Nimaga baʼzilarda sochlar tez toʻkiladigan boʻlib qoladi?
— Mutaxassislarning fikricha, sochlar toʻkilishi birinchi navbatda irsiyat bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Keyingi oʻrinlarda turadigan sabablar esa stress, tugʻriqdan soʻng vitamin yetishmasligi yoki homiladorlikning oqibatlari, gormonal dorilarni qoʻllanishi, vaznning keskin kamayishi yoki ortishi bilan izohlanadi.
— Sochlarning holatiga nima isteʼmol qilishingiz ham muhim rol o’ynaydi. Bugungi kunda ko’p odamlar sochlarning sifatiga bevosita ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan zararli oziq-ovqatlarni iste’mol qiladilar. Ha aytgancha, sochingizni asrash uchun bosh teringizga ham jiddiy e’tibor bering. Agar boshingizda kepak, yiring va boshqa необычный narsalar paydo boʻlsa, darhol shifokorga murojaat qiling.