Avtomatlashtirish

Avtomatlashtirish – insonni energiya, materiallar, mahsulot yoki ma’lumotlarni olish, o’zgartirish, uzatish va ulardan foydalanish, jarayonlarida ishtirok etishdan ozod qilish yoxud ishtirok darajasi yoki bajarilgan operatsiyalar murakkabligini pasaytirish maqsadida o’z-o’zini tartibga soluvchi texnik vosita va matematik usullardan foydalanuvchi ilmiy-texnika taraqqiyot yo’nalishlaridan biri. Masala: qurilishni avtomatlashtirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.