48-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

4701. Qadimgi arab maqolidan. ,, ……. paytida quduq kovlash befoyda!»
Savol qaysi payt quduq kovlash befoyda?

Javob: Yomg’ir paytida

4702. Braziliyada ayniqsa Argentinada juda ko’plab poni otlar yetishtirilgan. Texnika rivojlangunga qadar ular juda qo’l kelgan. Savol: Ular ya’ni poni otlari qayerlarda ishlatilgan?
Javob: Konchilikda. Otlarga yer osti qazilmalar ortilgan.

4703. Roman Karpuxin ko‘p yillar davomida bal raqs san’ati bilan shug‘ullangan. Bu narsa unga keyinchalik bir kasbni mohir ustasi bo‘lishiga yordam bergan. Mashqlar paytida U 10 km.lab ortga yugurardi. U egallagan kasb XVII asr oxiri, XVIII asr boshida paydo bo‘lganini hisobga olib, u nima kasb ekanligini ayting?
Javob: Matador/Toreadorlik.
Izoh: Toreadorlar ish jarayonida ko‘pincha ortga yugurishlariga to‘g‘ri keladi va ball raqsi san’atini mohir ustasi bo‘lgan Karpuxin keyinchalik bu qobilayatini toreadorlikda juda yaxshi qo‘llay olgan.

4704. O’zbeklarda bir gap bor:
«Quda-anda» bu gapdagi quda so’zini yaxshi bilamiz. Xo’sh unda anda kim?

Javobi: «Anda» — qudamning qudasi.

4705. Quyida Adabiy va ba’zi shevadagi so’zlar:
Sariq-sarg’ish
Qizil-qizg’ish
Ko’k-ko’kish
Yashil-?

Javob: Yashiltob

4706. Bir necha yillar oldin Rossiya va Buyuk Britaniya olimlari Qizilqumdan qadiymiy dinozavr suyak qoldiqlarini topishdi.
Qizilqumdan topilgan bu dinozavr toifasiga olimlar qanday nom berishganni bilasizmi?

Javob: «Temurlange»
Buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur nomi bilan atashdi.

4707. Fizikadan.
XIX asr oxiri va XX asr boshida Talabalik davrida bir Fizika ustozi «Fizikaning barcha muhim qoidalari kashf qilinib bo’lindi faqat ayrim mayda ishlari qoldi, sen yaxshisi Fizikadan qayt» deb aytganda talaba keyinchalik Fizikaning eng muhim asoslaridan biri Kvant Fizikasini kashf qilgan olim kim edi?

Javob: Plank

4708. Bu voqeani bo’lishini, o’sha vaqtda qariyib 154 mln aholi intiqib kutgan. Nafaqat aholi, xatto, deyarli butun dunyo kutishgan. Nihoyat o’sha kunga yetib kelishdi, va bunda juda ko’p davlatlar ishtirok etishdi.!
Savol; o’sha sal-kam 154 mln aholi va butun jahon, nimani kutishgan?

Javob: Moskva shahri «Qizil maydon»da o’tkaziladigan, harbiy g’alaba paradini kutishgan va ishtirok etishgan!

4709. Qisqa_savollar_3taligi
1. Davlat tili Fin va shved tillari bo’lgan davlat?
2. Al-Beruniy o‘z asarlarida qayerni «Sarondib» deb atagan?
3. Bu suv jonzodi sut emizuvchilarga kiradi va hayvonni bir a’zosi insonniki bilan bir xil. Savol bu qaysi jonzod?

Javob:
1. Finlandiya
2. Shri-Lanka
3. Akula

4710. Chilla so’zi sof o’zbekcha so’z hisoblanadi. Chilla-bu saraton payti. Saraton esa bilasiz, yozda bo’ladi. Yoz paytini, chilla paytini qadim yunonlar shunday nomlashganki, bizga ma’qul bo’lgani sabab u so’zdan hali-hanuz foydalanib turamiz. Savol chilla yunonchasiga qanday nomlanadi?
Javob: Kanikul

4711. «Wikipediya» ko‘p tillik, vebga asoslangan, erkin ensiklopediya ekanligidan xabarimiz bor.
Savol: ushbu «wikipediya» loyihasi qachondan ish boshlagan?

Javob: 2001-yil 15-yanvarda

4712. Quyidagi surat O’rta asr Yevropa uyg’onish davrida chizilgan.
«Adashgan o’g’ilning qaytishi» deb nomlangan bu surat muallifning og’ir damlarida o’g’lidan ajralgandan keyin chizilgan. Bu surat muallifi kim?

Javob: Rembrandt

4713. 1996-yilda Doli laqabli qo’y butun dunyoda katta shov shuvga sabab bo’ldi. Gap shundaki, Olimlar Dolini tuxum xujayrani ko’chirish usulida yaratishgan bo’lsa, 1987 yilda Sobiq SSSR boshqa bir jonzodlar ustida tajriba o’tkazib klonlashtirishni o’rganib olishgan edi.
1987-yilda Sobiq SSSRda klonlashtirilgan jonzod?

Javob: Sichqon

4714. Qisqa_Savollar_5taligi
1.Quyidagi kimyoviy birikma qanday nomlanadi deb o’ylaysiz? H2SO4
2. Quyida Xristofor Kolumbga tegishli bo’lgan kema nomini ayting?
3.Rassiyada Romanovlar sulolasini hukumronlik yillarini ayting?
4.Laplandiya qaysi davlat hududida joylashgan?
5.Insoniyatdan fazoga birinchi bo’lib chiqqan inson?

Javob:
1. Sulfat kislotasi
2. Santa Mariya
3. 1613-1917
4. Finlandiya
5. Yuriy Gagarin

4715. Bilamizki tarixda judayam ko’p insonlar o’zini nomini keyingi avlodlar eslab yurishini xohlashgan. Bu maqsadda ko’plari kashfiyot, ixtiro qilib nom qoldirgan bo’lsa, Yunonistonda 356-yil Gerostat o’z nomini tarixda qolishi uchun bir jinoyatni amalga oshiradi. Sud unga o’lim jazosi bilan birgalikda uning ya’ni Gerostatning nomini butunlay unitish haqidagi hukmni o’qiydi.
Afsuski Gerostat qilgan jinoyati sabab nomi bizgacha yetib keldi.
Savol: Gerostat o’z nomi tarixda qolishi uchun qanday ish(jinoyat)ni amalga oshirgan deb o’ylaysiz?

Javob: 356-yil Yunonistondagi Efes shahrida joylashgan mashhur «Artimeda» markaziy ibodatxonaga o’t qo’yadi.

4716. Shvetsiyalik bir kishi kimoshdi savdosida juda qimmat narxga Napoloeon Bonapartning shaxmatini sotib oldi. Biroq u shaxmat donalaridan birining buralib ochilishini sezib qoldi. Dona ichidan — Nima chiqqan ekana?
Javob: Napoleon Banopartga yuborilgan shaxmatda oroldan qoshish xaritasi bo’ladi. Ammo bu sirni Napoleon bilmay qoladi!

4717. Yozuvchi Onore de Balzakning g’alati odatlari haqida u hayotlik chog’idayoq ko’p gaplar yurgan. Masaln, har safar yangi asar yozishdan oldin u bir-ikki oy muddatga o’z xonasida qamalib olar ekan. Yozuvchi pardalarni yorug’lik kirmaydigan darajada mahkam yopib olar va uy xalatiga burkanib olib, sham yorug’ida ishlagan. Balzak kuniga 18 soat ishlar va bu vaqt davomida unga nima muhim edi?
Javob: Unga kun va tunning farqini bilmaslik muhim edi!

4718. Ko’plab rivojlangan davlatlarning kinoteatrlarida pol yuvuvchi, kino qo’yuvchi, chiptachi, sotuvchi va qo’riqchilardan tashqari yana bir ishchisi bo’lar ekan. Ular eng kam ishlar ekan va yiliga 45000 $ maosh olar ekan. Aytingchi u kim bo’lgan va u kinoteatrda qanday ishni bajargan?
Javob: Ekrandagi changni tozalovchi. Ekranlaridagi chang katta ahamiyatga ega ekan. IMAX ekranlarini hajmi boshqa davlatlarnikiga qaraganda ancha kattaroq ekan.

4719. U joy Arabiston yoki Afrikada yashovchilar uchun “shabadalar esib turuvchi salqin makon”, deb ta’riflansa, Pomirning Xuf vodiysidagilar uchun “Quyoshli o’lka”, deb tasvirlanadi. Ikki xil mintaqadagilar ikki xil orzu qiladigan joyning nomi qanday ataladi?
Javob: Ular «Jannat»ni shunday orzu qiliashgan ekan.

4720. Dunyoda barcha insonlarni 2 toifaga bo’lish mumkin. 1-toifadagilar faqat o’tmishni ko’rishadi. 2-toifadagilar kelajakni ko’radilar. Ba’zi bir mashhurlar har 2 toifagayam kirishadi. Bu 2 toifani ayting?
Javob: Chapaqaylar va O’ngaqaylar
Izo: Ular yozgan paytlarida O’ngaqaylar yozib bo’lgan narsalarini ya’ni o’tmishni ko’radilar.

4721. Ushbu surat Vinsent Van Gogning “Alla” surati. Van Gog bu suratiga negadir “Alla” deya nom bergan. Bu suratda beshik ham, belanchak ham ko’rinmaydi. Faqat, onaning qo’lida belanchak arqoni bor, xolos. Van Gog bu surati bitgach uni bir yaqin do’stiga sovg’a qilgan. Diqqat savol, do’sti nima ish bilan shug’ullanadi?

Javob: Rassomni ustaligiga e’tibor bering a, qo’lidagi arqon bilan bu ayol belanchakni tortayapti lekin belanchak yo’q. Tortmoqda harakatga keltirmoqda. Belanchak nima qiladi? Chayqaladi. Do’stining ishxonasi ham doimo chayqalib turadi. Van Gogning do’sti dengiz kemasi kapitani bo’lgan.

4722. Misr firavnlaridan biri Amenxotep. Fravnlar. ichida birinchi bo’lib bu fikrni inkor qildi u hechbir payg’ambar hukmdor malikalarniki emas u hammaniki degan Savol Amenxotep nimani hammaniki degan?
Javob: Quyoshni

4723. 60-yillargacha qoloq bo’lgan, 90-yillar boshalariga kelib jahonda ishlab chiqarilayotgan elektrenergiya hajmiga ko’ra 9-o’ringa, po’lat eritish bo’yicha 8-o’ringa, dengiz kemalari ishlab chiqarishda 2-o’ringa, kimyoviy tolalar ishlab chiqarishda 5-o’ringa,elektr sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 6-o’ringa chiqib olgan davlat qaysi?
Javob: Janubiy Koreya

4724. Xalqimizda ilgari ot yoki eshak mingan odam bir joyga borib, ot yoki eshagini ko‘chaga tashlab ketishga to‘g‘ri kelsa, ulovining oldingi ikki oyog‘ini mahsus halqali zanjir bilan qulflab, kalitini cho‘ntaklariga solib ketardilar. Lekin keng tarqalgan iboraga qarshi o‘laroq bu halqali zanjirlar ot yoki eshakdan ancha arzon turar edi. Xo‘sh, bu halqali zanjir qanday nomlangan?
Javob: Tushov

4725. SAVOL: Bell – telefon, Edison – elektr lampochkasi, Ford – avtomobil, Aka-uka Lyumerlar – kino. Endi savolni eshiting, bu yerda kim ortiqcha?
Javob: Avtomobil ancha oldin kashf qilingan edi. Ford avtomobil kashfiyotchisi emas.

4726. Enagalar xizmatidan faqat odamlar emas, masalan boyo‘g‘li qushi ham foydalanishini bilasizmi?
Shimoliy Amerikada yashovchi boyo‘g‘lilar enaga sifatida qaysi jonivordan foydalanishadi?

Javob: Shimoliy Amerikada yashovchi boyo‘g‘lilar enaga sifatida kichik og‘izli ilonlardan foydalanadilar. Bu ilonlar o‘ta kichik bo‘lib, odatda yer ostida yashaydilar. Boyo‘g‘lilar ularni oxista yerdan kovlab olib, inlariga olib boradilar va qo‘ng‘iz va boshqa hashorot lichinkalari bilan boqadilar. Ilonchalar o‘z navbatida minnatdorchilik izhor qilib, qushlarning inini boshqa yirtqichlardan himoya qiladilar. Jajji bo‘lgani bilan ilon baribir ilonda!

4727. Janubiy Afrikadagi ayrim qabila a’zolarining aytishicha bu noodatiy ozuqani tayyor xolga keltirish uchun roppa rosa 4 soat kerak bo’lar ekan. Aytingchi bu noodatiy yegulik nima ekan va nega u aynan 4 soatda pishar ekan?
Javob: Janubiy Afrika tuyaqushlarining tuxumlarini vazni 2 kg gacha yetar ekan va uni tayyorlash uchun roppa rosa 4 soat vaqt ketar ekan. Bunga sabab qalin po’stlog’ida ekan.

4728. Shimoliy Amerikaga G‘arbiy Yevropadan ko‘chib kelgan kelgindilarni qanday atashgan?
Javob: Skvatterlar

4729. Biologik tadqiqotlarga ko‘ra bu hashoratga orqa tomonidan qaraganda inson bosh suyagi tasvirini ko‘rish mumkin ekan. Savol: bu qaysi hashorat?
Javob: Arvoh kapalak

4730. Konfutsiyning ta’limotiga ko’ra qadimdan o’ta yovuz jinoyatlar 10 ta turga bo’lingan. Shulardan birinchisi «Osmon o’g-li»ga qarshi fitna,isyon kiradi. Bunda jinoyatni qilganlarni boshni tanasidan judo etilsin degan hukm ham aytib o’tilgan.
«Osmon o’g’li» deb kim nazarda tutilgan?

Javob: Xitoy imperatorlari

4731. Paganini oddiy insonlardan farqli nuqsoni unga mashhurlik olib keldi. U oddiy skripkachida chalishga imkoni yo’q musiqani chala olgan. Paganini nuqsoni qanday bo’lgan deb o’ylaysiz?
Javob: Qo’l barmoqlari uzun bo’lgan

4732. «Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.»
Bu so’zlar A. Navoiyning qaysi asarining kirish qismdan o’rin olgan?

Javob: Hamsa

4733. Savol: Qaysi Yevropa davlatida agar o’quvchi xohlamasa o’qituvchi uni doskaga javob berish uchun chiqarishi mumkin emas?
Javob: Finlandiya

4734. Hovuz 2 ta quvur bilan bo’shatiladi. Birinchi quvur ochib qo’yilsa hovuzni 1 soatda, ikkinchi quvur ochib qo’yilsa 2 soatda bo’shatishi mumkin.
Ikkita quvur bir vaqtning o’zida ochib qo’yildi va hovuz suvi yarimiga bo’shaganida birinchi quvur yopib qo’yildi.
Savol: Hovuz nechi minutda bo’shagan?

Javob: 80 minut

4735. Amir Temur vafotidan oldin butun saltanatini vorisi, o’limidan keyingi taxt egasi deb kimga topshirganni vasiyat qilgan edi?
Javob: Pirmuhammad

4736. Qisqa_savollar_3taligi
1.Bo’rilar o’rmonda ovozlarni maksimal nechchi kilometrgacha bo’lgan holatda eshitisha oladi?
2.Quyidagi fizik formulani kashf qilgan olim?
E=hv
3.Futbol bo’yicha Jahon chempionatida 2002-yil qaysi davlat chempion bo’lgan?
Javob:
1.9 km
2.Plank
3.Braziliya

4737. Quyida rasmdagi aktrisa Milana Veyntrub 1987-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Quyida qaysi kinoda u rol ijro etgan?

Javob: Lizzi Maguayer

4738. Sitseron Gerodotni «Tarixning otasi» deb atagan. XVIII-asrda yashab o’tgan Angliyalik Jeyms Brautonni ham ota deb atashgan. Uning xizmatlari orasida qo’lqopni (ayollarniki emas) ixtiro qilganligini va kodeks ishlab chiqqanligini (jinoyat kodeksi emas). Uni nimaning otasi deb hisoblashadi?
Javob: Boks otasi

4739. Parrandachilik bilan shug’ullanidan joylarda ko’pincha tovuqxonada akvariumda baliq boqishadi. Savol: baliqni nima sababdan boqishadi?
Javob: Degustator- tovuq ovqati zaxarli yoki zaxarli emasligini sinashgan

4740. Vikipediya versiyalarining biriga ko’ra mashhur bir shohni qulog’i katta bo’lgani uchun SHUNDAY nomlashgan. Injener, ixtirochi, konstruktor, okenolog-olim, Britaniya mustamlakachiligiga qarshi kurashgan shaxsni ham SHUNDAY atash mumkin. Shuningdek SHUNDAY atash mumkin bo’lgan insonlar qatoriga o’zbek aktyorlaridan birini ham kiritish mumkin. Yordam sifatida shuni aytamizki, oralarizdan hech kim u aktyorni uzoqdan qidirmasin. Ana shunda bu janobni ism-familyasini topish oson bo’ladi.
Savol: bu qaysi aktyor va SHUNDAY deganda qanday atash nazarda tutilgan?

Javob: Alisher Uzoqov.
Izoh: Odisseyni dastlab quloqlari katta bo’lgani sababli «Utis» ya’ni «HECH KIM» deb atashgan. Gap ketayotgan okeanolog olim esa Kapitan Nemo. Nemo lotin tilida HECH KIM degan ma’noni bildiradi. Alisher Uzoqov esa «Janob hech kim» filmida bosh rolni ijro etgan. Savolda hechkim uzoqdan qidirmasin va bu janobni degan sozlarni bejiz ishlatmadik.

4741. Bir arman maqolida, X ni eshakga berishganda SHUNDAY QILISH o’rniga eshak X ni yeb qo’yadi. Mashhur X esa ‘‘s‘‘ ni yomon ko’radi. X mashhur qomusiy olimda bor. Savol. X ni topgan bo’lsangiz arman maqolidagi SHUNDAY QILISH o’rnidagi bir so’zni toping?
Javob: Hidlash.
Maqol. Eshakka rayhonni hidlagani
bergandilar, uni yeb qo‘ydi. Qo’shiqchi Rayhon esa S harfini yaxshi talaffuz qilolmaydi. Olim esa Abu Rayhon Beruniy

4742. Taniqli amerikalik dirijyor Villi Ferrero 7 yoshlik vaqtidayoq Filadelfiya simfonik orkestrini boshqargan. Yosh vunderkindning chiqishini muxlislar juda katta quvonch bilan kutib olishgan.
Villi Ferreroning ota-onasi uni o‘z kuchiga, iqtidoriga ishontirish maqsadida doimo qo‘llab-quvvatlab kelishgan.
Diqqat kutilmagan savol, aytingchi, yosh dirijyorning ota-onasi har kuni kechqurun farzandini uxlashi uchun o‘z xonasiga qanday kuzatib qo‘yishgan?

Javob: Qarsak chalib turishgan.
Izoh: Sababi yosh vunderkindning har bir chiqishini muxlislar katta olqish va qarsaklar bilan kutib olishgan, ota-onasi ham o‘z farzandini iqtidoriga ishontirish maqsadida uxlashidan oldin ham qarsak chalib turishgan.

4743. 1833 yili bu inson Fransiyadan Rossiyaga qochib o‘tadi. Niderlandiyalik baron Gekkerk uni o‘ziga o‘g‘il qilib oladi. Garchi yoshi 27 da bo‘lsayam. Ammo oradan 4 yil o‘tib uni sud qaroriga asosan yana qaytarib Fransiyaga jo‘natishadi. Savol: Siz uni qanday gunohi uchun haydalganligini va ismi sharifini ayting?
Javob: Dontes. Pushkinni o‘ldirgani uchun.

4744. Spartalik bolalar 7 yoshidan jang sanatiga o‘rgata boshlashgan. Maktabda tanlov juda og‘ir kechgan. Sinov paytida bolakaylarni ovozi muxim rol o‘ynagan. Aynan ovozlarni chiqishiga qarab maktabga qabul qilishgan. Savol bolalarni qanday og‘ir sinovga duchor qilishgan?
Javob: Kaltaklashgan

4745. Professor F. Boynazarov turkiy xalqlar va qadimgi yunon mifalogiyasini o’rganib quyidagi o’xshatishni keltirib yunon mifologiyasidagi Gerakl ismining manosiga e’tiborni qaratadi:
«Ger»-o’g’il ma’nosini beradi.
1) Qadimgi lotin mifalogiyasida Ger-kules,
2) Xristian mifalogiyasida Geor-giy,
3) Qadimgi turkiy xalqlar mifalogiyasida?

Javob: «Go’ro’g’li»

4746. Qirg’iz eposi Manasda No’yg’ut shahri xoni Qaracha Manasga uni sotishdan oldin shunday ta’riflaydi:
-«Qula tegsa qo’lingga,
Xayoling o’sar, quyular.
Badbaxtlik bari yo’yilar,
Baxt to’shalar yo’lingga.»
Savol nimani ta’riflagan edi?

Javob: Ot haqida ta’rif edi.

4747. Qadim zamonlarda Surayyo o’n ikki yulduzdan iborat ekan. U paytlarda bahor, yoz bo’lmagan, faqat boqiy qish hukmronlik qilgan. Shunda hayvonlar Surayyoni tutish va uni yo’qotishga qaror qilishibdi. Ot to’rtta, tuya esa ikkita yulduzni ushlabdi va uni oyog’ining ostiga olib, majaqlab tashlabdi. Oltitasi esa bir hayvonning tuyoqlari ostiga tushibdi. Ammo u hayvon yulduzlarni ezg’ilamabdi, oltovi ham sog’-omon qolibdi. Shundan beri qish olti oy davom etadigan bo’libdi. Shunda barcha hayvonlar ajablanishib, U hayvondan so’rashishbdi.
-Nega yulduzlarni qo’yib yubording?
U hayvon shunday javob beribdi:
-Issiqda qovjiragandan ko’ra, saharlab sovuqda yurgan yaxshi.
Shundan beri bu hayvon sovuqdan qo’rqishmas ekan.
Yuqorida qaysi hayvon haqida gap ketmoqda?

Javob: Sigir

4748. Detektiv_Savol
Dushanba yangi hafta Sherlok uchun yangi jumboqlar bilan boshlandi. Ko’p qavatli uylarning birida ayol o’ldirib ketib pullarini o’g’irlab ketishganliklari haqidagi xabar keldi. Ayol ijarada o’zi bilan birga yana 3 kishi bilan turardi, begona. Holms ijarachidan uyida yashovchilar haqida so’radi.
Uyda 4 kishi ijarada turishardi va ular ancha inoq edi. O’ldirib ketilgan ayol qolgan ijarachilarga qaraganda puli ko’proq edi deb gapini tugatdi.
Inspektorlar xonani hamma joyini tintib shkafdan, karavot tagidan va sumka ichida yashirib qo’yilgan pullarni topishdi.
(Ya’ni ijarachilarning shaxsiy yig’ib qo’ygan pullari)
Sherlok 3 ijarachini yig’ib, pulni o’rtaga qo’ydi.
Karavot tagidagi pullar mening pulim, yaqinda katta miqdorda foyda ko’rgandim. Bu o’sha pullar dedi yoshi chamasi 28 ga teng Birinchi yigit.
Shkafdagi pullar mening pullarim. Opam menga bank orqali yuborgandi kecha. Bu o’sha pullar. Kecha bankdan oldim dedi yana bir yigit.
Ikkinchi yigit.
Sumkadagi pullar meniki. Yaqinda maoshimni olgandim. Bu o’sha pullar dedi 3-ijarachi ayol.
Sherlok ularning gaplarini eshitib. Qotil ularning ichida ekanligini aytdi.
Siz men o’g’ri kimligini va buni Sherlok qayerdan bilganini ayting?

Javob: Pullarni 2-yigit. Ya’ni puli shkafda turgan yigit olgan. U bankdan pullarni kecha olganini aytadi. Savol boshida esa Sherlok dushanba kuni ishga chiqgani haqida aytiladi. Demak yigit pullarni kecha ya’ni yakshanba kuni bankdan olgan. Yakshanba kuni esa banklar ishlamaydi. Demak u yolg’on gapiryapti.

4749. Janubiy Afrikadagi Zimbabve mamlakatining iqtisodiyoti asosan tabiat inomlariga qaram. Asosiy daromad 3 yo’nalishda yetishtiriladi
1) makka yetishtirish.
2) banan yetishtirish.
3) xurmatli bilimdonlar javob tariqasida kutib qolamiz?

Javob: Zimbabveda maxsus fermalar bor ularda Brend firmalar uchun timsohlar yetishtirishadi.

4750. Qadimgi turkiy xalqlarning Go’ro’g’li dostonida Go’ro’g’lining oti qanday nom bilan tilga olingan?
Javob: G’irot

4751. Alisher Navoiyni Saddi Iskandariy dostoni Navoiy ijodidagi hajmi eng yirik epik asardir. Asarda Qur’oni Karimning bir surasida nomi zikr qilingan Zulqarnayin(Ikki Shoxli) va yunon sarkardasi Aleksandir Makedonskiyni bitta shaxs deb,
Makedoniyalik Aleksandirni sharqda Iskandar Zulqarnayin nomi bilan mashhur bo’lganligi yoziladi.
Savol: Yuqorida aytilgan Zulqarnayin(ikki shoxli) sarkarda haqida Qur’oni Karimning qaysi surasida nomi zikr etilgan deb o’ylaysiz?

Javob: Kahf surasi

4752. Qisqa_savollar_3taligi
1.»To’rt ulus tarixi» asari muallifini toping?
2.(Botanika 5-sinf).
Kurtak payvandi qaysi oyda o’tkaziladi?
3.(Geografiya 6-sinf)
Yer yuzidagi eng uzun tog’ tizmasini toping?

Javob:
1.Mirzo Ulug’bek
2.Avgust
3.Kordilyera

4753. Quyidagi rasmda tasvirlangan topilma 2012-yil Amazon internet do’koni rahbari milliarder Jeff Bezos tomonidan Atlantika okeanida 4300 metr chuqurlikdan topilgan.
Bu qurilma Dvigatel ekanligini payqash qiyin emas. Ho’sh unda bu nimaning dvigateli deb o’ylaysiz?

Javob: Appalon-11 raketasining(1969)

4754. Elbek 300000 so’m stipendiya oladi. Stipendiyalar bir yilda ikki marta 10% ga oshirilgandan keyin, Elbek stipendiyasi nechi so’mga oshadi?
Javob: 63000 so’m

4755. Savol: Dunyoning 7 mo’jizasi hammamizga ma’lum va mashhur. Ularning mualliflariyam turli xil insonlardir. Masalan, Zevs haykali Fidiy qalamiga mansub. Bobil osma bog’lari esa Navoxodonosor qurdirgan muava hokazo. Lekin Dunyoda shunday besh xazina borki, ularning barchasi bir insonga tegishli. Siz menga besh xazinani emas, O’sha inson kimligini ayting?
Javob: Nizomiy Ganjaviy «Panj Ganj» asari muallifi. Bu asar o’zbekchaga Besh xazina deb tarjima qilinadi

4756. Yaponiyaning Aogasima shaharchasida bor-yo’g’i 200 dan sal oshiq odam yashaydi. Shaharcha ko’chalarida transportlar ham sanoqli. Shaharcha yo’llariga svetaforniyam xojati yo’q. Ammo shaharchada bitta svetafor mavjud.
U svetafor qayerda joylashgan?

Javob: o’quv mashg’ulot svetafori, bolalarga o’rgatish uchun o’rnatilgan

4757. Bu qurulish mahsulotini 638-yili Xalifa Umar tomonidan Basra shahridan ishlab chiqarish yo’lga quyilgan.
Savol: qaysi qurilish mahsuloti so’ralmoqda?

Javob: Alebastr
Izoh: Bu mahsulotga Basra nomi berilgan, Al-Basra deb.

4758. U avvalllari havorang kiyimda ozg’in karlik ko‘rinishida tasvirlanar edi. Lekin 1931 yil bir rassom mashhur kompaniyaning buyurtmasiga binoan uni biz bilgan ko‘rinishda tasvirlaydi. Agar gap kim va qanday ko‘rinishda ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, buyurtma bergan kompaniya nomini ayting?
Javob: «Coca cola»

4759. 1910 yilgi narx navolarni eshiting:
Pochta markasi — 2 sent;
Avtomobil — 500 dollar;
Fotoapparat — 7 dollar;
Kino bileti — 7 sent;
Soyabon — 1,5 dollar.
O‘sha vaqtlarda ham foyda olish bo‘yicha rekordchi va o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan kompaniyaning bu mahsuloti esa bor-yo‘g‘i 5 sent bo‘lgan. Nimaning narxi 5 sent bo‘lgan?

Javob: Coca Cola

4760. Aqshlik arxitektor Jek imzo chekishi oddiy, ingliz harflarida:
… jack.
jek so’zidan oldin X ham bor, bunday imzo chekishiga sabab Y.
X va Y toping?

Javob: X- @ @jack. Jek Dorsi-Twitter asoschisi. Y- Elektron pochta sabab

4761. Bir necha yillar oldin Janubiy Koreyaning SK Telecom Company mobil aloqa operatori o‘z mijozlariga 2,5 dollar evaziga mobil telefonlariga maxsus ovoz signali yozib berish xizmatini joriy qildi. Ushbu signal insonlarga eshitilmaydi. Mutaxassislar fikricha, yangi xizmat mamlakat aholisida katta qiziqish uyg‘otishi va ancha mashhurlikka erishishi kutilmoqda ekan. Ular yangi xizmatni aholi tomonidan iliq kutib olinishiga Janubiy Koreyaning namlik yuqori bo‘lgan tabiatini asos qilib keltirishgan. Aytingchi, ushbu xizmatning asosiy maqsadi nima?

Javob: Bunday joyda chivinlar ko‘p bo‘ladi, maxsus signal esa chivinlarni haydash uchun edi.

4762. Panama Shimoli va Janubiy Amerikani bog’lab turadi. Panama so’zi geografik atama sifatida hindular tilidan qanday ma’noni bildirishini bilasizmi?
Javob: Juda ko’p baliqlar

4763. Atoqli yozuvchi Tohir Malik insondagi bir tuyg’uni quyidagicha o’xshatish bilan ta’riflaydi:
-«U kemalarning yelkanlarini to’ldiradigan shamol. Ba’zan u kemalarni cho’ktiradi, lekin yelkansiz kemalar ucholmaydi».
Gap insondagi qaysi holat yoki tuyg’u haqida ketmoqda deb o’ylaysiz?

Javob: Ehtiros

4764. Toshkent shahrida joylashgan Amir Temur hiyoboni(Skver)dagi Amir Temurni ot ustida o’tirgan bronza haykalini qaysi haykaltarosh, rassom yasagan deb o’ylaysiz?
Javob: Ilhom Jabborov

4765. 2014-yil Yevropa matbuotida «Farishtaning shaytonga aylanishi» nomli maqola paydo bo’ldi. Diqqat savol: ushbu maqola kim haqida?
Javob. Angel Di Maria.
Manchester Yunaytedni laqabi «Qizil iblislar». Angel esa » farishta » degani ekan.

4766. Astramonlar orasida bir teoriya bor:
-«Agar Yupiter sayyorasi bo’maganida yerda hayot bo’lmas edi».
Bu teoriyani siz qanday izohlaysiz?

Javob: Yupiter o’ziga ko’plab asteroit, metroitlarni tortib oladi va yerni muhofaza qiladi degan teoriya edi.

4767. Biologlar Charlz Koker va Gerda Xorneklar u yerda 7 ta bog‘ yaratish g‘oyasini berishadi. Bular: “Qutb”, “Janubiy”, “Olimpiya”, “Ellada”, “Sahro” va yana ikkita shunga o‘xshash bog‘lar. Ushbu bog‘larning barchasi BMT rahnamoligida tashkil qilinishi ko‘zda tutilgandi. Savol, ushbu bog‘lar aynan qayerda tashkil etilishi kerak edi?
Javob: Marsda

4768. 1898-yil Gollandiya qirolligi qishgi Saroyi uchun bir ustaxonaga 100 ming elektr lampochka buyurta beradi.
Buyurta muvaffaqiyatli bajariladi. Bu ustaxonaning asoschisi kim bo’lgan?

Javob: Jerard Filips (Filips lampalari)

4769. Mashhur Sentli kubogi o’z tarixida faqat bir final uchrashuvi to’xtatilib, bekor qilingan ekan. Bu voqea 80 yil oldin «Monerales» Konadies va «Sietl metropolitenis» klublari o’rtasidagi final uchrashuvi edi.
Qanday sabab bilan final o’yini bekor qilingan?

Javob: «Ispanka» nomli gripp epidemiyasi.
O’yinchilar va tomoshabinlar grippdan jiddiy zararlangaligi sabab to’xtatilgan.

4770. Savol: Maktub, kitob, xushxabar, o’qish. Bu so’zlar bir narsa ya’ni ma’noni bildiradi u nima?
Javob: Muqaddas kitoblar maktub-zabur, kitob-tavrot, xushxabar-injil, o’qish-qur’on

4771. Ispaniyaning Barselona klubiga gol kiritgan yagona o’zbek futbolchisi kim?
Javob: Server Jeparov (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/5384?comment=26020). Barselona vs Bunyodkor 1-1 Goals Carles Puyol,
Server Jeparov. 2010 yilda

4772. Detektiv_Savol
G’azab otiga mingan erkak Sherlokning oldiga kelib — mening uyimdan royalni (musiqa asbobi) o’g’irlab ketishdi deb gap boshladi. Men charchab ishdan kelgandim va dam olishga kirib ketdim. Uyg’onib qarasam royal joyida yo’q — deb gapini tugatdi. Mana uyimning ko’rinishi va royal turgan joy deb rasmni doskaga osib qo’ydi.
Sherlok biroz o’ylandida erkakga qarab: janob siz nega meni aldamoqchi bo’lyabsiz bilmadimu, lekin bu nomukammal aldash bo’ldi deya javob berdi.
Diqqat savol Sherlok nega begona erkak aldayabdi degan fikrga kelgan?

Javob: Rasmga yaxshilab e’tibor bersangiz royalning orqa uzunchoq tomoni o’ng tarafda turganini ko’rish mumkin. Aslida esa royalning orqa tomoni chap tarafda bo’lishi kerak!

4773. Qisqa_Savollar_5taligi
1.XI-asrga oid «Qobusnoma» asarining muallifi kim?
2.Mexanikaning oltin qoidasini ayting?
3.Mendeleyev davriy sistemasidagi 18-chi element qanday ataladi?
4.Andijondan Toshkentgacha markaziy avtomobil yo’li uzunligi o’rtacha nechi km?
5.Quyidagi ketma ket joylashgan sonlardagi x sonini toping?
6; 8; 12; 20; X; 68

Javob:
1.Kaykovus
2.Kuchdan yutsang, masofadan yutqazasan.
3.Argon
4.351 km
5. 36

4774. Bilamizki Qadimda Rim imperiyasi juda katta hududlarni bosib olib mashhur bo’lgan. Hozirda ham bir futbol klubini Roman Emperior deb Rim imperiyasi qiyoslashadi. Qaysi futbol klubini shunday deb atashadi va nima uchun shunday deb atashadi?
Javob Chelsi futbol klubi Chunki bu klubni Roman Abramovich jahon darajasida top klub darajasiga olib chiqqan

4775. Bu antiqa pichoq nimadan yasalgan?
Javob: Bu antika Pichoqning dastasi shoxdan yasalgan, kesgich tomoni esa tabiiy VULQON qotishmasidan edi

4776. 1700 yillar Moskvada Germaniyalik komiklar tamosha ko’rsatishadi, ularning eng zo’r tamoshasi «Odam oddiy butilka ichiga kiradi deb» e’lon qilinadi. Haloyiklar buni kutib to’planishganda sahnada pardalar ochilib polda butilka turgan bo’ladi, ichida varaqchada ikki so’z yozilgan bo’ladi. Xuddi shu ikki so’z Rossiyada bir ananaga sabab bo’ldi. Qanday so’z yozilgan bo’lgan?
Javob: 1-Aprel

4777. O’tmishda ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida u buyum eng qimmat, hatto muqaddas hisoblanardi birov agar ko‘chmanchining o‘zini haqorat qilsa,u buni ko‘pincha esdan chiqarib yuborar, ammo o‘sha narsasini haqorat qilsa, bunga asli chiday olmas, urishib janjallashar xattoki to’pga solib to‘qqiz ayb jarima soldirtirar edi ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida bunchalik e’zozlangan buyum nima?
Javob: Qozon

4778. Quyidagi rasmga e’tibor bering, nima deysiz bu qizil yo’lga nima yotqizilgan va qaysi davlatda joylashgan?

Javob: Qizil Sushka qalampiri to’shalgan Turkiyada joylashgan yo’l.

4779. Bundan yuz yillarcha oldin agar biron bir kishidan biror joygacha nechi kilometr deb so’rasak u odam 5-6 xil variant bilan qiynalib qiyosiy javob bergan. Uni javoblarini bugungi kun odami eshitsa bormi, sal g’alatiroq ekan deb qoladi. Savol O’sha davr uchun mushkul bo’lgan savolga javobni bugungi kun odami qanday asbobdan foydalanib javob beradi?
Javob: «Soat». 2 soatlik yoki 3-soatlik yo’l deb javob beradi.

4780. 1897-yil Madagaskar yerlari ochilganida bir Fransuz missioneri o’zini butun boshli to’quvchilik fabrikasini ko’chirib kelgandi. Ish juda murakkab va og’ir edi, eng qizig’i Fransuz missioner 30 000 to’quvchiga butun mavsum davomida bir marta ham oylik-pul bermagan ular o’ta ingichka va qimmat tola to’qish bilan mashhur edi.
Savol: Bu to’quvchilarga nega oylik berilmagan?

Javob: Fransuz missionerining Madagaskarda 30 000 ta to’quvchi o’rgimchagi bo’lgan ular o’ta nozik tola to’qiy olishgan o’rgimchakga esa oylik-pulni qizig’i yo’q!

4781. Bu rasmda Madrass universitetini studenti (studentlari) imtihonga tayyorlanish jarayoni aks etgan. Va e’tibor bergan bo’lsangiz ularning sochlari bog’lanib mixga qoqib qo’yilgan. Savol: ularning sochlari nimaga bog’lanib qoqib qo’yilgan?

Javob: Uxlab qomaslik uchun. Uxlab qolgan taqdirda ham ularning sochlari ushlab qolgan ya’ni boshini stol ustiga qo’yib uxlolishmagan!

4782. Neandertal odamini fanga kim tomonidan qachon kiritilgan?
Javob: Yoxan Karl Furxroft
1856 yilda

4783. XVIII-XIX asrga tegishli asarlardan, romanlardan parcha olib yozilgan vaqti, matn oxirida kim tomonidan, qaysi asardan va nechinchi yilda yozilgani yozib o’tiladi. Buning birinchi sababidan biri roman mualifini ismini saqlab qolish, ikkinchisi esa… Savol: ikkinchi sababini toping?
Javob: Punktuatsiya va yozilish qoidalari hozirgi qoidalardan qatiyan farq qilinadi.

4784. Fransiyalik xirurglar bosh terisi ostiga temir plastinalar o’rnatishni tavsiya qilishar ekan,
Sizningcha bu temir plastinalar nima uchun kerak?

Javob: magnitli pariklar uchun

4785. «U»ning boshiga chaqmoqday fikr keldi-yu «alif» day qotdi «dol» misoli egildi. «U» deb nimani nazarda tutilmoqda?
Javob: Gugurt

4786. Bir hindu qabilasini nomi ispanlardan kelib chiqqan ekan, qabiladagi hindular har xil ranglarga o’zlarini bo’yab olardilar. Ispanlar bu qabilani atagan so’zdan AQSH shtatlarini biri nomlanibdi, bu qaysi shtat?
Javob: Kolorado. Kolor — inglizcha rang degani.

4787. U Sezar davrida Lyutesiya, Xlodvig davrida Pariziy deb atalgan.
Hozir u qanday ataladi?

Javob: Parij

4788. Bu hududga ilk bor 1492 yilda portugallar adashib kelishgan. Ular bu hudud geografik jihatdan tog‘li bo‘lmasa-da “sherlar tog‘i” deb nomlaganlar. Keyinchalik inglizlar bu hududdagi qullar bozorini sotib olib, bu hududni “Erkinlar shahri” deb atagan. Keyinchalik bu 2 nom “Sherlar tog‘i” dan davlat nomi, “Erkinlar shahri” dan bu davlat poytaxti kelib chiqqan. Savol: Bu qaysi?
Javob: Davlat: Serra-Leone, Poytaxt: Fritaun. (Serra-tog‘, leon-sher / free-erkin, town-shahar)

4789. Ma’lumki, rus imperatori Yekaterina II nomiga Yevropa davlatlaridan juda ko‘p maktublar kelgan. Kelgan har bir maktub sarlavhasida bir ibora yozilgan bo‘lishi kerak edi. Agar o‘sha ibora yozilmagan bo‘lsa, imperatorisa janoblari bu xatlarni ochib ham ko‘rmagan. Hurmatli, bilimdonlar. Bir o‘ylab ko‘ringchi, maktub sarlavhasida qanday so’zlar yozilgan bo’lishi mumkin?
Javob: «Hurmatli va mehribon imperatorisa janobi oliyalari»

4790. Viktor Gyugo mashhur asarlaridan biri bo’lgan «Kulmaydigan odam» asarining bosh qahramoni kim bo’lib ishlagan?
Javob: Masxaraboz

4791. Audi kompaniyasini mashhur emblemasi (logotipi) ya‘ni 4 ta xalqalar nima ma‘noni anglatadi?

Javob: Bu xalqalar 4 kichik kompaniya (Audi, DKW, Wanderer Horch) lardan tarkib topganini bildiradi.

4792. Dunyoda shokolad turlari bisyor. Xususan, 1934 yildan faoliyatini boshlagan va 2000 yildan “Kit-Kat” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan bu shokoladni Xitoylik abituriyentlar imtixonga kirish oldidan judayam ko‘p sotib olishar ekan.
Diqqat savol: Nega aynan shu kuni?

Javob: «Kitto katsu». Bu esa «sen albatta g’alaba qozonasan» degan ma’noni anglatadi.

4793. Ginnes rekordlar kitobi ko’plab qiziqarli faktlarni o’z ichiga olgan.
Bular ichida bir qiziqarli ma’lumot mavjud: dunyodagi eng uzun kokteyl ichish uchun mo’ljallangan naycha uzunligi 10,3 metr. Bu rekord ancha yillardan buyon o’zgarmay turibdi. Buning sababi nimada?

Javob: Torrichelli qonuniga ko’ra 10,3 metrdan uzun naychadan kokteylni
ichib bo’lmaydi. (Fizikada aniq isbotlangan fakt!!!).

4794. Ma’lumki o‘zbek xalqi o‘zining juda boy etnik tarixiga ega. Shu bilan birga, o‘zbek buvilari o‘z nabaralarining sochlarini 18 yoshga to‘lgunga qadar “qirq kokil” qilib o‘rishga katta ahamiyat berishgan. Diqqat savol: bundan ko‘zlangan asosiy maqsad nima bo‘lgan?
Javob: Umurtqa pog‘onasini tekis va tik rivojlanishi uchun.

4795. Said Ahmadning “Jimjitlik” romanida Avaz obrazi mavjud. Avaz bobo tilidan olingan bir iboraga e’tibor bering. “Erkak kishidan hech bir do‘st yoki dushman hech qachon uchta narsani so’ramasligi kerak” degan. Bu narsalar erkakning g‘ururini belgilab beradi. Diqqat savol: Erkakning g‘ururini belgilab beruvchi 3 narsani toping?
Javob: 1. Minib yurgan oti 2. Qinidagi pichog‘i 3. Nikohidagi xotini

4796. Qarshingizda zamonamizning eng mashhur portret fotografi Yusuf Karsh ning ishlari undan bir kun so’rashdi rasmlardagi va hayotdagi eng muhim narsa nima deganda u bir og’iz so’z bilan javob berdi xo’sh Karsh nima deb javob bergan?

Javob: Karshning fikricha hayot mazmuni NUR (ya’ni yorug’lik)da ekan.

4797. Tasavvur qiling oldingizda un va guruch bor. Bularni bog’lab turadigan yana bir narsa borki fransuz inqilobi paytida undan foydalanganlar o’ldirilgan. Savol «u» ni toping?
Javob: Upa (pudra).
Izoh: Gap shundaki fransuz inqilobi paytida xalq ochlikdan aziyat chekayotgan edi. Aynan un va guruch ushbu mahsulotning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan. Oziq ovqatni isrof qilish deb qaralgan va undan foydalanganlar o’ldirilgan.

4798. Ma‘lumki, Isaak Nyuton boshiga olma tushib ketganligi bois yerni tortishish qonunini kashf etgan edi. Boris Burdaning fikricha agar Nyuton Londondagi daraxt tagida emas boshqa bir shahardagi olma daraxti tagida bo‘lganida tortishish kuchi qonunini kashf qilish uyoqda tursin, o‘zini o‘nglab ham qolaolmas edi deydi. Diqqat savol: qaysi shahardagi qaysi nav olma nazarda tutilmoqda?
Javob: Qozog‘istonning Olma-ota shahrida og‘irligi 1 kg dan oshadigan eng katta «aport» navli olmalar o‘sadi. Boris Burda «Agar 1 kg li olma Nyutonning boshiga tushganda, uning esi og‘ib qolishi tayin edi» deydi.

4799. 1541-1549 yillarda hukmronlik qilgan Angliya qiroli Grigoriy VIII boshqa qirollar kabi bosqinchilik yurishlari, shavqatsizligi bilan emas, balki o‘z poyabzali bilan tarixda qolgan. Uning poyabzali hammaning e‘tiborini tortgan. Diqqat savol: uning poyabzali nimasi bilan ajralib, hammaning be‘tiborini tortgan?
Javob: U Angliya tarixida poyabzallarni poyma-poy ajratgan shaxs hisoblanadi

4800. Ma‘lumki, qariyb III asr dunyo mo‘g‘ul istilosiga qarshi kurashgan. Tarixchilarning qayd etishicha, ularni ko‘p hollarda fevral va mart oylarida yengish oson bo‘lgan ekan. Nega aynan shu oylarda mo‘g‘ullar ko‘p mag‘lub bo‘lishgan?
Javob: Fevral va mart oylariga kelib mo‘g‘ullar otlarining yemishi tugagan, och qolgan otlar bilan jang qilgan mo‘g‘ullarni yengish oson bo‘lgan