71-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

7001. Retro duplet topishmoq
1.Bir beshikning ichida
Uchta-to’rtta chaqaloq.
Qizil ko’rpa yopingan,
Kiyimlari esa oq.
2.Yangi uyda yashovchi yo’q, yashovchi bo’lganda uy buzilib ketadi.

Javob:
1.Yeryong’oq
2.Tuxum

7002. Maorilar orasida shunday fikr bo’lgan ekan: «Sendan barcha qimmatbaho narsalaringni o’g’irlashlari mumkin. Lekin alfa ni og’irlay olishmaydi.
SAVOL: alfa toping?

Javob: Tatuirovka

7003. Suto, Janubiy Sharqiy Afrika xalqida shunday gap bor: Notanish, yangi joy yurakni bezovta qilsa, tanish joy ularni bezovta qilarkan.
Diqqat savol: Nimalarni?

Javob: Oyoqlarni

7004. «Borussiya» Dortmund jamoasi liboslarida qora va sariq rang uyg’unligini ko’rgansiz albatta. Qora rang – Rur konlaridan qazib olinuvchi ko’mirni ifodalaydi.
Diqqat savol: Sariq rangchi?

Javob: Pivo?
Manba: «Комсомольская правда», 2001

7005. Hadisda shunday deyilgan: «Pishay desang u ishni qil. Unda besh foyda bor: ko‘ngil yozish, kuch to‘plash, ilm va adab o‘rganish, dono kishilar bilan ziyoratda, suxbatda bo‘lish».
Qaysi ish haqida shunday deyilgan?

Javob: Safar qilish. Sayohat

7006. Riduey shahridagi bir muassasada shovqin o’lchagich o’rnatilgan. Agar shovqin me’yordan oshib ketsa, magnitafon yoqiladi va tinchlik saqlash haqidagi talab yangraydi.
Diqqat savol: Bu qanday muassasa?

Javob: Maktab

7007. Bu ishni hammadan tez fransuzlar qilishadi, ulardan so’ng yaponlar turishadi, oxirgi o’rinda polineziyaliklar turishadi.
Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Tez gapirish

7008. Norvegiyada bu ish kasb darajasiga ko’tarilgan. Bu ish bilan davlatining 30% ayollari shug’ullanishadi. Hukumat ularga yiliga 4 hafta dam olish kuni bilan ta’minlaydi. 65 yoshida esa nafaqaga chiqishadi. Gap qanday ish haqida ketmoqda?
Javob: Uy bekasi

7009. Qadimgi naqllardan birida Uni «tijoratning qanotlari» deb atashgan.
Savol: nimani?

Javob: Kema yelkanlari
Izoh: Tijorat mollari asosan kemalarda tashilgan

7010. Avstraliyalik mahalliy aboraginlar tilida bunday odamlarni «Endi uning ismini aytib bo’lmaydi» deyisharkan. Ular qanday odamlarga nisbatan ushbu iborani qo’llashgan?
Javob: Vafot etgan. Marhumlarga

7011. Asar qahramoni har gal u yerga borganda ko’nglida tantanavor , sehrli bir tuyg’u uyg’onar , bayramga kelgandek yasanib olgan odamlarni ko’rib hayajonga tushardi. Devorlarga ishlangan zarhal o’ymakor naqshlar unga ilhom baxsh etardi. Asar qahramoni borgan joyni topib ayting?
Javob: Teatr

7012. Mashhur faylasuflardan biri «Bilim ojizlik qilgan joyda u yordamga keladi» degan.
U nima?

Javob: Vaqt

7013. Sevimli adibimiz Odil Yoqubov shunday degan edi: «Ijod bilan u bir ota-onadan tug’ilgan aka-ukadir».
U nima?

Javob: Azob

7014. Yaroslav Sviridov fikri: Men uni qanchalik ko’p bilganim sari, itlarni shunchalik yaxshi ko’rib ketyapman.
savol: Uni ikkita so’z bilan ayting?

Javob: Koreys oshxonasi

7015. Gyote fikricha Bu San’atni egallagandan ko’ra uni yengish San’ati qiyinroqdir.
Savol u nima?

Javob: Keksalik

7016. Bolalar ertaknavis yozuvchisi yozuvchisi Antuan de sent-Ekzyuperining «Kichkina shahzoda» falsafiy ertagida u narsa «Sayyohlarga yo’l ko’rsatuvchi, Olimlarga yechilishi lozim bo’lgan masala, Karchalonga esa, oltin bo’lib ko’rinadi» deyilgan.
U nima?

Javob: Yulduz

7017. Nemis shoiri Novalisnig 15 yoshli turmush o’rtog’i Sofiya fon Kyun vafot etgandan so’ng, U xotiniga sevgisini saqlash maqsadida fanga chuqur berildi.
Savol: aynan qaysi fanga?

Javob: Falsafa

7018. Polshalik professor Krupinskiy fikricha, ilmiy asar binoyidek bo’lishi uchun yetarlicha uzun, boshqalar qiziqishini jalb etish uchun yetarlicha kalta bo’lishi kerak ekan.
Diqqat savol: ilmiy asar qaysi so’zlar bilan almashtirilgan?

Javob: Ayollar kiyimi

7019. Kim ekan sharpaday bekinib olgan?
Odamlar siridan voqif bo‘lishni,
Shubha tug‘dirmay, pinhon yurishni,
Hunar-u maqsad, niyat deb bilgan?
Demak, shu kasbning ilk harfini ol.

O‘zini o’rmon sohibi bilib,
Meva, asal, tana, baliq yeb
Tinim bilmay o‘kirgan.
Qishda esa ko’rinmay,
Panja so’rgan hayvon nomini esla.
O‘sha jonivor nomining ikkita harfini tanla.

Va nihoyat, magllarning qiziq asbobi,
Taxta yuzasida borki butoq jallodi
Nima ekan, shoshilmay obdan o‘yla.
Ikkita harfini olginu, barini qo’shib so’yla

Hosil bo‘lgan o‘sha so‘z hayvon nomin anglatar
Qucha olmaysan uni, tanangni teshib tashlar.
Garri Potterga SFINKS topishmog‘ini topishga yordamlashing, yo‘qsa unga qo’shilib sfinksga yem boʻlasiz?

Javob: Jayra
Izoh: J (josus), AY (ayiq), RA (randa) = Jayra

7020. Sholom-Aleyxomning aytishi bo’yicha ”Alfa” boylar uchun-komediya, ahmoqlar uchun-o’yin, donolar uchun-tush, kambag’allar uchun-tragediya! “alfa”ni ayting?
Javob: Hayot

7021. Ko‘pgina xristian davlatlarida pasxa bayram stolining ajralmas bo‘lagi bu Shokoladli pasxa quyoni hisoblanadi. Biroq shunday mamlakatlarning birida quyon o‘rniga Bilbi(Rasmdagi hayvon) deb ataluvchi hayvondan foydalaniladi. Savol bu qaysi mamlakat?

Javob: Avstraliya

7022. Makka fath etilgan kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ummu Honi’ bint Abi Tolibning
hovlisiga kirib, g‘usl qildilar va uning uyida sakkiz rak’at namoz o‘qidilar. Choshgoh vaqti
bo‘lgani uchun ba’zilar buni choshgoh namozi deb gumon qilishadi.
Aslida bu qaysi namoz bo‘lgan ?

Javob: Fath namozi
Qabul : shukr namozi.

7023. Alfa — arabcha soʻz boʻlib, Qurʼonda “oʻzlik” degan maʼnoni anglatadi va “ego” yoki “ruh” deb tarjima qilingan. Bu atama ibroniycha nephesh, nōōsh so’zi bilan o’xshashdir. Aytish mumkinki, Ahmad Yassaviy Alfani qoʻlga olgani haqida aytib oʻtgan.
Diqqat savol. Alfa oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering?

Javob: Nafs

7024. Bu ishni qilganlarga qadim qadimdan alohida e’tibor berib kelingan. Ular boshqalardan alohida e’tibor va hurmatga sazovor bo’lganlar. Bir ertakda ham podsho bu ishni qilishni va’da qilganni tanlaydi. Jaholat davrida arablarda bu ishni qila olganlar yaratgandan benihoya minnatdor bo’lardi. Ammo Xitoyda bu ishni qilish doim ham quvonchli voqea bo’lmagan.
Diqqat savol bu ishni qilish-?

Javob: O’g’il farzandni dunyoga keltirish

7025. Lotin maqoliga ko’ra Doctrina est fructus dulcis radicis amarae . Ya’ni alfa – achchiq ildizning shirin mevasi.
Alfa-?

Javob: Ilm

7026. Melburn Victory jamoasida Kelvin ismli juda dangasa o’yinchi bo’lgan. U doimo oldinda to’p kelishini kutib o’tirgan va vaziyatdan foydalanib gol urgan. Lekin hech bir o’yinda, hato jamoa hisobni saqlab qolishga o’ynaganida ham himoyaga yordam berish uchun orqaga qaytmas edi. Bu xususiyati uchun muxlislar unga Alfa deb laqab qo’yishgan. Muxlislar tomonidan qo’yilgan laqabni ayting-?
Javob: Kenguru
Izoh: Kenguru orqaga yura olmaydi. Melburn Avstraliyada demak unga Avstraliyadagi ortga yura olmaydigan hayvon nomini laqab qilib qo’yishgan

7027. Mirzo Abdulqodir Bedil insonlardagi yaxshi va yomon fazilatlarini turli xil majoziy ma’nolar bilan isbotlab, na’muna keltirib ko’rsatgan: Agar chiroqni yoqib, shiftga U ni ilib qo’ysang, chiroqning barcha qorasi, g’ubori va tutuni unga yopishib qoladi hech qayerga tegmasdan» deydi. U nima?

Javob: Paxta
Izoh: Hamma yomonliklar «oq odam»ga ya’ni yaxshi odamga boradi hamma qolib demoqchi

7028. Abdulla Qodiriyning «O’tkan kunlar» asarida shunday purma’no so’zlar bor: «Insonning dunyoda do’sti yo’q, lekin unga o’zi do’st, insonning dunyoda dushmani yo’q, lekin unga o’zi dushman»
U nima?

Javob: Nafs

7029. Inkivizitsiya har xil davrda, har xil ko’rinishda bo’lgan. Ammo Gertsen fikricha eng shafqatsiz inkivizator(majoziy ma’noda: odamlarni qiynoqqa soladigan shafqatsiz shaxs) odam emas. Savol: Nima?
Javob: Vijdon

7030. Yugoslaviya qiroli Aleksandr I (1888-1934) X ga to‘g‘ri kelgan barcha bayram va majlislardan voz kechgan. Bunga sabab uning oila a’zolaridan 3 kishi aynan X etgan. Aleksandr I 1934 yil 9 oktyabrda Fransiyaga tashrif chog‘ida bolgariyalik nasist Vlado Chernazemski tomonidan o‘ldirildi, shu kuni aynan X edi
Xni toping?

Javob: Seshanba kuni

7031. «Qutadg’u bilig» asarida u narsa «barcha nomunosib ishlardan tiyuvchi, barcha xayrli ishlarga yo’llovchi» deyilgan.
U nima?

Javob: Uyat

7032. Abdulla Qahhor Uni «Oddiy axloqsizlikning borib yetadigan joyi» degan.
U nima?

Javob: Jinoyat

7033. Ushbu rasmda siz Amerika Qo’shma Shtatlari xavfsizlik xizmati xodimlarini harbiy formasidagi emblemani ko’rishingiz mumkin.
Diqqat savol siz rasmda yashirilgan bitta harf va bitta raqamni aniq ayting?

Javob K 9
«K9» читается как «canine», собачий. По аналогии с известным фильмом «К-9, или Собачья работа» (K-9), США, 1988, режиссер Род Дэниэл.

7034. Germaniya shunday magazinlar markazi borki, uning shiori «iqtisod qil va chiroyli yasha». Nemischada bu «prima leben und shparen». Magazinni nomlashdagi ushbu belgini biz maktabdagi matematika darsi orqali bilamiz. Magazinni nomlashdagi bu belgini ma’nosini ular-boylik har bir tiyin tiyinni yig’indisi orqali hosil qilinadi deb tushuntirishadi.
Diqqat savol: Ushbu magazinlar tarmog’i qanday nomlanadi?

Javob: Plus (PLUS — Prima Leben Und Sparen- so’zlarining bosh harflari)

7035. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, U dastlab Eronda paydo bo’lgan deyilgan. Yunon afsonasiga ko’ra uni Persefona Aidning yer ostida U ni tatib ko’radi va yer ostida yashashga majbur bo’ladi. Yunonlar uchun U zulmat timsoli. Xitoyda xosildorlik ramzidir.
Diniy manbalarda U ni yegan kishini qalbi hasad va nafratdan tozalanadi.
U nima?

Javob: Anor

7036. Maxsus sport jurnalida U mavjud. Geografiyik shahar Arxangelsni joylashuvi U orqali belgilanadi. U ba’zi texnikalarning ishlash razyadini ham bildiradi. Intel kompaniyasning mahsulotlarida U ni ko’rishimiz mumkin. U bir raqamning kvadrati hisoblanadi.
Menga U ni emas balki qaysi sonni kvadrati ekanligini ayting?

Javob: 8*8.
Izoh: ЭТО — 64. Журнал»Шахматное обозрение — 64″. Координаты Архангельска — 64’34» с.ш. В погоне за выпуском первого 64-разрядного процессора конкурируютфирмы Intel с разработкой Itanium и AMD с Sledgehammer.

7037. 25-kvoter
5- nikel
50-xaf
10-daym
Yuqoridagi ro’yhatda bir umumiy so’z tushirib qoldirilgan, ushbu so’zni aniq ayting?

Javob: Sent
1 sentlik – penni, 5 sent – nikel,10 sent – daym, 25 sent – kvoter, 50 sent – xaf deb yuritiladi.

7038. Avstriya davlatining Ninsya xokkey klubi a’zosi A.Tomas ning sport kiyimining raqami 3 ta raqam va 1 ta nuqtadan iborat. Bunga sabab ushbu klubga sponsorlik qiladigan Uni aytish mumkin.
Sponsorni 2 ta lotincha harfda aniq ayting-?

Javob: FM.
Izoh: bu 95.2 raqami-chastota
Klubga homiylik qilgan FM radiostansiyasi.
Manba (lar): Prosport. — 2008. — N 12. 114-sahifa.‌‌

7039. Savolda almashtirishlar bor. Xazil she’rni tinglang:
«Rul qani?» dedi Birinchi
«Noshud!» dedi Ikkinchi
«Balki jilov so‘rarsan?!
Hali «Ketdik!» ham dersan?!»
Diqqat savol: she’r matnidagi birinchi va ikkinchini kimligini toping?

Javob: Birinchi bu Gagarin, ikkinchi bu Korolyov.
Izoh:
«Rul qani?» dedi Gagarin.
«Noshud» dedi Korolyov,
«Balki jilov so‘rarsan?!
Hali «Ketdik!» Jam dersan?!».
She’rda Gagarinning mashHur поехли! (Ketdik!) iborasiga ishora qilingan.

7040. Ular dumaloq, uchburchak, toʻrtburchak shaklda boʻladi. Ularning ranglari ham turlicha boʻladi, lekin ular butun dunyoda birday tushuniladi. Ular ilk bor jahon miqyosida 1909-yilda qoʻllanilgan.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Yo’l belgilari

7041. Yuqoridagi karikaturada oq fonda nima yashirilgan-?

Javob: Liverpul klubi emblemasi

7042. Amerikaliklarning fikricha dunyodagi eng xavfli yegulik alfa ekan.
Oddiy savol alfani ikkita so’zda ayting?

Javob: To’y torti?

7043. Viktor Pelevinning yangi romanida murakkab bir ijro formati tasvirlangan: parrandachilik ruhoniylari maxsus katapult yordamida, Qadimiy Qabarni urishga harakat qilishdi. Pelevin qanday o’yinni parodiya qilgan?
Javob: Angry birds. (Jahldor qushchalar)

7044. Sherlok holms haqidagi hikoyalardan: Jinoyat sodir bo‘lgan joyda qoldirilgan panja iziga qarab, u jinoyatni ayol kishi qilganligini, bu qo‘l ayol kishiniki ekanligini aytadi. Holms barmoqlarni nozikligiga qarab bilmagan.
Savol: bu qo‘l izi ayollarniki ekanini u qayerdan bilga
n?
Javob: Tabiatan erkaklarni ko‘rsatkich barmog‘i nomsiz barmog‘idan kalta bo‘ladi.
U panja izida esa aksincha bo‘lgan. Oddiy detal orqali u jinoyatchi kimligini aniqlagan.

7045. Tarqatma material
c1ccc(cc1)N+[O-]O=C(O)c1ccccc1N+(O)[O-]OS(=O)(=O)O
Tizimli ro’yxatga olish yo’li bilan soddalashtirilgan molekulyar kiritish tizimi ingliz tilida oltita harfdan iborat.
6 harfli abreviaturani tarqatma material orqali ayting?

Javob: SMILES.
Izoh: Simplified molecular-input line-entry system (SMILES). Molekulalar haqidagi ma’lumotlarni chiziqli matn qatori sifatida yozishga imkon beradi. Ko’pgina organik moddalarga mos keladigan yozuvlar emojilarga o’xshaydi.

7046. Yevropa davlatlaridan birida oyoq kiyim zavodi ochildi va ko’p vaqt o’tmay shu zavod juda mashhur bo’lib ketdi. Biroz vaqt o’tgach u yerdan oyoq kiyimlar o’g’irlana boshlandi, sababi Ushbu brend oyoq kiyimlari juda qimmat turardi. Shundan so’ng zavod boshlig’i bir ish qildi-ki, zavoddan oyoq kiyimlar o’g’irlanmay qo’ydi.
Savol: Zavod boshlig’i qo’llagan tadbirni ayting?

Javob: Yana boshqa zavod qurgan va bir poy oyoq kiyimni shunda, ikkinchisini boshqasida ishlab chiqargan.
Brend Adidas edi

7047. Bu kitobning ilk qismi 1997-yilda nashrga chiqdi, so’ngi qismi esa 2007-yilda dunyo yuzini ko’rdi. Shu 10 yil davomida asar 7 ta kitob shaklida ommaga taqdim etildi. Lekin ishlangan kinokartinalar soni esa 8 ta. «Eng tez sotilgan kitob» rekordini 4 marta yangilagan.
Savol: Ushbu asar qahramoni bo’lgan, Hozirda narxi 15 milliard dollar bo’lgan ommaviy brend nomini ayting?

Javob: Bu barchamizga ma’lum Garri Potter edi. Brend «Harry Potter»

7048. 1960-1980 yillarda ijod qilgan nozik jins vakillari, o‘tmishda o‘tgan boshqa ayollarni muhim o‘rinlarini
e’tirof etish maqsadida tarixni qaytadan yozmoqchi bo‘lib, jarayonni BU neologizm bilan nomlamoqchi
bo‘lishadi. BU neologizm dastlab 1970 yilgi Robin Morganning «Opa-singillik-kuch» asarida eslab o‘tilgan.
Diqqat savol: BU neologizmni yozib bering?

Javob: Herstory (uning tarixi) (hers story)
Izoh: Tarix=history (his story) dan kelib chiqqan degan fikrda bo‘lib, Gender tengligiga asoslanmagan
holda yozilgan degan fikrda bolshigan

7049. Bir roman haqidagi videorolikda asar jumboqlardan qurilgani, endi fragmentlarni pazzl kabi jamlaganda ular g’oyib bo’lishini aytar ekan blogger Uni eslab o’tadi. Apple TV suratga olgan «U» nomli film voqealari 80-yillarda sodir bo’lib, syujet mualliflik huquqini qo’lga kirtish bilan bog’liq muammolar, SSSR hukumati bilan muzokaralar atrofiga qurilgan. Diqqat savol: U ni bir so’zda yozib bering?
Javob: Tetris
Izoh: Endi yig’ilgan fragmentlarning g’oyib bo’lishi o’yin prinsipiga o’xshaydi. Aleksandr Pajitnikov
tomonidan 1984-yilda yaratilgan o’yinni ko’pchilik qo’lga kiritishni istagan. Nintendo kompaniyasi va bir
qancha kompaniyalar o’rtasida Tetris uchun yaqin-yaqingacha sud jarayonlari devom etgan

7050. Hech e’tibor qilganmisiz, Turli hil ko’cha nomlari uchraydi. Va ko’cha raqamlari ham g’alati. Aytaylik bitta raqamda ikkita va undan ortiq xonadon. Masalan: 101A, 101B… Shu kabi.
Savol: Savolimiz juda oddiy, nega bunday qilinadi yoki qanday holatlarda shunday raqamlanadi?

Javob: Bizga ma’lumki ko’chalar avvaldan raqamlangan bo’ladi va keyinchlik oraga yangi uy tushsa yoki bir xonadon ikkiga ajraganda shunday yo’l tutiladi. Axir yana qaytadan hamma uylarni raqamlab chiqilmaydiku.

7051. Blits.
Savolni Charlz beradi: Agar siz ushbu savolni yaxshilab tushunsangiz demak uning yarmini topdingiz,
Diqqat savol Charlzning familiyasini ayting?
1.Qanday qilib bugungi savollarni yutishni bilmayotgan bo’lsangiz biz sizga buni sirini aytolmaymiz. Diqqat savol bizga bunday maslahat bergan shaxs familiyasini ayting?
2. Agar siz bu savolga javob tanlashda qiynalyotgan bo’lsangiz shunchaki javob bermay qo’yavering. Diqqat savol bunday qilishni maslat beruvchi fransuz menejerining familiyasini yozib bering?

Javob:
1.Kidling
Izoh: — Kidling qonuni — agar muommoni nimadaligini aniq bilsangiz, demak siz muommo 50% ni yechgan bo‘lasiz.
2.Gilbert
Izoh: — Gilbert qonuni — ishdagi eng katta muommo shundaki, sizga nima qilish kerakligini hech kim
o‘rgatmaydi.
3.Folklend
Izoh: — Foklend qonuni — agar sizga biror qaror qabul qilish qiyin bo‘lsa, shunchaki bu qarorni
qabul qilmang.

7052. «O’zimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka undovchidir» (Yusuf surasi, 53-oyat). Ushbu so’zlar kimga tegishli?
Javob: Misr Azizining xotini (Zulayho)
«Tafsiri Hilol» 3-juz

7053. Duplet
1.xokku
Alfaning jimligi
Bechora Otelloni
Uzoq o’ylantirib qo’ydi».
Alfa-?
2.Sumka to’la qayg’u g’am, quvonchga,
Sevgi ham bor unda.
Sumka egasi kim?

Javob:
1.Sufliyor
2.Pochtalyon

7054. O‘zbek xalqi uchun, millatimizning har bir vakili uchun u qadrli bo‘lmog‘i zarur.
Eng kami besh bora unga murojaat etgan kishi undan odobni, turmushni, tilni,
siyosatni, tarixni o‘rganishi tayin. Aytingchi, nima haqida so‘z ketmoqda?

Javob: «O’tkan Kunlar»
Uni ijod etgan kishi unga besh bora murojaat etgan. Ya’ni Abdulla Qodiriy Shundan keyin bu asarni o’qib chiqdim deyish mumkin.

7055. Moldavanlarda erkak kishi 4 narsani qilishi kerak bo’lgan:
1) Uy qurishi;
2) daraxt ekishi;
3) o’g’il o’stirishi;
4) X?

Qadim yunonlarda bir gap bor edi.
“X ni daryo oldida qilgan ahmoqdir”
Savol: X – bu nima qilish?

Javob: Quduq qazish

7056. Rus shifokori Podvoyskiy uni diplomsiz, muhrsiz, kabinetsiz va bepul davolovchi shifokorga o’xshatadi.
Savol: u nimani shifokorga o’xshatadi?

Javob: Quyosh

7057. Bizning tabobatda undan doim ham foydalanaverilmaydi. Lekin misr ayollarining 95% ning fikricha bu narsa yuz uchun foydali bo‘lib odamni yoshartirar ekan. Savol U nima?
Javob: Loy

7058. ALFA haqida aniq bir to’xtamga kelish qiyin bo’ldi.
Kimdir 78 ta dedi,
Kimdir 85 ta.
Yana kimdir ishonch bilan 98 ta dedi. Ammo yakuniy qaror boshqacha bo’lib chiqdi.
Savol: Alfani toping?

Javob: 101 dalmatin

7059. Polshadagi bir noodatiy mukofotni topshirish vaqtida nomzod 1 stakan limon suvini ichishi kerak.
Savol: U shundan keyin nima ish qilishi kerak?

Javob: Kulish kerak.
Izoh: Polshada «Tabassum» degan medal bor, u voyaga yetganlarga berilar ekan. Mukofotni olish jarayonida esa nomzod limon suvini ichganidan keyin atrofdagilarga tabassum hadya qilishi kerak, bu esa o’z navbatida qiyin ish))

7060. U barcha narsalarning ibtidosidir. Ularni boshqarish mumkin. Shunday ekan, komillikka erishish uchun asosiy vazifa Ular ustida ishlashdir.
Diqqat savol: Javob nima ekanligini bir soʻzda ayting?

Javob: Fikr

7061. Xitoyliklarda shunday ibora bor:
Hech kim o’z oila a’zosiga yomonlik qilmaydi.
Savol: Ushbu iborani o’zbeklar qo’llaydigan variantida qaysi jonzot ishtirok etgan?

Javob: Qarg’a
Qarg’a ko’zini cho’qimas qarg’a

7062. Tailandga avtomobil kirib kelgandan so’ng avtohalokatlar juda ko’payib ketgan. Ular X ning diametrini 2 barobarga qisqartirib, avtohalokatlar sonini ancha qisqartirishgan.
Savol: X nima?

Javob: X — bu Shlyapa,
Izoh: Tailandliklar shlyapasi haydovchini ko’zini to’sganligi bois avtohalokatlar soni ko’p bo’lgan.

7063. Fransuzlar bitta ot qoʻshiladigan yengil ikki gʻildirakli aravani shunday nom bilan atashganki, bu chiroyli nom bugun ham saqlanib qolgan.
Savol: U aravani qanday nomlashgan?

Javob: Kabriolet

7064.Topishmoq
Tim qora kichkina hol,
To’xtatar yo’lda darhol.
Topishmoqni toping?

Javob: Nuqta

7065. Bir kasb egalari bir kunda minglab insonlarning faqat kaftlarini ko’rishadi. Qaysi kasb egalari?
Javob: Metro jeton sotuvchilari

7066. Odamlarning ehtiroslarini va o’zaro munosabatini boshqalar siymosida ko’ra olaman. Shuning uchun ham jonivorlardan ko’p foydalanaman. Savol: mazkur iqtibosni qaysi mashhur inson aytgan?
Javob: Walt Disney

7067. Yevropada spirtning paydo bo’lishi natijasida Fransiyada spirtli ichimliklar ko’paydi. Shuningdek, bir narsani su’niy spirt orqali tayyorlash yo’lga qo’yildi. Nimani?
Javob: Atir
Fransiya deganda birincha navbatda moda go’zallik keladi

7068. Dastlab unga atirgul hidi va qizil lavlagi zarur bo’lgan. Lavlagi va atirgul hidi aralashtirib nima tayyorlangan?
Javob: Lab bo’yog’i

7069. Toxir Malik “Insoniylik mulki” asarida :
«Ey, farzand dunyoda pulga sotib olib bo’lmaydigan narsalar bisyor:
Pulga yostiq sotib olsa bo’ladi, uyquni emas,
Pulga mazali ovqat sotib olish mumkin, ishtahani emas.
Pulga yaxshi xizmatkor sotib olsa bo’ladi, lekin uni emas».
Diqqat savol: Uni toping?

Javob: Do’stni

7070. Sahroi Kabirda yashaydigan kaltakesaklarning 20 ga yaqin turi bor. Ulardan faqat ilontumshuqli kaltakesak aynan tunda inidan chiqadi. U kunduzi yurishdan qo’rqadi.
Diqqat savol: nimadan qo’rqadi?

Javob: Soyasidan

7071. U shunday xaritaki, unda Avstraliya Afrika va Amerika bilan oʻzaro chegara hosil qilgan. Shunga qaramasdan Yevropa Afrika bilan chegaradosh emas. Diqqat savol: gap qanday xarita haqida ketmoqda?
Javob: Xalqaro Olimpia qo’mitasi bayrog’idagi halqalar.

7072. Fransuz maqoli.
Shoirlar qishloqda tug’ilib … da vafot etadi.
Diqqat savol: qayerda?
(Sergey Yeseninning gapiga chalg’imang)

Javob: Parijda.

7073. Cho’ponlar ba’zi qo’ylarning oldidagi ikki oyoqlarini bog’lab qo’yishadi. Bundan ma’lum maqsad ko’zlangan . Siz menga maqsadni emas, aynan qanday qo’ylarni shunday qilishlarini aniq ayting?
Javob: Yangi tuqqan, lekin bolasini emizmayotgan qo’ylar!
Izoh: Emizmaydigan qo’ylar ikki oyog’i bog’langandan keyin uzoq yurolmay cho’kkalab qoladi va bolalari emishi mumkin bo’ladi!

7074. U bizning yurtimizda mil.VIII asrda o’zining «hamkasbini» o’ldirib hukmronda aylanadi. Va ancha uzoq umr ko’rib XX asr 20-yillarigacha hukmronlik qiladi. Biroq U boshqa bir «hamkasbi» tomonidan o’ldiriladi…
Savol»: Uni aniq ayting?

Javob: Arab yozuvi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/9030?comment=68316)

7075. Fransuz dengizchisi Jak Kyurte Shimoliya Amerikadagi nihoyatda go’zal hududni ko’rib. O’rmon va tog’lar orasidagi u joyni «TOG’LAR QIROLI» deb nomlagan. Ushbu yerda keyinchalik shaharcha quriladi va unga «TOG’LAR QIROLI» deya nom berishadi. Diqqat savol: bu qaysi shahar.?
Javob: Monreal
Mount-tog’ Real-Qirol

7076. Qishloq joylarda romantika o’ziga xos. Sevishganlar asosan telefon orqali muloqot qilishadi. Kuzatishlar orqali shunday xulosaga kelindi: Agar qizbolaga sevgan insoni telefon qilsa, BIRINCHI ISHNI qiladi. Agar yigit kishiga sevgani telefon qilib qolsa, IKKINCHI ISHNI qiladi. BIRINCHI va IKKINCHI ISH bir-biriga antonim. Diqqat savol: IKKALA ISH ni ham toping?
Javob: BIRINCHI ISH — ichkariga kirib ketish (uy ichiga); IKKINCHI ISH — tashqariga chiqib ketish (ko’chaga)!

7077. U mustang: «Sen uni ot qilib minmasang, u seni it qilib ergashtiradi. Uning jilovini bir marta yo’qotsang, to’xtatishing qiyin.»
Savol: U nima?

Javob: Nafs

7078. 15 ,,askar» qamalga tushmaslik uchun juda qattiq harakat qildi. Bir-biriga qalqon bo‘ldi, yelkama-yelka turdi. Muhimi dushman yeridan chiqib ketish. Afsus ikki ,,omad parilari» bugun ular tarafda emas edi. 15 ,,askar» yarim yo‘lda qolib ketdi..
Gap nima haqida borayapdi?

Javob: Narda o’yini

7079. Ip ishlab chiqaruvchi firma rahbari Janob Rafayelning 2 ta o’g’li bor edi. O’g’illarini ikkalasi ham otasini ishini davom yettirishni istamas edi. Baxtga qarshi Rafayel vafot etadi. Vafotidan oldin o’g’illariga vasiyat qoldiradi. Qisqagina vasiyat quyidagicha: O’g’illarim bilaman sizlar meni ishimni davom ettirishni xohlamayapsizlar lekin unutmang….. deya qisqagina vasiyat qoldiradi. Mantiqga tayangan holda nuqtalar o’rnini to’ldiring?
Javob: Ipsiz dunyo-betartib dunyo «Sichqon ovi» filmini eslang

7080. Ushbu rasmdagi bayroq 1920-24 yillarda qayerniki bo’lgan?

Javob: Buyuk Xorazm( Hiva) davlati

7081. Bundan bir necha yillar oldin Yaponiya poytaxti Tokio shahrida antiq kafe bar ochilgan. U yerda mijoz alfa maxsulotni og’irligiga emas, donasiga emas, foydalangan daqiqasiga qarab pul to’laydi. Mantiqga tayangan holda, mahsulotni nima ekanligini toping?
Javob: Toza havo
Mijozlar bu barga toza havodan nafas olish uchun daqiqasiga pul to’lar ekanlar!

7082. Chingiz Aytmatovdan ajoyib o’xshatish:
U oyoqlarim ostiga uzun poyandoz solganday, xira tortgan kuzgi yerlarni to’q qizil, binafsha va pushti ranglarga bezab, kiyilaverib uvadasi chiqib ketgan kamzulimning kumushrang tugmalarida olovday yolqinlanib, izg’irindan quvragan chiylarning popuklariga zeb berib turardi. Bu asarni Chingiz Aytmatov «Erta kelgan turnalar» asari uchun yozgan. Biz undan parcha keltirdik.
Diqqat savol: Bir necha so’z bilan bu holatni topib bering?

Javobi: kun botish arafasi

7083. Rasululloh Sallollohu alayxi vasallam. Kim qiyomat kuniga ochiq ko’zi bilan nazar solmoqchi bo’lsa shu…… suralarni o’qisin dedilar va uchta surani nomini aytdilar. Savol: Payg’ambarimiz s.a.v qaysi suralarni aytdilar?
Javob:
Takvir
Infitor
Inshiqoq

7084. Ka’bada Xaramda 5ta jonzotni o’ldirishga ruxsat berilgan. Qaysi jonzotlar?
Javob:
1.Qarg’a
2.kalxat
3.Chayon
4.SichQon
5.Qutirgan it

7085. Alloh yeru osmonlarni yaratishdan oldin 2 ta surani qiroat qilgan ekan. Qaysi suralar?
Javob: Toha va Yasin

7086. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh Sallollohu alayxi vasallam bu suralar sochimga oq, tushishiga sababchi bo’ldi dedilar va 5ta surani nomini aytdilar
Qaysi suralar?

Javob:
1 Xud
2 Vokea
3 Na’ba
4 Mursalot
5 Takvir suralari

7087. Kurka, g’oz va o’rdakning jigarini taklif etishsa , siz qaysi birini tanlardingiz? Mazali taomni xush ko’ruvchilar hech ikkilanmay o’rdaknikini buyuradi.
Diqqat savol: nima sabab o’rdak jigari kurka va g’oznikidan mazali?
Tushuncha: javobingizni to’liq izohlab bering.

Javobi: G’oz ham, kurka ham o’rdakka qaraganda uzoq umr ko’radi. Kam umr ko’rgan jonivorning jigari toza bo’ladi

7088. 2000-yili Myunxenda sport inventarlari ko’rgazmasi tashkil etiladi. Unda bir g’aroyib to’p namoyish etiladi. Uning g’aroyibligi shundaki, to’p zarbadan keyin ovoz chiqargan. To’p o’chirilmaguncha u ovoz chiqarib turavergan.
Diqqat savol: bu sport to’plari kimlar uchun ishlab chiqarilgan edi?

Javobi: Golf o’ynovchilar uchun.
Izoh: Mashg’ulot paytida shox-shabbalar orasiga kirib qolgan to’p ovoz chiqarib izlovchisini «chaqiradi».

7089. “Agent Jonni Inglish” filmining reklama afishalarida bosh qahramon xarakterini ko‘rsatuvchi uchta ta’rif berilgan. Dastlabki ikkitasi hamma bosh qahramonlarga ishlatiladigan siyqasi chiqqan ta’rif: u qo‘rquvni bilmaydi, u arazlash (xafa bo‘lish) nimaligini bilmaydi
Diqqat savol: Bosh qahramon rolini Rouen Atkinson ijro etganligini hisobga olib, uchinchi toping?

Javob: U hech narsani bilmaydi

7090. U ni qadimgi rimliklar Albaniya va armanlar Agʻvanak deb atab kelishgan. Bu yerlar islom mamlakatlari tarkibiga kirgandan keyin Arron deb atala boshlangan. Aytishlaricha Sohibqiron bu yerning goʻzal tabiatini yaxshi koʻrib, 1394-yildan to 1404-yilga qadar koʻp marta unda qishladi va Arronni oʻz vatanidagi (Qarshi yaqinidagi)  UNGA  oʻxshatib shu nom bilan atagan degan fikr bor. Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma asari izohlar qismining 331-332 betlarida ham U keltirilib o’tiladi.
Savol: U ni yozib bering?

Javob: Qorabog
Izoh: Kavkazdagi  Qorabog’ nomini Amir Temur qoygan degan malumotlar bor.

7091. Savol matnida bir soʻzdan bir necha harflar tushirib qoldirilgan.
Chol oʻzbek an’anaviy qo’gʻirchoq teatri turi hisoblanadi. Odatda qoʻgʻirchoqlarning boshi iyagi, kindigi, tirsagi, bilagi, tizzasi, to’pigʻi, iplar bilan bogʻlanib bir uchi dashtchoʻpga ulanadi. Chol Oʻzbekiston hududida tahminan VI asrda maydonga kelgan XIV asrning 2 yarmidan XVI asrning boshigacha keng taraqqiy etgan. Cholning so’nggi «Saltanat» nomli spektakli 1937 yil oʻzbek sanʼati dekadasi munosabati bilan Toshkent va Moskvada koʻrsatilgan.
Diqqat savol harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holda yozib bering?

Javob: Chodir hayol

7092. Garri Potterning qabri ushbu davlatda joylashgan. Ammo u siz-u bizga tanish bo’lgan sehrgar bolakayning emas, balki haqiqiy britaniyalik insonga tegishli qabrdir.Birmingemlik Garri Potter o’rta maktabni tashlab britan armiyasi safiga borib qo’shilganida na Joan Rouling va na uning mashhur qahramoni tug’ilgan edi. U Hayfaga kemada keladi, u yerdan esa hozirda ushbu davlat mudofaa kuchlariga tegishli bo’lgan Srifin harbiy qismiga yuboriladi.
Diqqat savol Garri Poter qaysi davlatga dafn qilinganini yozib bering?

Javob: Isroil
Izoh: Garri Buyuk Britaniyaga sadoqat bilan xizmat qilgan hamda 1939-yilgi arablar isyoni paytida qo’zg’olonchilardan biri tomonidan o’ldiriladi.

7093. Yurtimizdagi ushbu toponim haqida maʼlumot ketar ekan IX X asrlarda yashagan arab sayyohlari Ibn Hurdodbek va Istahriy tomonidan yozilgan manbaalarda eslab oʻtiladi. Zahirddin Muhammad Bobur oʻzining Boburnoma asarida Oroga alohida toʻxtalib bu soʻz oʻzaro aloqalarni mustahkamlash vositasi ekanligiga ishora qilgan. Ma’lumot uchun Oro soʻzi tojikcha gir atrofi togʻ degan maʼnoni anglatadi. Diqqat savol: harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holda yozib bering?
Javob Chortoq
Izoh: Shuningdek, Chortoq tog‘ orasida joylashgani uchun tojikcha chor — «to’rt”
toq — “tog” ma’nolarida keltirilib, “gir atrofi (chor atrofi) tog'» degan ma’noni
bildiradi degan taxminlar ham mavjud.

7094. Tarqatma material
Tarqatmada Tim Shepot muallifligidagi Alfani koʻrib turibsiz. Boshqa bir alfa esa 2 marta Eng yaxshi film musiqasi uchun Oskarning 2 ta nominatsiyasida g’olib chiqadi. 2003 yil oʻzbek tiliga tarjima qilinadi. Diqqat savol Alfa oʻrnidagi 2 soʻzni yozib bering?

Javob: Uyda yolgʻiz

7095. Javlon Umarbekov Rangtasvir ustasi. O’zbekiston xalq rassomi Baddiy akademiya akademigi. Uning ijodi serqirra mavzuga boyligi uslubiy rang barangligi bilan diqqatga sazovordir «Kelinchak» «Uchrashuv» «Karvon» «Bo’zsuv» kabi mashhur asarlari mavjud. Diqqat Savol: siz bizga bu rassomning qanday nom bilan tilga olinishini yozib bering?
Javob: O’zbek Pikassosi qabul Sharq kuychisi

7096. Savol matnida bir soʻzdan bir necha harflar tushib qolgan
Toponomiyaga qarab qayerlarda qaysi oʻzbek urugʻlari yashaganini bilib olish mumkin. Masalan Respublikamizning Jar nomli bir qancha shaharlari bor. Ohangaron havzasi va Xo’jand atroflarida XIII asr boshidan to 1375 yilgacha Jar nomli qabila yashagan va oʻsha yili qattiq qarshilik qilgani uchun Amir Temur bu qabila boshlig’ini qatl ettirib qabilani esa koʻchirib yuborgan. Diqqat savol: siz bizga savolda harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holda yozib bering?
Javob: Jaloir

7097. Futbol jurnalisti Davron Fayziyev yaqinda oʻzining telegram kanalida bu inson haqida fikr yuritar ekan Futbol olamida tanilish boʻyicha Yamal bilan faqat bitta inson raqobat qila oladi deya post qoʻygan edi. Ma’lumot uchun jang san’ati taekvondo ustasi boʻlgan bu insonning ijtimoiy tarmoqlarda 141 ming obunachisi bor. Diqqat savol siz bizga bu insonning qanday ish qilishini emas shunchaki uning ism familiyasini aniq yozib bering?
Javob: Yasin Cheyko

7098. Amerikalik vino kolumnisti Mayk Vesset 2018- yilda shunday nomli asar yaratadi. U oʻz asarini yaratishda Jyul Vernning mashhur asaridan ilhomlangan boʻlib,asar voqelari Londondagi Fileas Fogg uyidan boshlanadi. Voqealar keyinchalik Italiya Fransiya Gruziya va boshqa hududlarga sayohat orqali boʻlib oʻtib u yerlardagi mahaliy vinolarga oid sakson xil turli hikoya va ta’riflar yozib qoldirilgan. Diqqat Savol: oʻsha asar nomini yozib bering?
Javob: Dunyo boʻylab 80 vino

7099. Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyada Xning tanqisligi yuzaga keldi. Natijada avtomobil shinalari ham po’lattan ishlab chiqarila boshlagan. Savol: X oʻrnidagi soʻzni yozib bering?
Javob: Kauchuk

7100. XXI asr boshida eskimoslar Ter bilan tanishdi va bu atama ularning tiliga tarjima qilinishi kerak boʻlib qoldi. Mutaxasislar ikiaqqivik qatlamlar boʻylab sayohat soʻzini tanladilar. Ilgari bu soʻz biror savolga javob topish uchun vaqt va makon boʻylab sayohat qilgan shamaning harakatlarini ifodalash uchun ishlatilgan.
Qaysi so’z edi bu?

Javob: Internet