Nimaga meva sharbatlaridan ichib turish kerak?
— Chunki mevalar inson tanasi uchun juda foydali hisoblanadi. Insonda vujudga kelishi mumkin bo’lgan turli xil kasalliklarning oldini qisman bo’lsada, oldini oladi va biz bularni quyidagicha isbotlaymiz:
- Uzum sharbati kamqonlik, o’pka kasalliklari, quvvat kamligini davolashda va o’t qopidagi toshlarni tushirishda yordam beradi.
- Olma sharbati tarkibida suyaklarni mustahkamlovchi moddalar mavjud. Shuning uchun ham uni yosh bolalarga koʻproq berish kerak.
- Limon sharbati tanadan zaharlarni chiqarib tashlaydi, gʻayratni oshiradi va jigarni tozalaydi.
- Apelsin sharbati “S” vitamini yetishmaganda, koʻz xiralashganda, radioaktiv nurlanish oshganda iching.