39-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

3801. «Ehtiyot bo‘ling»
Diqqat karikaturaga ko‘ra shifokor nima deb yozmoqda?

Javob: 221
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantiradi: «O‘zingizni ehtiyot qiling»

3802. «Video o‘yin»
Klaudi romani qahramonlari uncha katta bo‘lmagan shaharchada yashaydilar. Shaharchada hayot sekin, aholini istaklari esa bir zaylda va bir xillikda kechadi.
Ushbu shahar aholisini esa «IKS»ga qiyoslashadi.
Diqqat savol: “IKS” deb ataladigan video o‘yinni ayting?

Javob: Zombi

3803. «Futbolkadagi yozuv?»
Ushbu futbolkaning dizayni rassom Kris Tornli tomonidan yaratilgan va muallifning estetik pozisiyasini aniq namoyish etadi.
Diqqat, rasmda yashirilgan so‘zni yozing, bu so‘z tarkibida siz Yevropa futbol klubining nomini topishingiz mumkin?

Javob: Realism
Izoh: Rassomlikda realizm rasmning real hayotdagi aksini ifodalaydi. E’tiboringiz markazidagi yurak shakli ham haqiqiy.

3804. Bir kuni bir odam ulug’ donishmandlardan birining oldiga kelib savol berdi:
-Xurmatli janob, aytingchi, odamzodning qancha aybi bor ekan?
U donishmand javob berdi:
-Odamzotning ayblari shunchalar ko’pki, ularni sanab sanog’iga yetolmaysiz. Ammo insonda bir hislat borki, u inson bolasining barcha ayblarini yopib turadi.
Diqqat savol: Donishmand aytgan o’sha hislat qaysi?

Javob: Tilni tiyish

3805. Arastu uni 8 xili bo’ladi degan Karl Linney XVIII asrga kelib ularni 9 xili ekanligini aytadi. XX asr boshida yashagan olmon Gans Xenninig uni asosan 4 xili borligini shu 4 xilidan ajralib chiqqanlari nihoyatda ko‘p ekanini yozgan. Demak uni asosi 4 xil aynan shu 4 xilini hammamiz har kuni bir necha marotabadan seza olamiz. Shu asosiy 4 xilini hosil qilish o‘z qo’limizda.
Savol: Nimani 4 xili to‘g‘risida gap boryapti?

Javob: Ta‘m bilish haqda edi. Ya‘ni achchiq, shirin , sho‘r va nordon

3806. Estoniyada 18 yoshga toʻlmaganlar undan foydalansa 15 sutka qamoq jazosi  qo’llanadi. Bizda u bolalar uchun qiziqarli o’yinchoq,Yigitlar uchun sevgilisiga beradigan  ajoyib sovg’a, Qariyalar esa u narsani umuman xushlamaydi. Fransuz faylasufi Jan  Demorgan u haqida shunday degan: U yoshlar ongini taraqqiy etishida va  qariyalarni hayotga qiziqishini qaytarishda  juda effektiv quroldir 92% Ayol undan  foydalanadi har kuni 8%i esa undan foydalana olmaydi chunki ularning 3%  nogiron qolgan 5% ruhiy kasal demak, faqat  sog’ ayol undan foydalanadi. Erkaklar 100% i  foydalanadi. Shakli va rangi xohishiga qarab o’zgaradi.
Diqqat savol: u nima?

Javob: Atir

3807. Ma‘lumotlarga ko‘ra odamlarning 2% i, Bu ishni qiladi, 3%i Bu ishni qilyapman deb o‘ylaydi, 95% i uchun esa Bu ishni qilgandan o‘lgan afzal. Hurmatli bilimdonlar, siz uchun Bu ishni qilish koni foyda ekanligini bilgan holda Bu ish nima ekanligini toping?
Javob: O’ylash

3808. Yigit va qiz sovutilgan ichimlikdan ichishdi . Unda zahar bor edi .Yigit muzli ichimlikni avval qiz esa bir necha daqiqadan keyin ichdi . Ularning ikkovi ham zahar borligini bilishmasdi.Lekin yigit o’lmadi qiz esa shu zahoti vafot etdi. Aytingchi ular qanday zaharlanishdi?
Javob: Zahar muz ichida edi.

3809. U his har insonda bor, tug’ilgandayoq insonga hamroh bo’ladi, uning oxiri yo’q! Bazida yaxshi, bazida esa dilni vayron qiladi, alam bilan do’stlashtiradi! Inson xohlasada voz kecholmaydi, izmidan chiqolmaydi! Muhabbat vaqtlar o’tib yo’qolishi mumkindir, ammo u inson umri qadar yashaydi!
Savol: Gap nima haqida?

Javob: G’urur

3810. XIX asrning rassomlaridan biri o’zi chizgan rasmlaridan birida bolalarni jar yoqasida o’ynayotgan tasvirini tasvirlaydi. Ammo u rasmda yana bir X narsani ham tasvirlaydi. O’sha narsa tufayli jar yoqasida o’ynayotgan bolalardan xavotir olmaydi. U narsa ko’zga ko’rinmaydi ammo rassom o’zidan kelib chiqib tasvirlagan.
Savol: X narsa nima?

Javob: Farishta

3811. Sharq She’riyatida shoirlarning uch turi keltirib o’tiladi va iste’dodli shoirlar bulbulga, iste’dodsiz shoirlar qarg’aga o’xshatilgan. Uchinchi turdagilar to’tiga o’xshatilgan.
Diqqat Savol: Kimlar to’tiga o’xshatilgan?

Javob: Plagiatorlar (ko’chirmachilar)

3812. Onasi va qizining yoshlari yig’indisi 48. Onasi qizining yoshida bo’lganida, qizining tug’ilishiga hali 6 yil bor edi. Onasi qizi tug’ilganida necha yoshdi bo’lgan?
Javob: 20 yosh

3813. X — oy bo’ladi, yil bo’ladi
Tankni tankka ko’paytirsa -kul bo’ladi
Dunyo qachon bo’ston bo’lar gul bo’ladi
Adabiyot o’ylayverib sil bo’ladi.
M. Yusufning Ushbu she’ridagi X ni toping?

Javob: Matematika
Izoh: «Matematika darsida» nomli she’ridan parcha

3814. Neyroshunoslarning ta’kidlashicha, gamma inson miyasining to’liq ishlashi uchun juda muhimdir. Aniqlanishicha, gamma ba’zi ichki bo’limlardagi asab hujayralarining ko’payishiga va miyaning rivojlanishiga yordam beradi.
Gamma-?

Javob: Sukut saqlash

3815. Abu Ali ibn Sino bemorlarni dardiga qarab har xil mashqlar belgilab bergan. Masalan, parishonxotir, skleroz kasalligi bilan og’riganlar uchun belanchakda uchishni, Me’dasi sovib ko’chgan ya’ni sakta paydo bo’lgan bemorlarga qayiqda uchishni maslahat bergan. Hakim ibn Sino tana a’zolaridan biri zaiflashgan bemorlarga aravada teskari o’tirib sayr qilishni maslahat bergan. Aravada teskari o’tirib sayr qilish kimlar uchun foydali?
Javob: Abu Ali ibn Sino bu yo’lni ko’zi zaif va hiralashgan bemorlarga foyda beradi deb hisoblagan.

3816. U insonga juda kerak narsa, lekin uni hech kim sotib ololmaydi, yana bir narsa borki u insonda boru ammo o’ziga kerak emas, lekin uni ham hech kimga sota olmaydi. U NARSALAR nima?
Javob: Yoshlik va Qarilik

3817. Amerika dengiz kuchlarida shunday psixologik savol bor va undan ko‘pchilik o‘ta olmaydi. U quyidagicha: nishonda Mina ko‘targan bola va qurol tutgan jangari bor VA ularning qaysi o‘ta xavfli siz uchun?
Javob: Bola
Izoh: Chunki uning qo‘lidagi qurolning portlashi Katta maydonga t‘asir qiladi.

3818. Abu Nasr Forobiydan shunday naql qolgan ekan: » Tarix-xotiraning o’g’lidir, she’riyat- tasavvurning qizidir, u esa- idrokning farzandidir».
Savol: Idrokning farzandi deganda nima nazarda tutilgan?

Javob: Falsafa

3819. Uni​​​ston Cherchill:
Omad haqidagi gaplaridan birida shunday degan ekan: Sogʻliq va boylik tilamang, omad tilang, axir U yerda barcha boy va sogʻlom edi, ammo omad esa kamchilikka kulib boqdi.
Diqqat savol: U yerni menga yozib bering?

Javob: Titanik kemasi

3820. Rus shifokori-Podvoyskiy uni quydagicha ta’riflagan:
U diplomsiz, muhrsiz,
kabinetsiz va bepul davolovchi vrachdir, ayniqsa ertalab soat 10:00 gacha yosh bolalar uchun foydasi katta. U nima?

Javob: Quyosh

3821. Albatta, deyarli barcha narsaning oxiri, tugashi bor.
Masalan, tog’ ham, sahro-yu ummonlar ham qayerdadir tugaydi.
Hatto quyosh nur sochishi-yu moviy osmonda ham yakun bor.
Ammo ….. da chegara, sarhad yo’q.
Nuqatalar o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Tafakkur, Xayol

3822. IMOM AL-BUXORIY vafot etgan qishloq qaysi?
Javob: Xartang qishlog’ida
Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shahri, Xartang qishlag‘ida

3823. Suriyadagi bir bolakaydan so’rashdi:
-Katta bo’lsang kim bo’lasan?
Bolakay aytdi:
-Men ham ….. ………
Savol: Nuqtalar o’rnini to’ldiring?

Javob: katta bo‘lamanmi

3824. X — velosiped haydashga o’xshaydi. Muvozanatingizni saqlash uchun, harakat qilishda davom etishing kerak.
X ni toping?

Javob: Hayot

3825. Hazil savol
Tasavvur qiling olma yemoqdasiz olmani tishlaganizda ichidan qurt chiqsa bu yomon holat, agarda olmani tishlaganizda ichidan «U» chiqsa bu undanda yomon holat.
Savol «U» ni ikki so’zda ifodalang?

Javob: Qurtning yarmi

3826. Ba’zi manbalarda keltirilishiga qaraganda, hali texnika rivojlanmagan davrda dengizchilar, ta’kidlash kerakki, ingliz dengizchilari o’sha davrda ham dengizda yelkanli kemalarning urulib ketishini oldini olish uchun antiqa g’oya o’ylab topishgan. Bu g’oyada hayvon ham ishtirok etishini inobatga olib ayting-chi, bu qanday g’oya edi?
JAVOB: Kemaga cho’chqa olib yurishgan. Cho’chqalar ko’p chiyillaydi, hatto, bir necha soat tinmasdan. Ularning ovozi bir necha kilometrga boradi. Ingliz dengizchilari diyilishi esa Angliya dengizlarida muntazam tuman tushadi

3827. Uinston Cherchil: biz ularga tenglashishimiz uchun EVERESTni qo’l bilan barpo etishimiz kerak,-deb aytgan,haqiqatdan ham ularning mehnatiga qoyil qolishimiz kerak
Xo‘sh Cherchil qaysi quruvchilarga shu ta’rifni bergan?

Javob: Chumoli

3828. Bu narsa kafe, oshxonalarda ko‘p bo’ladi. Bu narsa oylik-maosh va mablag’imizni tejashga xizmat qiladi.
(Ayniqsa studentlar uchun)
U nima?

Javob: O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish.

3829. Dunyodagi eng aqlli jonzot, bu albatta inson. Yetuklik borasida insonga hech bir jonzot tenglasha olmaydi. Lekin inson ham boshqa jonzotlar singari xom sut emgan. U ham adashishi, bir gapni aytib ikkinchi ishni bajarishi mumkin. Masalan, o’z fikridan qaytishi mumkin. Bu borada bugungi kishilar ayniqsa usta bo’lib ketishgan. Xuddi shu masalaga zamonaviy ingliz shoiri Devid Louell ajoyib o’xshatish qilgan. “Faqat ahmoqlar bilan ulargina o’z fikrlaridan qaytishmaydi” deb.
Diqqat Savol: Ahmoqlar bilan yana kimlar o’z fikrlaridan qayta olmaydi?

Javob: Murdalar (o‘lgan insonlar)

3830. Uni qachon, kim tomonidan yaratilgani aniqmasu lekin o‘zbeklar turmushini u siz tasavvur qilish qiyin. U har bir uyda bor. Bir mashhur shoir uni boshiga kiygan odam haqida ham gapiradi.
Demak U ni toping?

Javob: Tandir

3831. Inson unga yuqoridan qarasa dushmandek ko‘radi,
Pastdan qarasa do’stidek ko‘radi?
Uni krill alifbosidagi to‘rtinchi, raqamdagi harfdan ham tanib olishingiz mumkin.
Ho‘sh: Inson nimani shunaqa ko‘radi?

Javob: Ot.
Izoh: Ko’pkariga kirganida otga nisbatan ayamasdan dushmandek bo’ladi
Uyida esa o’zini do’stidek boqadi
Shaxmatdagi Г yurish otga tegishli.

3832. Mashhur buyuk rassom Leonardo Da Vinchining hamma bilgan surati «Mona Liza» tasvirida ayolning qoshlari suratda aks ettirilmagan. Buning sababini rassom unitib qoldirgan desak yanglishgan bo’lamiz.
Demak: Nega tasvirda ayolni qoshlari aks ettirilmagan?

Javob: Beva bo‘lganligi va chiroyliligi uchun qoshlarini ham qirib yurgan.
Chunki tasvirlangan davrda beva ayollar qoshlarini terib tashlashgan rassom «Mona Liza» bevaligini tasvirlagan.

3833. Gamma- ni tarixiy jihatdan XIX asr oxirida G.Laleti tomidan kashf etilgani aytiladi.
Kimyogarlar uchun esa GAMMA bu- C ,SiO2, Fe ( Mn P S)
Biologlar uchun esa inson qo’li bilan yaratilgan oddiy birikma.
Matematiklarga gamma haqida gapirsangiz bizga aloqasi yo’q deb javob yuboradi
Arxitektorlar uchun esa Ushbu gamma fandir.
Gamma ni toping?

Javob: Temir beton

3834. XX asrda insoniyat juda katta yangiliklarning shohidi bo‘ldi. Ana shunday yangiliklardan biri DNK analizi orqali farzand otasini aniqlashtirishdir. Deyarli 99% DNK analizlari to‘g‘ri chiqadi. Faqat bir holatda otani adashtirib qo‘yadi.
Qanday holatda DNK ham otani aniqlayolmaydi?

Javob: Ota egizak bo’lgan holatda

3835. Chaqaloq=21-22
1 yosh=16 -17
7-yosh= 12-13
14-yosh=10
Kattalar-=8
Bu raqamlar nimani bildirishini toping?

Javob: uyqu normasi

3836. Odatda juda ko’p bora o’z darvozasini tark etishi uchun germaniyalik «goalkeeper» Manuel Noyerga muhlislar shunday laqab qo’yishgan. Bu laqab futbolga oid 2 so’zdan iboratligi va yuqoridagi hislatlarga mos tushishini inobatga olgan holda bu laqabni toping?
Javob: So‘ngi himoyachi

3837. «Sherzod qattiq kuyundi. Lekin ichidan o’tganini xech kimga oshkor qilmadi. Uning eng ishonchli sirdoshi bor edi. Og’ir paytlarda shu sirdoshidan yupanch topardi. Shodon pallada ham quvonchini shu sirdoshi bilan baham ko’rardi. Bu — uning ……….. edi.?
Savol: Ushbu badiiy asardan olingan parchani oxirgi jumlasini to’ldiring?

Javob: Qalam
Izoh: Bu badiiy parcha O’tkir Hoshimovning ilk romani «Nur borki soya bor» asaridan olingan edi. Ko’pchilik o’qigan bo’lsa kerak. Asar qahramoni Sherzod qalami o’tkir yozuvchi bo’ladi…

3838. Bir o’zbek asarida o’qigandim, Unda bir nafaqadagi Organ hodimi o’g’liga shunday dakki berardi: «Sen tug’ilganingda juda hursand bo’lganman va  «Karl Marks, Friedrix Engels, Vladimir Lenin, Josef Stalin» shularga o’xshab yursin deb ismingni «……….» deb qo’yganman»
Savol: O’g’ilning ismini toping?
Yordam: Bir mashxur o’zbek rejissorining ismi aynan shunday.!

Javob: MELS
ɪᴢᴏʜ: Bu ism, familiyalar bosh harfalaridan olingan, ya’ni Marks, Engels, Lenin, Stalin. Rejissor Mels Abzalov.
O’zbek asari esa O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» asari edi…!

3839. Oisha roziyallohu anhu taomlanmoqchi bo’lganlarida bir hayvon taomlaridan yeb turganini ko’rib qoldilar. Shu payt Rasulullohu sallollohu alayhi vassalam ushbu hayvon tekkan suvni halol deganlari eslariga tushib o’sha taomni yeyaverdilar. Masjidga kirib chiqishi mumkin bo’lgan yagona hayvon ham shudir.
Savol: Ushbu hayvonning nomini toping?

Javob: Mushuk

3840. U Turkiston xalqlari orasida, ayniqsa O’zbekiston va Tojikiston hududlarida milliy kiyim turiga aylangan. U qadimdan Eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan bo’lib, hozirda O’zbekistonda Undan ko’proq tadbirlarda foydalanishadi. Shuningdek, shoir Muhammad Yusuf esa bugungi kunda Undan doimiy tarzda foydalanishmay qo’yganligidan xafa bo’lgandi.
Demak, U ni aytib bering?

Javob: Do’ppi

3841. «Bu» moslamani qush yoki boshqa ovlanadigan hayvonlarga qarshi «qoʻllashadi». Asosan «u»ni yerga, daraxtlar va butalar ustiga, oʻtlar orasiga, ariqlarga, qushlar yuradigan yoʻlkalarga qoʻyiladi. uning ilk ajdodini Ruminiya va Ukrainada 
taxminan 2750 yil oldin ishlatishgani haqida maʼlumotlar bor.
Marhamat «u» ni yozib bering?

Javob: Tuzoq

3842. Juda koʻp hayvonlarni ota-onasini nomi boshqa, bolasini nomi boshqa boʻladi. Men sizdan soʻramoqchi boʻlgan jonzotni ham ota-onasini nomi boshqa ,»u» ni nomi boshqa. «U»ni 6 oylikkacha boʻlgan paytgacha shunday nomlananadi. Uning yirik zotligining og‘irligi tug‘ilishda 35–45 kg, mayda zotlisining og‘irligi 25–35 kg bo‘ladi. Yaxshi parvarish qilinsa 6 oyligida vazni 120-150kg ga yetadi.
Marhamat, uni yozib bering.?
Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki bu jonzot «7 xazina»ni biridir.

Javob: Buzoq

3843. Dunyo olimlarining statistik izlanishlariga qaraganda, yer yuzidagi aholilarning ko’plariga, «3» hil holat mutloqo yoqmasligini aniqlashibdi.
1. Yolg’on so’z,
2. Tuxmat qilish
3-?
3-holatni toping?

Javob: pasportdagi rasm

3844. Unga berilgan ta’riflar juda ko‘p. Kimdir uni daryoga o‘xshatgan, kimdir esa odamlar madaniy xordiq chiqaradigan joyga. Yana u haqida «qo‘shilgani sari kamayadi» degan ajoyib naql bor. Marxamat, uni yozib bering?
Javob: Umr

3845. Bir uzun yo’l bo’ylab ketma-ket 17 ta ustun o’rnatilgan, har bir ustundan keyingi ustungacha bo’lgan masofa 1500 metrga teng. Uchinchi ustundan o’n yettinchi ustungacha necha km. masofaga teng?
Javob: 21 km

3846. Sandiqdagi bu narsani yevropaliklar ayol deydi. Arab mamlakatlarida esa erkak deyishadi. Bunga sabab u yerlarda ayol nozik va uyda o’tiradigan hisoblanadi. Bu sandiqdagi esa xohlagan joyiga yurishi xohlasa biron kimni urushi mumkin .
Diqqat savol: Sandiqchada nima bor?

Javob: Shaxmatdagi Farzin

3847. Fors donishmandlari fikricha, saltanatda har doim egri va qing‘ir ishlarni qiluvchi amaldorlar shoh yonidan joy olishgan. To‘g‘riso‘z va vijdonli insonlar esa doimo chetda qolib ketishgan.
Diqqat savol: Donishmandlar o‘zlarining bu fikriga isbot sifatida nimani misol qilib keltirishgan?

Javob: Shaxmat doskasi.
Izoh: To‘g‘riso‘z, ya’ni faqat to‘g‘riga yuruvchi to‘ra shohdan uzoqda, eng chekkadan joy olgan, aksincha ot, fil va farzin esa shohning yonginasidan joy olgan. Donishmandlar misol tariqasida, shahmat doskasini eslab o‘tishgan

3848. Sigir, o’rgimchak, chumoli. Bu hayvonlarni bir joyda bo’lishi ajablanarli bo’lishi mumkin. Lekin bir «mo’jiza» tufayli ular bir joyda turadi.
Diqqat savol: Qayerda.?

Javob: «Qur’oni Karim» da
Izoh: Bu hayvonlar suralar tarjimasi edi. Ya’ni: Sigir-Baqara, O’rgimchak-Ankabut, Chumoli-Naml.

3849. Agar bir songa 7 ni qo’shib, yig’indini 7 ga bo’lib, bo’linmadan 7 ni ayirib, 7 ga ko’paytirilsa, natijada 7 hosil bo’ladi.
Diqqat Savol: Bu qaysi son?

Javob: 49

3850. Fransiya 33
B.Britaniya 44
Germaniya 45
Gretsiya 30
Norvegiya 47
Polsha 48
Italiya 39
Diqqat savol: Bu ko’rsatkichlar nima ekanligini bilgan holda. Uning O’zbekistonda nechiga teng ekanligini toping?

Javob: +998

3851. Sichqonlar tabiatan ancha qo’rqoq va ehtiyotkor jonivor. Ular momoqaldiroqdan juda qo’rqadi. Bu tabiiy holat. Ammo kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, momoqaldiroqdan qo’rqmaydigan jasur sichqonlar ham bor. Ular kar emas yana bir qiziq tomoni ularning yashash joyi bir xil.
Diqqat savol Momoqaldiroqdan qo’rqmaydigan sichqonlar qayerda yashaydi?

Javob: Tegirmonda yashaydigon sichqonlar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4099?comment=13885)

3852. Shifokordan umri oz qolganini eshitganda hamma turlicha ish bilan, hayol bilan mashg’ul bo’ladi.
➖Pessimist bo’kkuncha ichadi.
➖Optimist boshqa shifokorga boradi.
Diqqat Savol: Bu holatda Realist nima qiladi?

Javob: Vasiyatnoma yozadi

3853. Dunyoda dollarlar ko’p. Tasavvur qiling qo’lingizga bir dollarlik tanga tushib qoldi.Unda Angliya qirolichasi Yelezavettani surati tushurilgan. Tangani ikkinchi tomonida halokatga yo’liqayotgan kema tasvirlangan. Bu qaysi davlat tangasi ekanligi bizni uncha qiziqtirmaydi.
Diqqat savol: Bir qarashda bu tanga boshqa tangalardan nimasi bilan ajralib turadi?

Javob: Tangalar uchburchak shaklda (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4101?comment=13906).
Izoh: Ushbu tangalar bermud orollariga tegishli va ular uchburchak shaklda

3854. Shahloning yoshi X agar 13 yildan keyin uning yoshidan 2 ni ayirsak, 3 ga bo’linadi.Agar 3 ni ayirsak, 2 ga bo’linadi. Agar unga 4 ni qo’shsak 5 ga bo’linadi. Agar 5 ni ayirsak 4 ga bo’linadi.Agar unga 5 ni ayirsak 6 ga bolinadi. 6 ni ayirsak 5 ga bo’linadi.7 ni qo’shsak 8 ga bo’linadi.8 ni qo’shsak 7 ga bo’linadi.
Diqqat savol: Shahloning hozirgi yoshini toping?

Javob: 28

3855. 1926-yilda Amerikada ochilgan bu avtomagistral oʻzining yuqori oʻlim darajasi va sirli hodisalarga boyligi bilan ajralib turardi. 2003-yilda insonlardagi qo’rquvni kamaytirish uchun magistral raqami «491» ga oʻzgartirildi.
Diqqat savol, magistral ungacha qaysi raqamda xizmat koʻrsatganligini ayting?

Javob: 666

3856. Shoir Erkin Vohidovning she’rini eshiting:
She’riyatning timsoli – qalam,
U haqda-ku she’rlar behisob,
Ey shoirlar, bitganda kitob
Eslab qo‘ying buni ham.
Busiz bo‘lmas she’ringiz ravon,
Busiz qilmas satrlar xanda,
Siz qalamga she’r aytganda,
Bunga bag‘ishlang doston.
Diqqat Savol: Shoir bu deganda qaysi o’quv qurolini nazarda tutgan?

Javob: O’chirg’ich

3857. Laroshfukoni shunday so’zlari bor: «Meni hayot tajribamga ko’ra ikki narsaga tik qarab turib bo’lmaydi, birinchisi o’limga, ikkinchisi…..
Diqqat savol: u ikkinchisi deganda nimani nazarda tutgan?

Javob: Quyoshga

3858. Ushbu predmet yaratilishi Xitoy davlatiga borib taqaladi. Qadimda hindlarda uni 82 sindurli qiz deb ta’rif berilgan. Fransuzlarda uni o’zi kichik dahshati kuchli deb ta’rif berilgan. Bizning yurtimizda ham juda rivojlangan predmetdir. Ammo hindlarning ta’rifi bizga hozirda umuman to’g’ri kelmaydi.
Diqqat savol: Ushbu predmet nomini toping?

Javob: Gugurt

3859. Bir yigit bilan qiz bir birini yaxshi ko’rishar ekan. Yigitning ismi o’ng tarafdan o’qisang ham, chap tarafdan o’qisang ham bir xil ekan. Qizning ismini ham o’ng tarafdan o’qisang ham, chap tarafdan o’qisang ham bir xil ekan. Yigit qizga meva otibdi, otgan mevasini nomi ham o’ng tarafdan o’qisang ham, chap tarafdan o’qisang ham bir xil ekan. Meva qizning tana a’zolaridan biriga tekgan, u tana azosini ham o’ng tarafdan o’qisang ham, chap tarafdan o’qisang ham bir xil ekan.
Diqqat savol. Yigitni va qizni ismini, meva va tana a’zosini toping?

Javob: Tal’aT
AzizA
TuT
QovoQ

3860. Tasavvur qiling siz doktorsiz! Sizni huzuringizga davolanishga kelgan bemorlar hecham o’zlari yolg’iz kelmaydi. O’zlari kelmasligini sababi balki dardini tushuntirolmas, balki yo’lni topib kelolmas.
Savol: Sizni sohangiz qanday?

Javob: Veterinar
Qabul: Pediatr

3861. Karantin davri ko’pchilikka bir imkon bo’ldi desak adashmaymiz albatta, men ham shu kabi bazi narsalar haqida o’ylab ko’rdim va har kuni ishga borish yo’llarimni o’ylab xa X larning soni juda ko’p ekan dedimu, ammo zudlik bilan fikrimni o’zgartirdim. Keyin kulimsirab X lar asosan 2 ta xalos ekanku deb qo’ydim.
Diqqat Savol:Siz X larni topgan bo’lsangiz, Uni asosini tashkil qiluvchi 2 usulini yozib bering?

Javob: Oʻngga va Chapga burilish! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4113?comment=14063)
Izoh: X lar burilishlar edi, bizning hayotimizda qancha koʻp burilishlarni koʻrmaylik barchasi chapga yoki oʻngga burilishdan iborat boʻladi.

3862. 13 yoshdan 18 yoshgacha bo’lganlarning 43% foizi «U» dan foydalanar ekan. Ba’zida men ham do’stlarimdan aynan «U» ni so’rab turaman, garchi u gigiyena qoidalari bo’yicha bir kishi ishlatishi kerak bo’lgan mahsulotlar toifasiga kirsa ham. Xatto Me’yoridan ortiq foydalanish zarar bo‘lsa ham.
Diqqat savol «u» ni toping?

Javob: Quloqchin Naushnik

3863. Menincha bu aforizm ayol kishiga tegishli bo’lsa kerak
Aforizmga ko’ra, agar barcha erkaklar kundalik hayotda xuddi X paytidagidek sabrli, e’tiborli, kamgap bo’lganlarida edi, hayotimiz bundan ancha go’zalroq bo’lardi.
Diqqat savol: X ni ikki so’z bilan ayting?

Javob: Baliq ovi

3864. Ular bir-birlarini juda yaxshi ko’rishardi. Ular bir kasb egalari, bir joyda ishlashardi. Ularga hamma havas bilan qarar edi. Bir kuni qiz yigitdan so’radi: «Siz meni yaxshi ko’rasizmi?». Yigit javob bermadi. Qiz yana so’radi, yigit yana javob bermadi. Qiz oxirgi marta so’radi. Yigit jon holatda javob berdi: «Haaaa». Shu zahotiyoq ikkisi ham o’ldi. Diqqat savol: Ular qaysi kasb egalari edi?
Javob: Sirk akrobatlari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4116?comment=14097)
Izoh: Ular dor ustida bo’lgan.
Ular mashq qilishayotgandi. Qiz birdan so’raganda bola javob berolmagan. Oxiri bola baqirib yuborganda ular muvozanatni yo’qotib, jon bergan

3865. Parkent o’zining shirindan-shakar mevalari, ayniqsa uzumi bilan mashhur. Dehqon uzumini sotayotgan paytda uzumda qora rang, mazali ta’m, sochiluvchan g’ujumlar va albatta «U» bo’lishi kerak. Agar uzum ming karra qora, ming karra shirin, ming karra sochilgan g’ujumli bo’lmasin «U» bo’lmasa savdogarlar bu uzumni olishmaydi.
Diqqat savol: Uzum uchun yana bir muhim ko’rsatkichni toping?

Javob: Chang

3866. Osetin xalq maqolida «O‘g‘ri va bo‘rining” o‘xshash tomoni ko‘rsatiladi. Bu o‘xshashlikka ko‘ra — Ikkisi ham «UNDAN» qo‘riqishadi.
Xurmatli bilimdonlar, aytingchi maqolga ko‘ra — o‘g‘ri va bo‘ri aynan nimadan qo‘rqishadi?

Javob: Yorug‘lik.
’’Bo‘ri ham o‘g‘ri ham yorug‘likdan qo‘rqad’’i.
Osetin xalqi bu maqolni , tegishli vaqtda kinoya sifatida qo‘llashadi.

3867. Nega azal azaldan 3 raqami turmushimizda ko‘p ishlatiladi. Masalan, Uchquduq, Uchko‘prik kabi joy nomlari; kinoteatr, konsertlarda 3 marta qo‘ng‘iroq chalinishi, uch marta qo‘l yuvish; uch marta choy qaytarish; 1,2,3 deb start berilishi; ertaklarda 3 ta yo‘l uchrashi va hakozo. Uch bilan bog‘liq sirli qonun qoidalarning paydo bo‘lish tarixi juda qadimga borib taqaladi
Savol: Nega azaldan 3 soni ko‘p ishlatiladi.?

Javob: Qadimgi sanoq tizimida uch soni bir necha ming yillar davomida eng so‘nggi raqam bo‘lgan.

3868. Atsteklar bunday o’lgan odamni jannat kutadi, deyishgan. Qadimgi rimliklar esa bunday o’lganlarni dafn etishmagan.
Savol: qanday o’lganlarni?

Javob: Chaqmoq urishi natijasida o‘lgan bo‘lsa

3869. Besh o’rtoq Ali, Vali, Salim, Karim va Damir sayohatga chiqishdi.Ular ikkitasini navbatchilikga tanlashlari kerak, Ular doim ikkitadan navbatchilikda turishgan bo’lsa ularni necha xil usulda navbatchilik qilishlarini toping.
Navbatchilik juftligi takrorlanmasligi kerak
Savol oson bo’lganligi uchun har bir kishidan bir javob qabul?

Javob: 10 xil
Izoh:
1-Ali, Vali 9—Vali, Salim
2-Ali, Salim 10-Vali, Karim
3-Ali, Karim
4-Ali, Damir
5-Salim, Damir
6-Karim, Damir
7-Salim, Karim
8-Vali, Damir

3870. Ezop masallaridan:
Bir bo’zchi bir uyda yolg’iz o’zi turardi. Yana bir hunar egasi bo’lmish tanishi uning oldiga kelib: “Birga turaylik, ijara puli ham arzonga tushadi”, deydi. Lekin bo’zchi: “Buning iloji yo’q, mening bo’zlarimni sen iflos qilib qo’yasan, bizning kasbimiz bir-biriga nomuvofiq”, deydi.
Uning tanishi nima ish bilan shug’ullangan?

Javob: Ko’mirchi

3871. Uylarga santexnika jihozlarini o‘rnatish va SUV quvurlarini ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi firma nomi inglizcha 5 harfli so‘zdan olingan bo‘lib, faqatgina bitta farqi 1 va 2-harflari orasiga bir raqam qo‘yilgan. Tashkilotchilar bu nom bilan o‘z faoliyatini kengroq yoritib bera olishgan. Siz o‘sha nomni yozib bering?
Javob: H2Ouse
Izoh: Firma nomi inglizcha “House” (uy) so‘zidan olingan bo‘lib, 2 raqamini qo‘yilishi orqali suvning ximik formulasini ham ifodalashgan

3872. Butun dunyоdа hоzir terrоrizmgа qаrshi аmаllаr оlib bоrilmоqdа. Jumlаdаn, O‘zbekistоndа hаm, Irlаndiyаdа hаm bu dаstur ishlаb chiqilgаn. O‘shа dаsturgа binоаn Irlаndiyаdagi аerоpоrt vа vоkzаllаrdа UNING xizmаtidаn vоz kechilgаn. O‘zi оddiy narsa bo‘lsа hаm kаttа xаvf sоlishi mumkin deb o‘ylаshgаn.
DIQQAT SAVOL : Terroristlar portlovchi modda solib ketishi mumkin bo‘lgan U narsa nima edi?

Javob: Axlat qutilari

3873. Aytishlaricha ayollar erkaklarni ko’rganda birinchi navbatda Unga e’tibor berishar ekan. U esperanto tilida «ringofingro» deyiladi. U ni ikki so’zda ayting?
Javob: Nomsiz barmoq.
(Erkak uylanganmi yo’qmi deb qarashar ekan)
Ring-uzuk. Finger-barmoq

3874. Bu brendga 1919-yil Konrad tomonidan asos solindi. Hozirgi kunda mashhur brendlardan biri bo’lib, tarkibiga 5100 ta mexmonxona va kurortlarni oladi. Ishonchli manbalarga tayanadigan bo’lsak, Margarita kokteyli birinchi marotaba aynan ushbu mexmonxonada ommalashgan. Bu brendga tegishli mexmonxona poytaxtimizda ham qad rostladi.
Diqqat savol: Gap qaysi brend haqida borayotganini topgan bo’lsangiz, biz uni poytaxtimizning qayerida ko’rishimiz mumkinligini ayting?

Javob: Toshkent Cityda!
Izoh: Gap Hilton mexmonxonasi haqida bormoqda!

3875. Koʻpchilik filmlarda qishki saxnalarni yozda olishga toʻgʻri keladi. Bunda sunʼiy qor tashkil qilinsa, aktyorlar qalin kiyim kiyishsa boʻldi. Baʼzida esa yozgi saxnalarni qishda suratga olishga toʻgʻri keladi. Bunda esa toʻgʻridan toʻgʻri suratga olib boʻlmaydi. Chunki nafas olganda odam ogʻzidan bugʻ chiqadi. Bugʻ chiqishini oldini olish uchun esa aktyorlarga bir narsa beriladi.
Diqqat Savol: Aktyorlarga bug’ chiqmasligi uchun nima berishini toping?

Javob: Muzqaymoq
Sovuq suv, muz javoblari ham qabul qilinadi.

3876. Agar insonda g’am-tashvish bo’lmasa insonda U kuzatiladi. Tibet tabobatchilari gullarning xushbo’y hidi odamda U ni yuzaga keltiradi deb ta’rif berishadi.
Diqqat savol: U ning nima ekanligini bir so’z bilan ayting?

Javob: Semizlik

3877. Qadimda yaxshi hosil olmoqchi boʻlishsa U bilan mevali daraxtni urishgan. Mol qo’ylarni yaylovga olib chiqish vaqtida molxona ostonasiga U ni qoʻyishgan. Qurgʻoqchilik paytida, yomg’ir chaqirish maqsadida U ni quduqqa tashlashgan. Rus ertaklarida U yovuz qahramonning quroli,ingliz yozuvchisi ham bir qator romanlarida U ni nomini tilga olga.
Uni toping?

Javob: Supurgi

3878. Mavlono Fuzuliy: «Mening bitta umrim bor, agar mingta umrim bo’lganda ham hammasini unga sarflagan bo’lar edim». Bu fikrni Najmiddin Kubro o’z jasorati bilan amalda ko’rsatib bergan.
Sizlar esa o’z bilimingizga tayangan holda Fuzuliy umrini nimaga sarflashni maqsad qilganini ayting.?

Javob: Vatanga

3879. Biz hayotimiz davomida juda ko’p telefonda gaplashamiz shunday emasmi? Misol uchun kimdir Amerika bilan yana kimdir Rassiya va hakozo.
Lekin Rechart Nikson
Qilgan qo’ng’iroq ya’ni 21•05•1969-yilda qayd etilgan bu qo’ng’iroq barcha qo’ng’iroqlardan bir jihati bilan farq qilgan ya’ni U eng Uzoq masofaga qilingan qo’ng’iroq sifatida qayd etilgan.
Diqqat Savol: U Qayerga qo’ng’iroq qilgan edi?

Javob: Oyga

3880. Bu rasmda hammamizga tanish bo’lgan Tojmahal surati berilgan. Agar yaxshilab e’tibor bersangiz, ushbu obida atrofidagi to’rt minoraning tashqi tomonga biroz egilganiga guvoh bo’lasiz. Bu xatolik emas, ustalar tomonidan o’ylangan bir rejadir.
Savol: Nega 4 minora bunday sal qiyalatib qurilgan?

Javob: Zilzila yoki boshqa tabiat hodisalari tufayli minoralar qulaydigan bo‘lsa asosiy bino maqbarani ustiga tushmasligi uchun

3881. Imom al-Buxoriyning “Al-jome as-sahih” kitobidan:
Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v dan so‘radilar: Xislatlarning qaysilari islom dinida eng yaxshidir? Payg‘ambarimiz: «Ochlarni qornini toyg‘azish va u ishni qilishdir» deb javob berdilar.
U qaysi ish?

Javob: Tanigan va tanimaganga salom berishdir.
Izoh: Muqaddas dinimizni ikkinchi arkoni – namozdir. Namoz so‘ngida esa doimo salom bilan namozga yakun yasaladi. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v ham tanigan tanimaganga salom berish dinimizdagi eng yaxshi xislatdir deb aytgan.

3882. U kelinchakning o’zginasi.
Boshidagi oq shoxi ro’mol, egnidagi uzun, etaklari pirpiroq oq shoxi ko’ylak ham faqat kelinlarga xos.
Savol: O’zbekiston Xalq yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyev nimaga bunday ta’rif bergan?

Javob: Ipak Qurti

3883. Olimjon Hayitning “Tiriklay ko’milgan yigit” asarida shunday ta’rif uchraydi:
“Haqiqiy U larning barmoqlari qizlarnikidan ham ingichkaroq, nozikroq, uzunroq bo’lishi lozim”
Ta’rif tugadi.
Savol: Ular kimlar aniq ayting?

Javob: O’g’irilar

3884. U xuddi aroqqa o’xshaydi.
Dastlab odamni mast qiladi, bora bora yiqitadi. Gandiraklay boshlaysan burningni ostiniyam ko’rolmaysan.
Savol: yozuvchi Tog‘ay Murod nimaga bunday ta’rif bergan?

Javob: Shuhratparastlik

3885. Quyidagilarga e’tibor bering: «Oq tog‘ «, «Shakar bilan qaymoq» va «Qizilmiya Lulu». Sizga o‘qigan ushbu nomlar Uning dastlabki nomlaridandir. Uning bir turini qidirish bilan bog‘liq faoliyat ko‘pchilikning asabiga o‘ynaganini ham yaxshi bilamiz.
Diqqat Savol: Uni yozib bering?

Javob: Saqich.
Kango qani kango

3886. Dunyo keng shataloq otish mumkindir.
Yoki xarsangtoshdek yotish mumkindir.
Eskilar aytgandek ….. ni
Sotib olib bo’lmas, sotish mumkindir.
Savol: Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Do’stni

3887. Faraz qiling siz Alfadasiz va sizga undan chiqishingiz uchun jami 10 sekund vaqt berilgan.
Agar alfadan chiqa olmasangiz unda Bettaga xush kelibsiz!
Savolga javob topishda alfaga duch kelmaysiz degan umiddaman!
Savol alfani aniq ayting?

Javob: Alfa — NOKDAUN
Betta — NOKAUT
Izoh: Nokdaun — inglizcha «zarba va qulatish». Nokdaunga uchragan bokschi 10 sekundda o’ziga kelmasa unda Nokaut deb e’lon qilinadi va jang to’xtatiladi !

3888. Chegaradan ayol bilan bir erkak o’tib ketayotsa, pogranchik chaqirib ayoldan so’rabdi bu odam sizga kim bo’ladi debdi. Shunda ayol bunday deb javob beribdi. Bu kishining onasi meni onamni qaynonasi debdi.
Savol: o’shanda u odam ayolga kim bo’ladi?

Javob: Otasi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4144?comment=14382)

3889. Bir shayxdan so’rashgan ekan:
«Allohning quli uchun nima foydaliroq: gunohlarini kechirishni so’rash (istig’for)mi yoki Allohni madh qilish (tasbih)?

U shunday javob beribdi:
«Kiyim pokiza bo’lganidagina mushku- anbar va gulob unga yarashadi. Agar kiyim iflos bo’lsa, unga sovun va suv foydaliroq. Tasbih — bu pokizalarning iforidir. Istig’for — gunohkorlar uchun
X dir… »
X-Nima?

Javob: Sovun

3890. U beriladi, pulga sotilishi ham mumkin. Unga kimdir zor bo’lishi mumkin, kimgadir esa ba’zan uning tekini ham yoqmaydi. Uning miqdorini qanday o’lchash kerakligini bilmadimu, lekin bir o’zbek spektaklida bir personaj uni grammda ifodalagan.
Savol: U nima?

Javob: Maslahat
Esingizda bo’lsa «Kelinlar qo’zg’oloni» spektaklida Ma’mur «aka 100 gramm maslahat bervoring» deydi.

3891. Aytishlaricha, kunlardan birida Pifagor o’z shogirdlariga shunday savol bergan ekan: «Ilmiy darslar vaqtida xayolga qimmatli fikr kelishi uchun nima qilish kerakligini bilasizlarmi?». Ushbu savolga Pifagorning o’zi tomonidan aytilgan to’g’ri javob shogirdlarga manzur keladi.
Diqqat savol: Pifagor nima deb maslahat bergan?

Javob: Dam olish

3892. 1896-yil 27-avgust B.Britaniya va Zanzibir sultonligi o’rtasida urush bo’lib o’tgan ,buning oqibatida 500 nafar inson halok bo’lgan. Bu urishni boshqa urushlardan bitta farqli tomoni mavjud edi.
Savol: Ushbu farqli tomonni toping?

Javob: Eng qisqa urush
Izoh: Bu urush 38 daqiqa davom etgan .Tarixga eng qisqa urush nomi bilan ham kiritilgan.

3893. F.Vyoller I.Berseliusga yozgan xatida (1835):
“ U hozir har qanday kishini ham aqldan ozdirishi mumkin. U, mening nazarimda, hayratda qoldiradigan narsalarga to’la, zich o‘rmonga, kirishga kishi jur’at eta olmaydigan va
kirib qolgan odam chiqa olmaydigan cheksiz changalzorga o‘xshaydi”
degan edi. Savol U Nima?

Javob: Organik kimyo

3894. Ushbu inson 1991-1995 yillarda futbol olamidagi eng yaxshi murabbiy Ser Alex Ferguson boshqaruvida to’p tepgan. APL tarixida Rossiyalik eng yaxshi futbolchi sifatida iz qoldirgan.
Savol: sizlar u futbolchi Osiyodagi qaysi klubning bosh murabbiyi bo’lganligini toping?

Javob: «Navbahor» PFC
Izoh: bu murabbiy Andrey Kanchelskis edi

3895. Shaxir Zag ko’pchilik odamlar «U» bo’lsagina siz muvaffaqiyatga yerishasiz deb aytgan. Maykrasoft asoschisi Bil Gates esa mushkul vazifalarda doim «U»larni tanlab olishini aytgan bunga yetarlicha izohi bilan. Entini Robbins esa «Ular» aslida mavjud emas, shunchaki maqsadlari zaif insonlar «Ular» ekanini aytgan. «U»lar haqida eslarkanmiz bir hayvon ko’z o’ngimizda namayon bo’ladi. «U»ni toping.?
Javob: Dangasalik

3896. Buyuk inson Gandi bir kasbga shunday ta’rif beradi:
Bu kasbda Ko’zlaringiz yurish uchun,
Qoʻllaringiz koʻrish uchun,
Oyoqingiz ushlash uchun kerak bo’ladi.
Diqqat Savol: Bu qaysi kasb?

Javob: Tikuvchi

3897. Bu kasb egalariga kim emas nima deb so’roq berishadi. Odatda bu nomni eshitishimiz bilan:
Mirzabek Xolmedov
Raj Kapur
kabi buyuk istedod egalar yodimizga tushadi.
1995-yil bu kasb egalari haqida ajoyib o’zbek kinosi olingan.
Diqqat savol: Qaysi kasb egalari haqida gap ketayotganligini toping?

Javob: Masxaraboz

3898. 1903-yilda farang kimyogari Eduard Benediktus nitroselluloza bilan to’la bo’lgan shisha kolbani tasodifan sindirib qo’yadi. Benediktus xavfsirab yuzini to’sib olib qayta ocharkan sodir bo’lgan manzaraga hayron qoladi. Shisha singan lekin sochilib ketmagan edi.
Savol: Benediktus bu tasodifiy ixtirosini qaysi sohada qo’llashni taklif etadi?

Javob: Avtomobilsozlikda avtomobil peshoynalari uchun qo‘llangan.
Izoh: Bu ixtiro avtomobilsozlikda muvaffaqiyatga erishib minglab balki millionlab insonlarni peshoyna singanda kelib chiqadigan xavfli holatlardan saqlab kelmoqda.

3899. Yozuvchi Shukrullo domlaning «Kafansiz ko’milganlar» asarida shunday so’zlarni o’qish mumkin:
U qamoqdagi hamma mahbuslarga birday azob beradi. U shunday bir ofatki; ertayu-kech undan tinchlik bo’lmaydi. Bo’lishi mumkin, oyida bir yo ikki kungina, xolos.

Javob: Burga yo kanaga talanish. Oy boshida dezinfektsiya qilinganidan bir-ikki kun tinch bo’lishgan.

3900. Savol: Mutaxassislar fikricha, hali hech kim, hech bir filmni bir oʻtirishda toʻliq koʻra olmagan. Taxminan filmlarning 10% qismi koʻrilmasdan qoladi. Buning sababi esa.
Diqqat savol: buning sababi nima?

Javob: Ko’zlarning pirpirashi
Izoh: statistika ma’lumotlariga qaraganda ko’zimizni pirpirab yumilib ochilishi davomida kinoning 10% ni ko’ra olmas ekanmiz