ham bor u xoin. Hurmatli bilimdonlar, Shekspir ta’riflagan xoinning nomini toping?

Javob: «Zakovat» o‘yinida bu holat tez-tez sodir bo‘lib turadi. Aynan javobni to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini aniqlashda, u o‘z hukmini o‘tkaza oladi. Bilimdonlarga Shekspir ta’riflagan xoinning nomi — SHUBXA.

2215. Ma’lumotga qaraganda Aqshning Michegan shtatida turmushga chiqadigan ayollar «Zaks»hujatiga «X» kiritilar ekan yangi ajrashgan ayollar ko’pchiligi eriga xiyonati uchun «X» ni erida «qoldirishar» ekan
Bir hazilga ko’ra esa Michegan shtatida turmushga chiqqan ayol ajrashish uchun Italiyaga borishi kerak ekan sababi bu yerda ajrashgan ayol uchun «X» uchun ham erlari to’lov amalga oshirishi kerak ekan(Alimentdan tashqari)

P/s «X» dan o’tgan asrning oxirlarida neft bilan bog’liq ko’ngilsizliklarni bartaraf etish uchun foydalanishgan ekan Qadimgi Misrda ham «X»dan Nochorlar «To’lov» amalga oshirishgani Fakt bilan belgilab quyilgan
«X» toping?
Javob: «Soch»
Izoh: Michegan shtati qonunlariga ko’ra Ayol sochi uning eriga tegishli ekan
Italiyada Alimentdan tashqari Sobiq rafiqasini boqishga majbur ekan
Soch tolalaridan neftni okean suvidan yig’ib olish uchun foydalanishgan ekan
Qadimgi Misrda ham kam taminlangan bemorlar sochlar bilan to’lov qilishgan

2216. U haqida qadim allomalar juda koʻp aytishgan. Demokrit uni inson soyasiga qiyoslagan. J.Bayron vujudning exosi deb ta’riflagan. Sharq donishmandlari qaysidur holda u sizga qul, qaysidur holda xoʻjayiningiz deb aytishgan. Xurmatli bilimdonlar, Sharq donishmandlari tarafidagi ibora mazmunini topib ayting?
Javob: Insonning tili!

2217. Rumiy hikmatlaridan:
O’ylaring so’zlaringga, so’zlaring fe’lingga, fe’ling X ga nuqs etadi. Go’zal o’yla. Go’zal yasha. Diqqat savol fe’ling nimaga nuqs etadi?

Javob: Taqdiring

2218. Qadimgi Sparta davlatida mast qiladigan ichimliklar ichish ta’qiqlangan edi. Qoida buzganlar qattiq jazoga tortilganlar. Ammo ichkilik ichish davom etavergan. Shunda, qonunshunos Likurg, “Ichkilikka barham berishning eng to‘g‘ri yo‘li — shu” degan fikrga kelgan. So‘ngra shafqatsiz buyruq chiqaradi.
Savol: u qanday ayovsiz farmon chiqargan?

Javob: Ichkilikka barham berishning eng to‘g‘ri yo‘li bu uzum tokzorlarni yani uzumzorlarni qirib tashlash edi.

2219. Abu Rayhon Beruniy shunday degan edi:Yolg’on doim rostdan yengiladi.U Y-dagi X-ga o’xshaydi yo’q bo’lib ketadi.
Savol: Y va X nima?

Javob: Y-suv
X-ko’pik

2220. «Shamol shiddati» nomli badiiy filmda bosh qahramon qiz, boshqa bosh qahramon yigitni adashib o’g’ri deb tutib keladi. Keyinroq uning adashgani ma’lum bo’ladi. Qiz uzr ham demasdan ketmoqchi bo’lganda, yigit qizdan uzr so’rashni talab qiladi. Qiz esa uzr so’rash odati yo’qligini, agar undan uzr eshitmoqchi bo’lsa, SHU ISHNI Qilishi kerakligini aytadi. Qanday ishni?
Javob: Ismingni uzur deb o’zgartir

2221. O’zini aybdor deb xis etish tuyg’usi yuqori bo’lgan insonlarning bir ustun jihati gam mavjud ekan. Yani ular X ni juda yaxshi farqlay olarkan.
Savol: X ni ikki so’z bilan aytib bering?

JAVOB: insonlarning emossiyalarni( hissiyotlarini)

2222. 1996-Yilda Clausurada X shunday ishni amalga oshiradiki Uning qilgan ishiga hattoki Y lar havas qilishadi ? Savol X va Y ni maksimal aniqlikda ayting?
Javob. X Darvozabon Y esa Hujumchi
Izoh: 1996-yilda Paragvaylik Darvozabon Xose Luis Chilvert Maydon markazidan turib raqib darvozasini ishg’ol etgan

2223. Yer yuzi bo’ylab eng ko’p tarqagan xashorotlardan bo’lgan o’rgimchaklar, bir qarashda mukammaldek tuyilsada ularning xam bir kamchiligi bor ekan. Bu kamchilik ularni o’limga olib kelarkan.
Savol: siz menga ularning bu kamchiligi nimaligini ayting?

JAVOB: Ularning asab sistemasi juda zaif bo’lib qo’rquv natijasida o’lishlari mumkin ekan

2224. 26ta «kapitan». 6ta «general». 1ta «qo’mondon». Gap nima haqida ketayotkanini bilgan bo’lsanglar. Oddiy askarlarni haqiqiy ismni aytinglar?
Javob: Modda(Konsitutsiya)
P.s: Hozirda bu ko’rsatkich o’zgargan

2225. Bu haykalni qurish g’oyasi XIX-asrdayoq kelgan. Lekin bu haykalni tamal toshini qo’yish ushbu yurtning 100 yilligiga qoldiriladi. Yana shuni aytishim mumkinki ushbu haykalni xammamiz ko’rganmiz va uni muallifi fransuz hisoblanadi. U yangi dunyo mo’jizalari ro’yhatidan joy olgan. Eng qizig’i u o’zining bu sanat asarini ko’rmasdan olamdan o’tgan ekan.
Savol: menga ushbu san’at asarini( haykalni) nima deb atalishini va uning muallifini aytib bering?

JAVOB: Haykalni nomi ISO haykali muallifi esa Pol Landovski

2226. U juda qadimdan ma’lum. U Afg’onistonlik bolalar «status» ini belgilab beradi. Undan yapon samuraylari janglarda unimli signal berish vazifasida foydalangan. Xitoyda keng tarqalgan. Texnika uncha rivojlanmagan vaqt undan atmosfera qatlamlarini o’rganishda foydalanilgan. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalangan bo’lsangiz yurtimizda qaysi tashkilot u bilan bog’liq musobaqa tashkillashtirayotganini ayting?
JAVOB. Yoshlar ittifoqi.
Izoh. Bu varrak. 2018-yildada yoshlar ittifoqi varrak sayili o’tkazadi. Musobaqa.

2227. Mahsulot talabi bo’yicha o’rta asrlarni hozirgi zamon bilan qiyoslasak. Eron Koreyani, Mavorounnaxr va Arabiston Italiya va Germaniyani. Hindiston Belorusni o’rnini egallagan bo’lardi. Savoldan mantiqiy kelib chiqqan holda aytingchi sanab o’tgan mamlakatlar nimasi bilan o’rta asrda mashhur bo’lishgan?
Javob: Ulov(Transport).
Eron eshaklari o’rta asrlada eng ko’p talabgir bo’lgan. Xuddi hozirgi kun koreyani hyundayiga o’xshab.
Arab va o’rta osiyo otlari ferrari va porshe kabi sportkarlar o’rnini bosgan. Hind fillari va xo’kizlari belorusdagi BelAZ mashinalari va traktorlari o’rnida ishlatilgan.

2228. Bular tarix zarvaraqlarida bir xizmati bilan iz qoldirgan va shu orqali bizga tanish. X lar o‘tkan asrda o‘z xizmatlari bilan foyda keltirib, ulardan foydalanilgan xolda, ancha taraqqiyotga erishilgan. Y esa yaxshi insonlarga hamrox bo‘lib, ular bilan 300 yildan ortiq birga yashagan. Buni qadimgi Rumdan topasiz. X lar bilan Y ni asli bir xil, lekin qilgan xizmatida bog‘liqlik yo‘q. Savolni shunday qo‘yaman: siz menga nima xizmat ko‘rsatganligini emas, Xlar va Y ni nomini topsangiz kifoya?
Javob: X-kosmanavt itlar-
BELKA i STRELKA.
Y- QITMIYR
izoh: qur’onda kaxf surasida kelgan, zolim podshoxdan qochib g‘orga yashiringan do‘stlar bilan 300 yil birga uxlagan.

2229. Karikaturaga ko‘ra, agar hojatxonada o‘tirish davomiyligi mobil telefon bo‘lsa 15 daqiqa, Wifi bo‘lsa 55 daqiqa, agar «X» ham bo‘lsa cheksizlik belgisi qo‘yilgan. Savol: X-ni toping?
Javob: razedka (telefonni zaryadga qo‘yib o‘tiruradi degan ma‘noda).?

2230. Savol: U AQSHda o‘tgan asrning 50 yillarida paydo bo‘lgan va uning maqsadi: yolg’izlikda qolgan ayollarga hamda tinimsiz ishlaydigan fermerlarga dalda berish bo‘lgan ekan. U ni toping?
Javob: Serial

2231. Alfa taslim bo’lmaguncha Ikkinchi Jahon urushi tugamas edi.1944-yildagi eng yirik harbiy-dengiz floti jangida AQSH Alfa ning flotini tor-mor keltirdi.Yozga kelib Alfa armiyasi Osiyoning katta qismidan quvib chiqarildi.
Savol: Alfa qaysi davlat?

Javob: Yaponiya

2232. Bu «mehnatkash» kishilar qilgan ishlarida ushbu taqiqni bir necha bor ko’rsa ham, o’z mehnatlarini davom ettiraveradilar. Qizig’i bu «mehnatkash»lar o’z qilayotgan ishiga zid so’zlarni o’zlari yozib qo’yishadi.
Bunday «mehnatkash»ni biz mashhur filmda ham ko’rganimizni hisobga olib, «mehnatkash»lar kimligini ayting?

Javob. Soxta (qalbaki) pul tayyorlovchilar.
,,Abdullajon» filmida ham shunday jaroyon mavjud

2233. U Berlin ko’chalarini sayr qilib yurar ,atrofda har tomonga shoshayotgan odamlar, mashinalar gurullashi , kakkuning ovozi keyin bulbulning sayrashi ,yana kakkuning keyin bulbulning sayrashi. Aytingchi kakku bilan bulbulning ovozi qayerdan kelayetgan bo’lishi mumkin?
Javob: Svetaforlardan. Ko’rlar uchun

2234. Kristofer Mur fikricha, ʺ Uʺ narsani hech kim yolg‘izlikda amalga oshira olmas ekan.
Malkolm de Shazal fikricha ʺUʺ xatto kechasi ham ishi yig‘ilishi tugamaydigan ʺOliy sud Mahkamasi emishʺ
Nazarda tutilgan narsa nima?

Javob: Oila

2235. Bu oila yangi xonadonga ko’chib o’tdi. Uy bekasi har kuni poldagi bo’r bilan yozilgan yozuvlarni ko’rib hayron qolardi. Poldagi yozuv ʺMen seni sevamanʺ. Ayol eridan qo’rqqanidan poldagi yozuvni o’chirib tashlardi. Bu hol davom etavergach eriga aytishga majbur bo’ldi. Er esa xotirjam bir kulib qo’ydi. Lekin bu yozuvlar bir maqsadda yozilar edi.
Nima maqsadda yozilgan?

Javob. Suvaraklar (tarakanlar) ni yo’q qilish maqsadida

2236. 1812-yilda bo’lib o’tgan Fransiya Rossiya urushi haqida Chaykovskiy musiqa bastalaydi. Bu urushning naqadar daxshatli bo’lganini ifodalash uchun musiqasiga nom qidiradi. Lekin hech qanday odamni daxshatga tushiradiganday nom topa olmagach asariga o’zgacha nom beradi. Hali bungacha hech kim musiqa nomini bunday usulda yo’nalishda, nom bermagan edi. Diqqat Savol: Chaykovskiy musiqasiga qanday nom bergan?
Javob: 1812

2237. Qadimgi hindlar odamga hayoti davomida ergashib yuradigan 6 ta mashaqqatni aytib o’tishgan. Bular:
1)ochlik;
2)tashnalik;
3)issiq;
4)sovuq;
5)ta’magirlik..
Oltinchisini siz ayting?

Javob: xato

2238. Yapon xokkularini mohir tarjimoni Vera Markova ijodidan quyidagi xokkuni tinglang.
Ko’zda yosh bilan
Ichaklaring sanayman
Bo’lg’usi asarlarim.
Shoir xokkuda nimaga ta’rif berib, ko’z yosh to’kmoqda?

Javob: daraxt to’nkasidagi xalqalar soni ta’riflangan edi.

2239. U yosh, go‘zal, dimog‘dor, yengil tabiat ayol bo‘lib, ayni vaqtda tabiatan ichi qoralik va makr-hiylaga moyil edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo U haqida: «O’zini oqila tutar edi, vale beaql va purgo‘y xotin edi, rofiziya ham ekandur»,— deb yozadi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur «U» deganda kimni nazarda tutganlar?

Javob. Hadicha begim

2240. Bu qo’shin bir paytlar katta kuchga ega edi. Qo’shin atiga 25 maxsus jangchidan tashkil topgan bo’lib,har bir janchining alohida vazifasi bor edi. Bu qo’shin mavh bo’lganiga qaramasdan juda ko’pchilik davlatlar shu qo’shindan andoza olishadi. Bugungi kunda ayrim soha vakillari bu qo’shinsiz o’z sohasini tasavvur qila olmaydi.
Gap qaysi qo’shin haqida ketmoqda?

Javob. Lotin alifbosi

2241. Herman Vamberning yozishicha, bu so’z aslida ikkita o’zakdan iborat. Birinchi o’zagi «asl,ajoyib» degan ma’noni bersa,ikkinchi o’zagi «tagi mustahkam,sardor»,- degan ma’nolarni berar ekan. Bu so’z bilan savdoda og’ir-vazmin,sanoatda mo’tadil,ochiqko’ngil,mard, jiddiy, o’ylab ko’rishga moyil, dovyurak kabi fazilatli insonlarga aytilar ekan.
Aytingchi, gap qaysi so’z haqida ketyapti?

Javob: O’zbek

2242. Bir rasmga nazar soladigan bo’lsak «U» Eyfel minorasi o’rnida , yana bir rasmda esa boshqa «Ozodlik haykali o’rnida » tasvirlandi . Qo’lida Men ……. man sarlovha tushirilgan muqovali kitob ! Diqqat savol : 3 daqiqadan so’ng nuqtalar o’rnida kim ekanligini toping?
Javob. Zlatan Ibrohimovich

2243. U insonda sabr va matonat, maqsad sari intilish va qanoat kabi tuyg’ularni shakllantirar ekan. Ammo oxir oqibat, «O’lim»ga mahkum ekan.
Diqqat savol: Gap qaysi buyum haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz, menga uni ko’proq nima ko’rinishida bilishimizni ayting!?

Javob: cho’chqa Pul yig’adigan idish. ( Копилка)

2244. Klassik rus adabiyotidagi bir asar voqealari boradigan shahar nomiga qaramay, uning asosiy qahramonlari hech kelisha olishmagan. Shahar nomini topgan bo’lsangiz, asar muallifini ayting?
Javob: Gogol
Izoh: Gap Gogolning «Mirgorod» asari qahramonlari haqida ketmoqda edi. Asar qahramonlari Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich Mirgorod (Tinchlik shahri) da yashashiga qaramasdan, tinch hayot kechira olishmagan!

2245. Luqmoni hakim asosiy ichki kasalliklarning davosi, yer ostida bo’ladi. Deb uch narsani aytib o’tgan. Biri hazm qilishda, ikkinchisi shamollash va ichki yalig’lanishda, uchinchisi nafas yo’llarini balg’amdan tozalashda eng yaxshi vosita degan.
Savol: bu uch narsa nima?

Javob : Sabzi , Turp , Sholg’om

2246. Otasi 31 yoshligida farzandi 8 yoshli edi. Hozir farzandning yoshi otasining yarim yoshi. Farzandning yoshi nechida?
JAVOB: Farzandning yoshi 23 da

2247. Arnold Shvarsneger
yuragida o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng u bir iborani aytdi. Bizga esa bu ibora 2003-yildan beri ma’lum.
Sizlar menga o‘sha iborani ayting?

JAVOB: I’m back(Men qayttim)

2248. Atlantika va Hind okeanlarini o’rgangan olimlar quruqlikdan okeangacha ketgan yolg’izoyoq yo’llarni uchratishgan. Tezda bu yo’llar qanday paydo bo’lganini aniqlashgan.
Savol, ular qanday paydo bo’lgan?

Javob: Pingvinlar. Ular ko’payish uchun dengizdan ancha uzoqlarga borgani bois, yolg’iz oyoq yo’llar hosil bo’lgan.

2249. Yuliy Sezar davrida buyruqni bajarishdan bosh tortgan legionga qattiq jazo tayinlashgan. Legion saf qilinib bu jazo qo’llangan.
Savol, nomi detsimatsiya deb atalgan ushbu jazo qanday ko’rinishda amalga oshirilgan?

Javob: Detsimatsiya so’zi «detsembl», ya’ni 10 so’zidan olingan. Legion saf qilib qo’yilib, har o’ninchi askar safdan chiqarilib qatl qilingan.

2250. Ularning birinchisi tepadan porlasa, ikkinchisi, uzatilgan qo’ldek yon tomondan shu’lalanadi, uchinchisi, yerdan osmonga qarab mayoq misoli porlaydi. Siz uchalasining nomini o’z xolida yozib bering?
Javob: Fransuzchasiga 1-osilib porlaydigan Lyustra, 2-Bra, 3-Torsher. Lyustra-tepadan porlovchi, bra-yondagi qo’l, torsher-pastdan nur beruvchi.

2251. Napoleon Bonapart Fransiyada turli reformalar o’tkazgan. Xususan ishchilarni nazoratga olishni taklif etgan. Shuni oqibatida biz biladigan amaliyotga qo’l urilgan.
Napoleon Bonapart nimani boshlab bergan?

Javob: Mehnat daftarchasi!!

2252. Xindu qabilalarida ism juda kerakli detal hisoblanadi. Undan qarz sifati ham foydalanishadi. Ularni ismlari ham g’alati. Erkaklarini o’tkir tish, lochin ko’z, ayollarida uzunsoch laylak, chaqqon baliq va xokazolar. O’z harakatlaridan kelib chiqib, ularga 6-7 yoshlarida ism beriladi. Ayrim bolalarga ism berishni lozim topmas ekanlar. Ismni uvol qilmaslik uchun.
Diqqat savol: Ayrim bolalar deganda kimlar nazarda tutilmoqda?

Javob: Kar bolalarga!
Izoh: Ism chaqirish uchun qo’yiladi. Eshitmaydigan ( kar) bolalarga ism berilmas ekan.

2253. Ruhiy va aqliy jihatdan zaif kishilar qayerda ko’p uchraydi degan savolga XX asrda tibbiyotchilar javob topishdi. Bunday kishilar ko’pincha uzoq orollarda, tog’li qishloqlarda, Sibirning borish qiyin bo’lgan hududlarida uchrar ekan. Bor yo’g’i 300 aholi yashaydigan Yaponiyaning shiba-muru orolida, 51 ta aqliy va ruhiy zaif kishilar ro’yhatga olingan.
Diqqat savol: Nima sababdan bu hududlarda aqliy zaif kishilar ko’p tug’iladi?

Javob: Qarindoshlar o’rtasida nikoh bo’lgan!

2254. Pekinda hozirgi kunda ham ilgarigi imperator saroyi, hovlisida 6 ga 6 hajmdagi maxsus hovuz bor. Mana shu hovuz ichidagi tuproq qayerdan olingan?
Javob: Barcha shaharlardan!

2255. Qadimdan Yunonlarda U turmush tarzi hisoblanadi. Margaret Tetcher ingliz parlament a’zolarini hatto ikki yil Unda yurishga majbur qilgan. Bizda ham ko’pchilik hozirgi kunda Unga o’tishyapti.
Siz menga «U»ni ikki So’zda ayting?

Javob: Dieta tutish (ya’ni parhez)

2256. Bilamizki,har bir xalqning salomlashuvi har xil..
Masalan:
Dunyo Xalqlari Salomlashuvlaridan:
Afrikadagi basuto qabilalari:
«Salom senga,Yovvoyi hayvon!»
Gruzin Xalqi:
«To’g’ri bo’l» yoki «G’alaba qozon»
Shuningdek,Mongol xalqida ham salomlashish usuli g’ayrioddiy ekan..
Yuqoridagi salomlashuvlarga e’tibor bergan holda Mongol xalqi Salomlashuvini ayting?

Javob: «Qoramollariz yaxshimi?»,- deb so’rashadi!

2257. Volter o’zi atrofidagi voqealardan kelib chiqib, har kuni Allohga nola qilar ekan.
«Ey Alloh, meni A toifadagilardan ozod qil, B toifadagilar bilan O’zim hisob-kitob qilaman»- derkan.
A va B deganda kimlarni nazarda tutgan?

Javob: A-do’stlarning xiyonatidan
B-raqiblarimdan,ular bilan men ochiqchasiga hisob-kitob qilaman deydi

2258. U qahramon yoshligida aqlbovar qilmaydigan g’aroyib sarguzashtlarni o’z boshidan kechirgan ediki,shu tufayli uning xotiralari tinglovchilarda juda qattiq kulgu uyg’otgan. Odatdagi ovlardan birida u yonida o’qi bo’lmaganidan bir bug’uni olcha danagi bilan otganini, xuddi o’sha bug’uni bir yildan keyin yana uchratib qolganini, o’sha jonivorning peshanasida mevalari pishib turgan olcha daraxti o’sib turganini aytadi. Yana bir voqeada uzun loviya poyasida Oyga tirmashib chiqqanini ham so’zlaydi.
U qahramon ajabtovur,quvnoq sarguzashtlar sohibi bo’lgan. Bir mashhur yozuvchi U ning sarguzashtlari haqida kitob yozgan.
Siz Menga qahramonni emas, Yozuvchi kimligini ayting?

Javob: Nemis yozuvchisi Rudolf Erix Raspe!!
Asar qahramoni Baron Myunxgauzen
«Baron Myunxgauzenning Sarguzashtlari»

2259. Rivoyatga ko’ra, elda qahatchilik bo’lib turganda yeyishga,ekishga ham bir siqim don topilmay qolganda keksa bir dono kishi sichqon uyasini kovlab anchagina donni topib oladi. Sichqon inidan chiqqan don bilan el qutilib qoladi. Shuning uchun ham odamlar unga hurmat ko’rsatishgan.
Qayerda hurmat ko’rsatishgan?

Javob: Muchalda!!
Muchalda 1-o’ringa qo’yishgan.

2260. Karate yaponiyada paydo boʻlgani hammaga ma’lum. U «bo’sh qo’l» degan manoni beradi. Qani aytingchi unda yaponchada «bo’sh ovoz» qanday nomlanadi?
Javob: Karaoke!

2261. 1 daraxt, 12 ta shox,12 ta shoxda 30 barg. Siz bularni nimaligini aytishingiz keragi yoʻq. Faqat bu daraxtda 5 ta meva bor. Bu 5 ta mevaning 3 tasi quyoshda 2 tasi soyada turibdi. U nima?
Javob: Besh vaqt namoz

2262. Agar siz atayin meni ko’rmoqchi bo’lib qarasangiz ko’rolmaysiz, agar meni ko’rayotgan bo’lsangiz boshqa narsani ko’rmaysiz. Haqiqatni aytishim mumkin,ba’zida aldayman ham lekin aldaganimda haqiqatga yaqinroq qilib aldayman..
Demak, Men kim yoki nimaman?

Javob: Tush

2263. Bu ro’yhatda 3 ta davlat poytaxtlari nomi o’rin olgan. Shvetsiya poytaxti 67-o’rinda, Fransiya poytaxti 71-o’rinda. Daniya poytaxti 72-o’rinda. Yordam sifatida aytishim mumkin bu ro’yhatda insonlar nomlari ham uchraydi. Savol bu qanday ro’yhat?
Javob: Mendeleyev davriy jadvali. Bu jadvalda 3 ta davlat poytaxtining eski nomiga qo’yilgan elementlar bor. Bular Golmiy( Stokgolm) Lyutetsiy(Parij) Gafniy (Kopengagen)

2264. -Oyi, osh yeyliiik. 
-Xo’p, bolajonim,..yoz kelsin. 
-Qachon keladi, oyi? 
-Otang kelsa. 
-Urree, keyin osh pishirib berasizmi? 
-Albatta. 
Ushbu matnda tushirib qoldirilgan sonni yozib bering!!

Javob: 3,14 >>Пи
Piyoz..!

2265. X lardan biz avval-avvaldan foydalanib kelamiz bundan esa X lar umuman og‘rinmay:-’’Barchasi sizlar uchun. Men odamlar yaxshi yashashlari uchun yaratilganman’’, deb, jilmayayotgandek go‘yo…
X=?

Javob: Tog’lar

2266. Dastavval kulminatsiya so’zini yunonlar bir yerda ishlatishgan.
Yunonlar bu so’zni qayerga yozib qo’yishgan?

Javob: Qabr toshlariga!!
Yunon tilida qabr toshlari kulminatsion deb atalgan ekan.

2267. 1855-yilda Parijda bo’lib o’tgan Jahon ko’rgazmasida 12 bo’lak oq metall hammaning diqqat e’tiborini o’ziga tortadi. U boshqa metallarga qaraganda yumshoq,oson eriydigan,sanoatbop, yengil metall edi. Ma’lum bo’lishicha, bu metall azaldan g’isht quyib kelingan oddiy loy tarkibida ham uchragan. O’sha vaqtlarda uni loy X deb atashgan.
Agar u metallni topgan bo’lsangiz, O’sha vaqtda uni nima deb atashganini ayting?

Javob: Loy Kumushi!
Metall esa Alyuminiy edi

2268. Har bir erkak kishi albatta ALFA bilan yurishi kerak. Amerikaliklarning nazdida o‘tkir X dan ko‘ra, o‘tmas U afzal hisoblanadi. Asosiysi, ko‘rinishidan jiddiy bo‘lsa bo‘ldi.!
Amerikaliklar nazridagi mak,oldan kelib chik,ib
ALFA-?
X-?
U-? ni toping?

Javob: ALFA-Ruchka!
X-xotira
U-qalam

2269. — Shayx hazratlari savol bersam bo‘ladimi?
— Marhamat.
— Salaflar Qur’onga qanchalik e’tibor berganlarini aytib bersangiz?
— Ular biz bugungi kunda X ga bog’langanimiz kabi Qur’onga bog‘langan edilar…X ni topgan bo’lsangiz uning «otasini» ayting?

Javob: Aleksandr Bell!
Izoh: Gap telefon haqida ketmoqda!

2270. Isaak Nyuton tuxum pishirayotganda, tuxum o’rniga idishga adashib boshqa narsani tashlab qo’yadi.
Diqqat savol: U nimani solib qo’yadi?

Javob: Sekundamer. Bir qoʻlida tuxum bir qoʻlida sekundamer boʻlgan. U Tuxum nechi daqiqada pishishini kuzatgan. Shu sabab tuxum oʻrniga sekundamerni solib qoʻygan.

2271. U o’simlik xo’jalikda keng ishlatiladi,yangi novdalari esa iste’mol qilinar ekan. O’z vatani Vetnamda U 1 sutkada 2 metrgacha o’sar ekan. Undan yasalgan qarmoq ancha yengil bo’lar ekan.
Qaysi O’simlik?

Javob: Bambuk edi

2272. Bu narsa mijozlar bilan ishlovchi xodimlarga juda xam yoqavermaydi. Mijozlar esa bu narsa orqali o‘ziga bo‘lgan e’tibordan qoniqqan qoniqmaganligini bildirishga xaqli deb o‘ylaydi. Xuddi shu narsa bilan ataluvchi mashhur rus filmida jurnalist shu narsadan foylalanganligi sabab o‘z baxtini topadi. Agar siz kechagi o‘tkazgan o‘yinimdan qoniqqan yeki qoniqmagan bo‘lsangiz siz bu narsani mendan so‘rasangiz sizga kanal administratorini ro‘para qilaman. Demak bu narsani ikkita so‘zda yozib bering?
Javob: Shikoyatlar daftari!!

2273. U Qadimgi Rimda qon-qarindoshlar bilan birga qullarni ham o’z ichiga olgan oilaning xo’jalik-huquqiy munosabatlarini o’zida mujassamlashtirgan nom bo’lgan. G’arbiy Yevropada uni qo’llash XV asrdan odat tusiga kirdi va asosan yuqori tabaqa orasida keng tarqaldi.
Diqqat savol: Uni topgan bo’lsangiz qachon eng ko’p o’zgarishini ayting?

Javob. Turmushga chiqqanda.
Izoh: Familya

2274. Diqqat bilan o’qing!
X 1582- yilda dunyoga kelgan. Undan oldin kelgan avlodi ham bor, chunki bu haqida ikki xil ma’lumot bor. X ning ajoyib bir biridan chiroyli ikkta qizi bor ( boshqa bir kartinkada bitta qizini ko’rganman). Bu ikki qizni men juda yaxshi ko’raman ayniqsa kichigini chungi u bilan kunim maroqli o’tadi. Sizga aytmoqchi bo’lgan ikki qizni siz ko’rgansiz, bularsiz hayot, hayotmi deb yuborgim keladi. Taxminim hamma bu ikki qizni yaxshi ko’radi. Savol menga X ni emas gap nima haqida ketayotganini ayting?
Javob : Bu kalendar edi eng oxirgi kalendar 1582 yil Rim papasi Grigoriy tamonidan ixtiro kelingan. Qizlar bu shanba va yakshanba bilasizlar qizil rangda belgilanadi.

2275. Ispanlar uni Chigero
Fransuzlar Sisero
Eng qizig’i shundaki, hatto rimliklar ham uni Kikero deb atashgan.
Savol: Biz uni qanday ataymiz?

Javob: Sitseron

2276. Bu davlat II asrda buyuk Karl Imperiyasida shakllanadi. U davlatning nomlanishida ikkita omil rol o’ynagan. 1- qadimgi German qabilasi bo’lsa, 2-si chegara so’zi. Chegara so’zi qadimgi german tilida marka deb atalganligi inobatga olinsa,yuqoridagi davlatninh bugungi nomi qanday ataladi?
Javob. Daniya

2277. Bu dahshatli voqea milodiy 79-yilda sodir bo’lgan. XIX -Asrda Shu nomdagi vahimali rasmni chizish  uchun, Bir mashhur rassom, Italiyada xavfli toqqa chiqdi va u yerda bir nechta eskizlar yaratdi. Diqqat savol : sizdan ko‘p narsa so‘ramaymiz.O‘sha  Rassom chizgan mashhur rasmni nomini uch so’z bilan yozib  bersangiz bas?
Javob: «Pompeyning oxirgi kuni».
Izoh:  Karl Bryullov Pompeyni 1828 yilda ziyorat qilib, kelajakda «Pompeyni oxirgi kuni» deb nomlangan rasmni yaratish uchun juda ko’p eskizlar yaratgan.

2278. Bir mamlakat kasalxonalariga  bu ishni judaaaa maromiga yetkazib qilish oqibatida «bosh chanog’i sinishi» bilan shikoyat qiluvchilar ko’p ekan. Lekin bu ishni qilish bizni xalqimizda xam qarz xam farz xisoblanadi.
Diqqat Savol:
Biz o’zbeklarda ham farz, ham qarz hisoblangan narsani aytingchi?

Javob: Assalomu aleykum
Yaponlarda salomlashish oqibatida bosh yorilish holati ko’p kuzatilar ekan!!

2279. Bu suyuqlikda Lizotsin degan mikroblarga qarshi oqsil bo’ladi. Shuning uchun Vizantiya va Eron ayollari undan atirgul suvi bilan aralashtirib, malham tayyorlab, yaradorlarni yarasiga bog’lashgan.
Bu qanday suyuqlik?

Javob: Ko’z Yoshi!!

2280. VII-VIII asrlarda Eronda topilgan tarixiy hujjatda shunday majburiyatlar yozilgan edi:
Xudo nomi bilan qasam ichaman, Uni sotmayman, Qarz hisobiga, Qullikka ham boshqalar himoyasiga ham bermayman.
Yuqoridagi hujjatda qanday majburiyat Zikr etilgan?

Javob: Uylanadigan erning Xotini oldidagi majburiyati!

2281. Bu qushlarning hayoti Suv bilan bog’liq bo’lgani uchun Suv havzalari atrofida ko’proq uchraydi. AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida ajoyib bir haykal bor: baland granit ustun ustida globus va uning tepasida ikki qush qanotini yoyib parvozga shay bo’lib turibdi. Bu shahar shu qush sharafiga haykal o’rnatishgan.
Diqqat savol: Agar qushni topgan bo’lsangiz, nega uni sharafiga haykal o’rnatilganini aytib bering?

Javob: Baliqchi qushlar!
Shu shahar atrofiga million-million chigirtka galasi yopirilganda ularni qirib,aholini ochlikdan saqlab qolgan..Baliqchi qushlar ya’ni chaykalar!!

2282. 1994-yili Addis-Abebalik Mao Anbessa uning xokini biz Efiopiyaga olib ketishimiz shart degan kulgulo ultimatum bilan chiqdi. Ammo buni iloji yo’q ekanligini va u bor-yo’g’i shov-shuvga loyiq hodisa deb baholandi. U kimni xokini Efiopiyaga olib ketmoqchi edi?
Javob: Pushkinni Xokini!!

2283. Jeyms Joysning «Musavvirning yoshlikdagi shamoyili» asaridan quyidagicha parcha keltirilgan: Ular doimo yonma-yon, bamisoli poyezd va tunnelga o‘xshaydi, bir shovqin, bir tunnelga kirgandagi jimlik, yana shovqin. Aminmanki, shu yerda o‘tirganlarning aksariyati bu ikki o‘xshatishni o‘z boshlaridan kechirgan. Yana tag‘in kamida 10 marta ketma-ket bu jarayonni boshidan kechirganlar topiladi oramizda. Diqqat savol: yozuvchi poyezd va tunnel deb qanday ketma-ket keluvchi jarayonlarga ta’rif bergan?
Javob: Semestr, ta’til.

2284. XIV asrdan to XIX asr oxirigacha ularni qurish,ta’mirlash ishlari bilan Buyuk Britaniya admiralligi shug’ullangan.
Savol qanday ish bilan?

Javob. Ko’priklar qurish va ta’mirlash!

2285. Uni ilk bora qaysi xalq o’ylab topgan degan jumboqqa quyidagi xalqlar da’vogarlik qilishadi:
Yunonlar va Rimliklar,Misrliklar va Eronliklar,Hindlar va Xitoyliklar. Hatto keltlar va Skiflar ham da’vogarlar orasiga kirishadi.
Savol: Shuncha xalqlar nimaga da’vogarlik qilishgan?

Javob: Shaxmat

2286. U 1890-yili Angliyada Tseylonga borib bir qancha choy plantatsiyalarini sotib oladi va choy sohasida inqilob qiladi. Bugun Angliyadagi asl choylarni ushbu savdo belgisi ostida ichishingiz mumkin. Bu odamning ismi Tomas Jonston.
Familiyasini toping?

Javob: Lipton‌‌

2287. XIX asrlarda Vengriyada boylik belgilari ko’p bo’lgan.
Masalan: Poytaxtda xizmatkorlar soniga qarab,
Chetroq qishloqlarda otlar soniga qarab bilishgan.
Transilvaniyadagi boy xonadonlarni uzoqdan ham bilsa bo’lgan.
Savol: Qanday bilishgan?

Javob: Uyning mo’risiga qarab!!
Mo’rining uzunligi qancha uzun bo’lsa, boyligi ham shuncha ko’p bo’lgan!

2288. X birinchi marta 1832 yil iyunda Parijda.
1871 yil Fransiya poytaxtida yana bir marta.
1876-yili birinchi marta BBC Rossiyada
1917-yil X bilan birga g’alaba ham qozonishgan.
Diqqat savol: Yuqoridagilarga ahamiyat bergan holda, X- ni ayting.

Javob. Qizil bayroq!
Izoh: 1832-yil iyunda Parij mehnatkashlarining qo’zg’oloni vaqtida barrikadalar uzra hilpiradi.
1871-hil Parij kommunasi kunlari Fransiya poytaxti uzra yana bir bor baland ko’tarildi.
Ishchilar, harbiylar, dehqonlar Qizil bayroq ostida Lenin partiyasi boshchiligida 1917-yil oktyabrda g’alaba qozonildi.

2289. Bu ayol haqida so’z 1861-yildan boshlanadi. Uning onasi fransuz, aristokrat oilasidan chiqqan. Otasi urishqoq Irland bo’lgan.
Savol: Ayolning nomini toping?

Javob: Ketti Skarlett O’Hara.
Amerikalik yozuvchi ayol Margarit Mitchellning «Shamollardà qolgan hislarim» asari.

2290. Quturish kasalligi hamma insonlarda va jonivorlarda uchrashi mumkin. Faqat bir hayvonning immuniteti kuchliligi uchun uni bu kasaldan ozod desa ham bo’ladi.
Savol: U qanday nomlanadi?

Javob: Cho’chqa

2291. Kemalarda dengizga,umuman suvga nisbatan balansini tekshirib turadigan suvdon bo’lgan.
Nega o’sha idish ichiga yog’ solib qo’yishgan?

Javob. Yog’ muzlamaydi shu uchun!

2292. U davlatning dengiz qirg’og’idan tomosha qilsangiz, osmon bilan yer tutashgan joy qorayib ko’rinadi. Shundan u Yevropa davlati bayrog’i rangida qora rang mavjud.
Savol: U qaysi davlat?

Javob: Estoniya

2293. Azaldan O’zbeklar uchun beshik mo’tabar joy hisoblanadi. Beshikka turli ko’zmunchoqlar har xil irim-sirim narsalar osib qo’yishgan. Ayrim chaqaloqlar yotgan beshiklarga belgilar qo’yish rusum bo’lgan.
Savol:Bu belgilar nimani anglatgan?

Javob: Beshikdagi chaqaloq agar qiz bola bo’lsa, unashtirib qo’yishgan. Beshik kerti qilishgan!

2294. Nemis kimyogari Dorn 1900-yili bir kimyoviy elementni kashf etib, o’z familiyasidan kelib chiqib nomlaydi.
Savol: Qanday nomlaydi?

Javob: Radon

2295. Angliyadagi Lestershir grafligida 2 ta boy oila bir o’yinni o’ynashgan. Qizig’i ular daryoning ikki tomonida yashashgan va o’yinni nomlanishiga ko’prik sababchi bo’lgan.
Savol:Ular bu o’yinni nima deb atashgan?

Javob: Bridj
Ingliz tilida bridge — «ko’prik»

2296. Biz qo’llaydigan bir atama mavjud. Uning ildizi dunyoning yetti mo’jizasidan biri bo’lgan. Yunonlarning Kaliy viloyati hukmdorining xilxonasiga borib taqaladi. Bu inshoot shunday dabdabali qurilganki, biz hozirgacha shunday dabdabali binolarni yunon hukmdori nomi bilan ataymiz.
Savol:O’sha hukmdor nomidan kelib chiqqan atamani ayting?

Javob: Hukmdor nomi Мавсол (Mavzol) bo’lgan, shundan Mavzoley atamasi kelib chiqqan.

2297. Bu psixologik savolni yechimi unchalik qiyin ham emas. Bu holatni aks ettirish payti Fransuzlar 4 ta koʻz, Inglizlar 2 ta sigara, Nemislar esa 2 ta peshona kabi soʻzlardan foydalanishar ekan.
Yuqoridagi jumboqni tagiga yetib ayting. Bu holatni biz qanday soʻz bilan ifodalaymiz?

Javob. Ikki yuz, ya’ni yuzma-yuz

2298. Mashhur Grossmeyster Mixail Talda shaxmatchilarga berilmaydigan bir unvon bo’lgan. Unga bu unvon shaxmatda erishgan yutuqlari uchun berilgan.
Savol:Qanday unvon?

Javob: «Xizmat ko’rsatgan artist» unvoni
Shaxmatni san’at darajasiga olib chiqqan!!

2299. Londonliklarni aytishicha, ayrim qish qattiq kelgan yillari u yerda katta-katta yarmarkalar tashkil qilinib, hatto qozonlarda ovqat tayyorlanib xalq juda katta bayramlarni oʻtkazishgan. Hatto u yerda choyxoʻrlik-u, bazm-u jamshidlar oʻtkazilganini huzur bilan eslashadi.
Siz bu bayram boʻlib oʻtgan joy nomini toping?

Javob: Temza!

2300. Shvetsiya ko’chalarida transportlar 1967-yil 3-sentabr kuni 10 daqiqaga to’xtatib turildi. Keyin yana harakat davom etdi.
Savol:1967-yil Shvetsiya ko’chalarida nima sodir bo’lgan?

Javob: Butun Shvetsiya bo’yicha transportlar harakati o’ng tomonga o’tdi.
Ya’ni rul o’ng tomonga o’tadi va o’z-o’zidan harakatlanish ham o’zgargan!